Turkiya "Islom davlati" jangarilarini Yevropaga yuborish bilan tahdid qilmoqda

Obuna bo‘lish
Turkiya IIV rahbari so‘zlariga ko‘ra, Turkiya qamog‘ida 1,2 ming nafar jangari saqlanmoqda, yana 287 nafari Suriya shimolida amalga oshirilgan harbiy operatsiyada qo‘lga olingan.

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Turkiya "Islom davlati" jangarilarini o‘z vatanlariga qaytarishni rejalashtirmoqda, deb bayonot qildi mamlakat IIV rahbari Suleyman Soylu.

Tursiya udarila po kurdskim opolchensam, Tramp vzbeshen - Sputnik O‘zbekiston
Turklar kurdlarga qarshi: Suriya shimoliy-sharqida harbiy operatsiya boshlanishi

"Biz ularga (Yevropaga) "Biz sizlarga bu odamlarni qaytaramiz", dedik va bu ishni dushanbadan boshlab amalga oshiramiz", - degan Soylu.

Soylu sal oldin ham Turkiya asir olingan "ID" terroristik tashkiloti jangarilarini ular Yaqin Sharqga kirib kelgan manzil - Yevropaga qaytarishi haqida ma’lum qilgan edi.

Soylu ta’kidiga ko‘ra, Turkiya qamog‘ida 1,2 ming nafar jangari saqlanmoqda, yana 287 nafari Suriya shimolida amalga oshirilgan harbiy operatsiyada qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0