“Tolibon”* Afg‘oniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyat ildam sur’atlar bilan keskinlashmoqda: AQSh va NATO qo‘shinlari mamlakatni tark etmoqda, “Tolibon” aksariyat viloyatlarni, shu jumladan shimoliy viloyatlarni nazorat qilmoqda.
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda janubiy yo‘nalishdan harbiy tahdidlarni qaytarishga tayyorlanmoqda.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 27-aprel kuni Dushanbeda xizmat safari chog‘ida qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda deb aytdi, shu sababli Rossiya va Tojikiston harbiy mashg‘ulotlar davomida janub yo‘nalishidan tahdidlarni birgalikda qaytarish bo‘yicha mashqlarni bajarishdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
“Tolibon”* qanday qilib Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini haydab chiqarmoqda
Avvalroq "Harb-Maydon", "Sambuli" va "Momirak" chegara poligonlarida 201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Qurolli Kuchlarining 3500 nafardan ortiq harbiy xizmatchisi ishtirokida qo‘shma manyovrlar bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, RF Tojikiston harbiy xizmatchilarini tayyorlash dasturini kengaytirmoqda. Moskva va Dushanbe havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda. Sergey Shoyguning Tojikistonga tashrifi va harbiy va harbiy-texnik hamkorlikka urg‘u berilishi tasodifiy emas.
AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari 25-aprelda o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlashdi. 1 mlrd dollarlik xorijiy harbiy bazalar va tegishli uskunalar Afg‘oniston armiyasiga qoldiriladi.
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
“Tolibon” hukumat kuchlari bilan shiddatli janglarda muhim harbiy inshootlarni egallab olishga harakat qilmoqda va shimoliy Balx viloyatida ma’lum yutuqlarga erishdi. Afg‘onistondagi qurolli to‘qnashuvlar davomida bir hafta ichida 90 nafardan ortiq askar va politsiyachi, 14 nafar tinch aholi o‘ldirildi, 165 terrorchi yo‘q qilindi.
AQSh va NATO qurollarining Afg‘oniston hukumat kuchlariga topshirilishi qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari uchun katta xavf tug‘diradi.
Bir vaqtlar AQSh 1 milliard dollarga Iroqning "to‘g‘ri" armiyasini tuzib, jihozlagandi, tez orada deyarli barcha qurollar, tanklar, artilleriya, tanklarga qarshi TOW tizimi va Stinger (PZRK) "Islom davlati"* jangarilari qo‘liga o‘tgandi.
Turkiya "Islom davlati" jangarilarini Yevropaga yuborish bilan tahdid qilmoqda
Agar jihodchilarni "qayta qurollantirish" bilan bog‘liq shunga o‘xshash vaziyat Afg‘onistonda takrorlansa, o‘shanda 2002-yilda G‘arb koalitsiyasining faol ko‘magi bilan yangi armiya paydo bo‘lgandi, butun mintaqa uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
AQSh va “Tolibon”* o‘rtasida tinchlik kelishuvi faqat fuqarolar urushining yangi bosqichiga olib kelishi bugun ayon bo‘lib turibdi.
Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kuchlari qurollangan terroristik guruhlarga samarali qarshilik ko‘rsata olmaydi.

Qaynoq shimol va shafqatsiz janub

23 aprel kuni “Tolibon” jangarilari shimoliy Balx provinsiyasida joylashgan hukumat qo‘shin bazasini ishg‘ol qildi, 9 askar o‘ldirildi. Bir kun oldin jihodchilar Mozori-Sharif shahri yaqinidagi Afg‘oniston armiyasi blokpostiga hujum uyushtirganda 9 nafar harbiy halok bo‘lgan edi.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
AQSh va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladi
Agar Afg‘oniston armiyasining bazalari qurol-yarog‘ bilan “Tolibon” vakillarini o‘ziga jalb qilsa, blokpostlar - jihodchilar bosib olishga harakat qilayotgan hudud va magistral yo‘llarning "kaliti" hisoblanadi. Shimoliy Taxar viloyatida “Tolibon”* jangarilari 17-aprel kuni hukumat blokpostiga hujum qildi, 4 nafar askar halok bo‘ldi.
Afg‘oniston shimoli qizib bormoqda. “Tolibon” hozircha Markaziy Osiyo qo‘shni davlatlari hududida ko‘rinish bermadi, ammo tojikistonlik jangarilar allaqachon Afg‘onistonda bo‘lib, “Tolibon”* guruhlari bilan birgalikda harakat qilishmoqda.
Avvalroq, Badaxshon hukumati tojik va o‘zbek guruhlari “Ansarulloh” va “Xarkat-i-Islomiy” ko‘magida mintaqada ID* va “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotlari soni ko‘paygani haqida xabar bergandi. Afg‘on urushini qo‘shni davlatlarga eksport qilinishi ehtimoli katta.
Bema’ni keskinlashuv ham kuchaymoqda. Masalan, 21-aprel kuni “Tolibon” vakillari Kobul yaqinidagi Vardak viloyatida joylashgan politsiya uchastkasini egallab oldi. Politsiyachilar ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldilar, ammo jangarilar besh nafar huquq-tartibot xodimini qatl qilishdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
“Tolibon”* 1-mayga qadar Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishini talab qildi
Bu mamlakatda katta jamoatchilik noroziligini keltirib chiqardi, chunki Afg‘onistondagi vaziyatda politsiyadan “Tolibon”*, “ID”*ga o‘tish va ulardan politsiyaga yana qaytish holatlari ko‘p kuzatiladi. Ehtimol, jihodchilar internatsional vakillari "so‘nggi va hal qiluvchi jang" yaqinlashayotganini sezishmoqda, ikkilanadiganlar joyida o‘ldirilmoqda. Boshqa tomondan, 17-aprel kuni Afg‘oniston HHK Balx viloyatining shimolidagi “Tolibon” lageriga havo hujumini uyushtirdi va 8 jangari, shu jumladan dala qo‘mondoni o‘ldirildi. Afg‘onistonning Nimroz viloyatidagi “Tolibon”* pozitsiyalariga qarshi yana ikkita aviazarba oqibatida 22 nafar jihodchi o‘ldirildi. Zobul viloyatida hukumat kuchlari va “Tolibon”* o‘rtasidagi jangovar to‘qnashuvda 14 nafar jangari o‘ldirildi.
Eslatib o‘taman: AQSh ko‘p yillar davomida Afg‘onistonda yangi armiya tuzib keldi, biroq 2015-yil sentabr oyida “Tolibon”*ning kam sonli jangarilari Qunduz shahrini (Panj chegara darosidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan) 7000 kishilik garnizondan qaytarib olishdi. Ular shaharni ikki hafta ushlab turishdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
Afg‘on qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Bugungi kunda “Tolibon”* qat’iyatliroq bo‘lib qolgan, uning safida 50 mingdan ortiq tajribali jangchilar bor. Harbiy kontingentlar va Amerika alyansining harbiy-havo kuchlari olib chiqilgandan keyin Kobul hukumati mamlakatda hokimiyatni saqlab qolish juda qiyin bo‘ladi. Aytgancha, AQSh bugun o‘z qo‘shinlarini olib chiqish vaqtida - himoya qilish uchun 650 nafar askarni Afg‘onistonga yuborishga qaror qildi.
Avvalroq Pentagon Qatar aviabazasiga 2 dona B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyoti yuborilgani haqida ma’lum qildi. Ehtimol, amerikaliklar haqiqatan ham Afg‘oniston armiya va politsiya kuchlariga ishonishmaydi.
Muvaffaqiyatsiz missiya
AQSh Markaziy qo‘mondoni rahbari general Frank Makkenzi afg‘on xavfsizlik kuchlarining mamlakatni o‘zi himoya qilish qobiliyatiga shubha bilan qaraydi. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns chet el kontingenti chiqarilgandan so‘ng afg‘on kuchlarining jangovar tayyorgarligini muhokama qilish uchun Qobulga e’lon qilinmagan tashrif uyushtirdi.
Sal avval Berns qo‘shinlarning chiqarilishi "muhim tahdidlar" bilan bog‘liq bo‘lishini - xususan, "Islom davlati"* va "Al-Qoida"* Afg‘onistonda o‘z ta’sirini qayta tiklashi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Jenshina-musulmanka na fone sgorevshix mashin. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2020
Erim jang qilayotganda unga farzandlar tug‘ib berdim: ID* terrorchisi ayolining dil izhorlari
Pentagonning AQSh Kongressi uchun tayyorlangan 24-apreldagi dokladida "Al-Qoida"* Afg‘onistonda toliblar bilan hamkorlik qilishda davom etayotgani qayd etilgan, yangi hujumlar tahdidi saqlanib qolmoqda, uyushmalar o‘rtasidagi "o‘zaro manfaatli" aloqalarning uzilishi ehtimoli juda kam.
Bu "qondosh" aloqalar 2020-yilning 29-fevralidagi tinchlik bitimi shartlariga zid bo‘lsada, amerikaliklar baribir ketishmoqda. Ular kompensatsiya tariqasida bor-yo‘g‘i 300 million dollar miqdoridagi "qo‘shimcha fuqarolik" yordamini taklif etishgan.
Moskva afg‘ondagi holat va AQSh hamda NATO missiyasi umumiy holatiga mazmunli va qat’iy baho bergan edi. RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Qoida"* yacheykalari 11ta afg‘on provinsiyasida mavjud, toliblar mamlakat hududining yarmidan ko‘pini nazorat qiladi va hukumat bilan qurollangan urushni davom ettirishmoqda.
Bivshie boyeviki Talibana nesut svoe orujie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2020
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda
Afg‘oniston shuningdek yangi global tahdid - ID* uchun boshpanaga aylanib ulgurgan, mamlakatda jangarilar soni 4 mingga yaqin, ular muntazam ravishda teraktlarni sodir etishadi, jumladan, Qobulda ham.
Narkotiklarga qarshi kurash sohasida ham kartina juda achinarli. Afg‘onistonda natochilarning bo‘lgan davrida opiy maki kultivatsiyasi maydoni 20karradan ortib ketdi – 163 ming gektarga yetdi (jahon opiatlar bozorining 80%dan ortig‘ini ta’minlashadi). Afg‘oniston Islom Respublikasining 34 provinsiyasidan 24tasida narkotiklar ommaviy ravishda ishlab chiqariladi.
Mariya Zaxarova amerikaning Afg‘onistondagi kampaniyasini "shuhratsiz", deya atadi. Axir "yigirma yil davomida alyans mamlakatni himochlab, unda tartibni ta’minlay oladigan mahalliy jang qilishga qodir kuch tuzilmalarini yaratish vazifasini bajara olmadi".

Toliblarning "ezgu" niyatlari

"Talibon"* to‘qsoninchi yillar oxiridagiga, u endi hukumat tepasiga kelgandagiga nisbatan juda kam o‘zgargan. Tashkilotning deklarativ maqsadi bu "Afg‘onistonni ozod qilish va davlat tuzilmasiga islomiy tizimni joriy qilishdir".
Ilgariroq toliblar maxsus bayonotda (siyosiy dastur ekvivalenti) Afg‘onistonda o‘zlari o‘rnatmoqchi bo‘layotgan Islom Amirligi tamoyillarini tushuntirishgan edi. Bu tamoyillar asoslari ularga ko‘ra Qur’on, hadis va islom huquqshunosligida to‘liq bayon etilgan.
Toliblar misollar keltirishmagan, ammo "Amaliyotda musulmonlar bu tizimni asrlar davomida sinashgan. Biz davlatimizda qotildan o‘ch olinishini, adashgan qamchi bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan tizim mavjud bo‘lishini istaymiz", deya ta’kidlashmoqda.
NY Times: AQSh o‘z qo‘shinini chiqarsa, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olishi mumkin
Mamlakat "chet el kuchlari va ularning mafkuralaridan, shuningdek G‘arb huquqiy tizimlarining barcha izlaridan" tozalanishi va barcha ishlar shariat qonunlariga muvofiq olib borilishi kerak.

Afg‘onistonning toliblar tomonidan nazorat qilinadigan tumanlari aholisi bu amalda qandayligi haqida hikoya qilishadi. Qizlar maktabda tahsil ololmaydilar.
Toliblar poliklinikaga borishga va dori-darmon olishga ruxsat bermaydilar. Ayollar ko‘chaga erkak hamrohligisiz chiqa olmaydilar. Dunyoviy ko‘ngil ochishlar ta’qiqlangan. Ayb ish qilganlar darra bilan jazolanadilar.
Butun Afg‘oniston toliblarning "ezgu ishlari" bilan qamrab olingach, ehtimol, qo‘shni davlatlar uchun ham "ma’naviy transformatsiya" navbati yetib keladi. Qo‘lda qurol tutgan "missionerlar" yigirma yil AQSh va NATO qo‘shinlariga qarshi turishgan.
G‘alaba tuyg‘usi sarmast qiladigan darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Toliblar va ularning ittifoqdoshlarini Markaziy Osiyoga yo‘lda kim to‘xtata oladi?
* – Rossiyada va qator boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terroristik tashkilotlar
Yangiliklar lentasi
0