TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati AQSh bilan tinchlik bitimiga qaramasdan haligacha “Al-Qoida”* terrorchilik tashkiloti bilan aloqalarni davom ettirib kelmoqda. Bu haqda Birlashgan millatlar tashkiloti hisobotida aytilgan.
Ta’kidlanishicha, AQSh bilan tinchlik muzokaralari davomida toliblar “Al-Qoida”* a’zolari bilan kamida olti marta oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu terrorchilik tashkiloti yetakchilari hamda bir necha yuz jangarilari hozirgacha Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.
“Tolibon”*ning, ayniqsa, “Haqqani tarmog‘i” va “Al-Qoida”* bilan aloqalari juda yaqinligicha qolmoqda, ular do‘stlik, umumiy kurash tarixi, mafkuraviy birdamlik va aralash nikohlarga asoslangan”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Fevral oyining oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va "Tolibon" radikal harakati 18-yil deganda birinchi marta tinchlik haqida bitim izoladilar. Bitim 14 oy mobaynida Afg‘onistondan chet el qo‘shinlari to‘liq chiqarilishini va mart oyida o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari