AQSh va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni boshladi

© AFP 2023 / LUKE SHARRETTAmerikanskie soldati
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
Obuna bo‘lish
AQSh yaqin ikki hafta ichida afg‘on tomoniga Qandahor viloyatidagi uch baza va harbiy aeroportni berishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. AQSh va NATO Afg‘onistondagi bazalardan harbiylarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlari qo‘mondoni Skott Miller ma’lum qildi.
“Bazalarimizning bir qismi evakuatsiya jarayonini boshladi”, - dedi Miller. Uning so‘zlaridan “Hama Press” nashri iqtibos keltirgan.
U amerika kuchlari o‘zining barcha harbiy bazalarini afg‘on armiyasiga berishini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga amerika generali toliblar (“Tolibon”* tarafdorlari) AQSh harbiylariga yoki boshqa har qanday tuzilmaga hujum qilsa, javob qat’iy bo‘lishidan ogohlantirgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
“Tolibon”* 1-mayga qadar Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishini talab qildi
Nashrning yozishicha, AQSh yaqin ikki hafta ichida afg‘on tomoniga Qandahor viloyatidagi uch baza va harbiy aeroportni berish niyatida.
AQSh harbiylari Afg‘onistondan qachon butunlay chiqib ketadi
14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan may oyida olib chiqishni boshlashni va uni 2021 yil 11-sentabriga kelib yakunlashni rejalashtirayotganini e’lon qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0