Afg‘on qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘nlab yillardan buyon tinimsiz qaynab turgan “afg‘on voqealar qozoni” qo‘shni mamlakatlar siyosati, iqtisodi va milliardlab kishilarning hayoti va xavfsizligiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda.

Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonni tark yetishga tayyorlanayotgan bir vaqtda, respublikaning shimoliy va janubiy provinsiyalarid hukumat qo‘shinlari va tolibon jangarilari orasida shafqatsiz janglar bo‘li o‘tmoqda. Bo‘lib o‘tgan janglar shuni ko‘rsatmoqdagi - terrorchi guruhlar tobora zamonaviy va yuqori texnologiyali qurollarga ega bo‘lmoqda. Maslan ular qayerdandir eng zamonaviy dronlarga, tungi ko‘rish uskunasi bilan jihozlangan snayper miltiqlariga ega bo‘lmoqda.

Premyer-ministr Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi Toshkentga tashrif bilan keldi

Tolibon bilan 2020-yilning 29-fevralida erishilgan kelishuvga ko‘ra, AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqmoqda. AQSh mudofaa vaziri v.b. Kristofer Miller 17-noyabr kuni bergan bayonotiga ko‘ra, 15-yanvarga qadar Islom Respublikasida 2500 nafar harbiylar qoladi. Bugun ularning soni 4500 nafar. Tolibon esa shu vaqtning o‘zida o‘z jangovar faolligini tobora oshirib kelmoqda. Ular, go‘yoki, AQSh 2001-yildan buyon Afg‘onistonda amalga shirga ishlarining barchasi bekor bo‘lganini aytmoqchidek...

Afg‘oniston shimolidagi Farob provinsiyasi gubernatoriNakibulla Fayk dushanba kuni Tolibon tungi ko‘rish moslamalari bilan jihozlangan eng yangi snayper vintovkalari va razvedkasi dronlar bilan ta’minlanganini xabar qildi. Terrorchi guruhining bunday “apgreyd” qilinishi – hukumat qo‘shinlariga jiddiy xavfs solishi aniq va afg‘on xalqiga hech qanday tinchlikni va’da bermaydi, hamda qo‘shni davlatlarga ham xavf solishi mumkin.

Fuqaro urushi

Afg‘onistonda har kuni bo‘lib o‘tayotgan jangovar to‘qnashuvlarda o‘nlab politsiyachilar   va askarlan qurbon bo‘lishmoqda. U yerda bu shunchalik oddiy ishga aylanganki, aholi bunga hayron bo‘lmay qolgan.

Ushbu voqealar tizimi bu yerda yaqin orada tinchlik o‘rnatilishiga umid qoldirmaydi.

Sardor Umurzakov obsudil s prezidentom Afganistana realizatsiyu sovmestnix proyektov   - Sputnik O‘zbekiston
Umurzakov Afg‘oniston prezidenti bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi

18 noyabr kuni Tolibon Baglan provinsiyasida xavfsizlik kuchlarishga hujum qilishdi. Unda ikki nafar afg‘on harbiylari qurbon bo‘ldi. Shu kunning o‘zida Farob provinsiyasida yo‘l chetiga o‘rnatilgan mina portlashi oqibatid yana 5 nafar xavfsizlik kuchlari askari, jumladan uyezd politsiya boshlig‘i  Safar Moxammad Bidar qurbon bo‘ldi. Chegaraga yaqin bo‘lgan Kaysar uyezdida esa hukumat qo‘shinlari 39 nafar tolibon jangarilari yo‘q qilishdi.

Bundan bir kun oldin tolibon shimoli-sharqiy Badaxshon provinsiyasida uyushtirgan hujumda 12 nafar politsiyachi qurbon bo‘lgan 10 nafari jarohat olgan edi. So‘nggi bir necha oy davomida janglar ko‘plab viloyatlarda bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston  Mudofaa vazirligi Qunduz provinsiyasida aviazarba yordamida 37 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qilishdi. Undan tashqari Hirotda yana 6 nafar va Zabul provinsiyasida – 10 nafar jangari yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onsiton xavfsizlik kuchlari 96 % operatsiyalarni xorijiy harbiylar yordamisiz, mustaqil ravishda o‘tkazishadi. Umuman harbiy maslahatchilarning Afg‘onistondagi faoliyati shunchaki ramziy va mutlaq foydasiz bo‘lib qolmoqda.

Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston
Dohada Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Avstraliyalik harbiylar 2009 - 2013-yillarda 39 nafar asirga tushgan Afg‘oniston fuqarolarini nohaq o‘ldirib yuborganlarini tan olishi – vaziyatni yanada murkkablashtirmoqda. Avstraliya qurolli kuchlari qo‘mondoni general Angus Kempbell Afg‘oniston xalqidan kechirim so‘radi va 25 nafar gumondorlar javobgarlikka tortilishini va’da berdi.  

Avstraliya Afg‘onistondagi NATO operatsiyalarida 2001-yildan boshlab ishtirok etib kelmoqda. Bugun ular 300 nafar avstraliyalik instruktorlar mahalliy harbiylarga dars o‘tmoqda. Agar ushbu estafetani Amerikaning Afg‘onistondagi operatsiyasida ishtirok etayotgan boshqa xorijiy harbiylar ham davom ettirsa, dunyo titrab ketsa kerak. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10-yil davomida jangovar harakatlar oqibatida 100 mingdan ortiq tinch afg‘onlar qurbon bo‘lgan yoki yaralangan. Ushbu jinoyatlarni tekshirish uchun bir necha yil vaqt kerak bo‘ladi.

Stoltenberg Vashingtonga qarshi

Tajovuzkorlikning kuchayishi va Afg‘onistonning xalqaro terrorchilarni tayyorlash  uchun qulay platformaga aylanib borishi - NATO bosh kotibi Yensa Stoltenbergni AQSh qo‘shinlarini olib chiqishiga qarshi fikr bildirishga majburladi. Vashingtonga nisbatan bunday “betgachoparlik” siyosatini faqat bir narsa bilan tushuntirish mumkin – ular AQSh qo‘shinlari olib chiqilganidan so‘ng, Afg‘onistonda katta urush boshlanib ketishini istamaydi.  Tolibon esa aynan shuni rejalashtirmoqda. Shu sababli kecha, Stoltenberg Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan NATOning kelajak missiyasini muhokama qildi va xalqaro terrorchilikka qarshi kurashga yordam berishni va’da berdi, Alyans Afg‘on harbiylarini tayyorlashda davom etishi  bildirdi.

Proyekt shtab-kvartiri NATO v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini qo‘llab-quvvatladi

O‘z navbatida Markaziy Osiyo davlatlari i yevropa Ittifoqi afg‘onlardan darhol janglarni to‘xtatishni so‘rashmoqda. Islom respublikasini mahalliy iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish, invetitsion va infratuzilmaviy loyihalarni boshlash uchun kerak bo‘ladigan yagona shart ham mana shudir.  Rossiya Afg‘oniston

Rossiya Afg‘onistonning ShHTning to‘la huquqli a’zosi bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlaydi. Ayni damda Qobul Dushanbe, Minsk, Toshkent va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni muvaffaqiyatlari rivojlantirib kelmoqda.

Bugung Qobulda Pokiston bosh vaziri  Imran Xan prezident Ashraf Gani bilan ikki tomonlama munosabatlarni va Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini muhokama qildi. ushbu hrayonda Nyu-Deli ham juda faol ishtirok etmoqda.

O‘zaro raqobat qilayotgan Hindiston va Pokiston ulardan biri Afg‘oniston ustida kuchli nazoratni qo‘lga kiritishidan xavotirga tushmoqda va amerikaliklar ketganidan so‘ng paydo bo‘ladigan bo‘liqni egallab olishga harakat qilishmoqda. Ushbu munosabatlar uchburchagida ba’zan uchqunlar ham chiqmoqda.

Liniya elektroperedach (LEP) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi

Masalan yaqinda Pokiston Babar Iftixar “Hindiston diplomatlari Afg‘onistonda doimiy ravishda turli terrorchi harakatlarni nazorat qilmoqda” va Pokistonga hujum uyushtirish uchun “terrorchilarga moliyaviy yordam bermoqda” degan edi. Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi ushbu ma’lumotlarni rad etgan edi.

Respublikaga bo‘lgan ana shunday kuchli “e’tibor” oqibatida Ashraf G‘ani ma’muriyati har zamonda Afg‘onistonda fuqaro urushi boshlanib ketishi mumkinligini muhokama qilshga majbur etadi. (hozirgi holat rasman fuqaro urushi hisoblanmaydi)

Nima bo‘lganda ham, o‘nlab yillardan buyon reallikdan uzoq va to‘xtovsiz qaynab kelayotgan “afg‘on voqealar qozoni” - qo‘shni mamlakatlar siyosati va iqtisodi, u yerdagi milliardlab kishilarning hayoti va xavfsizligiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0