https://oz.sputniknews.uz/20210224/Diversifikatsiya-Rossiya-ASh-immatli-oozlariga-1-milliard-kiritdi-16068137.html
Diversifikatsiya: Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlariga 1 milliard kiritdi
Diversifikatsiya: Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlariga 1 milliard kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni damda oltin narxi haddan ortiq oshirilgan, yevro va yuanga – rezerv fondining shundoq ham katta qismi kirtilgan. AQSh davla qarzlarini sotib olish –... 24.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-24T16:48+0500
2021-02-24T16:48+0500
2021-02-24T16:50+0500
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/107/93/1079371_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_5e78f9af9866d7d02adcbfb96e36a355.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya Markaziy banki o‘tgan yilning dekabr oyida AQSh davlat obligatsiyalariga – bir milliard dollar kiritishga qaror qildi. Bu Rossiyaning yillarda olib borgan siyosatiga zid bo‘ldi – ma’lumki, Moskva so‘nggi yillarda AQSh qimmatli qog‘izlaridan bosqichma-bosqich voz kechib kelayotgan edi.Qimmatli qog‘ozlar sotib oldiAQSh Moliya vazirligi ma’umotlariga ko‘ra, ayni damda Rossiya ixtiyorida 6,011 millard dollarlik amerika davlat obligatsiyalari bor. Ulardan 1,2 milliardi – uzoq muddatli va 4,8 milliardi – qisqa muddatli. Dekabr oyida ularning miqdori yana bir milliardga oshdi.AQSh hukumati ushbu qimmatli qog‘ozlar hisobidan o‘z budjet defitsiti va boshqa xarajatlarini qoplaydi. Ma’lumot uchun bugungi kunda AQSh davlat qarzi miqdori 28 trillion dollarga yetgan. Ularning tarkibida Rossiya ulushi 2010-2013 yillarda 170 milliarddan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2014-yilning aprelidan boshlab ulardan voz kecha boshladi.2018 yilda Rossiya Markaziy banki AQSh davlat qog‘ozlarining ommaviy sotuvini e’lon qildi va ularning aksariyatidan forig‘ bo‘ldi. Dollardan erkin bo‘lgan mablag‘lar oltin, yevro va yuanga tikildi.DiversifikatsiyaAQSh davlat qarzi bu – AQSh Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ularni istalgan davlat hukumatlari, jismoniy va yuridik shaxslari xarid qilishi mumkin. Ularning daromadi unchalik katta bo‘lmasa-da – 3% atrofida, lekin Yevropa va Yaponiya qimmatli qog‘ozlariga qaraganda ko‘proq.Lekin asosiysi – AQSh davlat obligatsiyalari dunyoda eng ishonchli va likvid moliya instrumentlari deb hisoblanadi. Ularni xarid qilish va sotish oson.“AQSh davlat qarzlariga mablag‘ tikish – foyda keltiradi. Yillik 2-3% daromad bu juda katta mablag‘ bo‘lishi mumkin, ayniqsa gap milliardlar haqida ketganda. Bu masalada siyosat iqtisodga aralashmasligi kerak”, - dedi RIA Novostiga Davdat Dumasining moliya bozorlari bo‘yicha qo‘mitas a’zosi Dmitriy Skrivanov.Shunday qilib, Moskva, AQSh qimmatli qog‘ozlar miqdorini oshirishi bilan, ushbu bozorda o‘z o‘rnini belgiladi. Ikkinchi tomondan, Rossiya o‘z xalqaro rezervlari tarkibini ham xilma-xil qilishgan yordam beradi.Hozir Rossiya xalqaro rezervlari miqdori 590 milliard dollarni tashkil qiladi. Ulardan 6 milliardi – AQSh davlat qimmatli qog‘ozlariga kirtilgan. Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, Moskva umumjahon tendensiyasiga muvofiq harakat qilgan holda, ish tutmoqda. Ayni damda dollarga bo‘lgan talab oshmoqda, chunki ushbu valyuta inflyatsiya va o‘zgaruvchanlikka (volatilnost) chalinishi ehtimoli juda kam.“Bir milliard dollar – bu sezilarli miqdor bo‘lib, uni har qanday aktivga kiritib ham bo‘lmaydi. Ayni damda oltin narxi haddan ortiq oshirilgan, yevro va yuanga – rezerv fondining shundoq ham katta qismi kirtilgan. AQSh davla qarzlarini sotib olish – diversifikatsiya uchun xolos”, - deydi Rus-Osiyo sanoatchilari ittifoqi prezidenti Vitaliy Mankevich.Xitoycha yo‘lDekabr oxirida AQSh davlat qimmatli qog‘ozlari eng ko‘p bo‘lgan davlat - Yaponiya bo‘ldi ($ 1,2 trln.) Oldin esa birinchi o‘rinda Xitoy edi, hozir u $ 1,2 trln. bilan ikkinchi o‘ringa tushgan. Uchinchi qatorda - Britaniya ($ 428,9 mlrd.)Co‘nggi yillar davomida olib borilgan kelishmovchilik savdo urushi tufayli Xitoy 200 mlrd dollariga teng bo‘lgan AQSh qimmatli qog‘ozlaridan voz kechdi. Lekin ulkan miqdordagi obligatsiyalar bu bir vaqtning o‘zida - Vashingtonga bosim o‘tkazish vositasi ham.Davom etayotgan mojarolar ushbu xavotirlarni kuchaytirmoqda: agar biror yirik kreditor AQSh qimmatli qog‘ozlarining past narxlarda sotishni boshlasa – buning oqibati barcha uchun halokatli bo‘ladi. AQSh obligatsiyalarining ommaviy ravishda bozorga tashlanishi – bozorda panika keltirib chiqarishi mumkin.Lekin voqealarning bunday rivoji Xitoyga ham Yaponiyaga ham foyda keltirmaydi. Birinchidan, qisqa vaqt ichida 100-200 milliard dollarlik obligatsalarni bozorga chiqarish – so‘zsiz ularning narxi keskin tushishiga olib keladi. Natijada Xitoyning tashqi aktivlari narxi – keskin tushib ketadi. Ikkinchidan esa – Xitoy ularni sotgan taqdirda ham olingan daromad sezilarli darajada kam bo‘ladi.Va uchinchidan – dollar qulaydi. Pekinga esa bunday oqibatlar kerak emas, chunki AQSh valyutasining qadrsizlanishi Xitoy ekesportini qimmat qiladi.Oltin zahiralariBir necha yillardan buyon Rossiya MB asosiy stavkani – oltinga qilmoqda va dollardar voz kechmoqda. 2020-yilda Rossiya zahiralarida qimmatli metall miqdori dollardan oshib ketdi, fevralda esa oltin zahiralari miqdori 136,7 milliardga yetdi. Bir yil davomida Rossiya oltin zahiralari miqdori 28 tonnaga oshdi.Qimmatli metal – bu valyutaning universal ekvivalenti bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda u jozibador aktivga aylanmoqda. Undan tashqari oltinga tikilgan mablag‘lar – har qanday sanksiya va kurslar oshishi yoki valyutalar qadrsizlanishidan himoyalangan.Bloomberg ta’kidlashiga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillar davomida, yirik iqtisodga va oltin-valyuta zahiralariga ega bo‘lgan davlat, dollar aktivlaridan voz kechsa ham, o‘zini a’lo darajada his qilishi mumkinligini butun dunyoga namoyish qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20190731/Rossiya-aolisiga-dollar-rniga-oltin-taklif-ilindi-12134126.html
https://oz.sputniknews.uz/20190512/Rossiya-Khitoy-indiston-nega-kpro-oltin-sotib-olishmoda--11476210.html
https://oz.sputniknews.uz/20150916/477906.html
https://oz.sputniknews.uz/20160226/1883629.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/107/93/1079371_345:0:3076:2048_1920x0_80_0_0_f13ad9684644aff6b35c42294c8f05cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar
Diversifikatsiya: Rossiya AQSh qimmatli qog‘ozlariga 1 milliard kiritdi
16:48 24.02.2021 (yangilandi: 16:50 24.02.2021) Ayni damda oltin narxi haddan ortiq oshirilgan, yevro va yuanga – rezerv fondining shundoq ham katta qismi kirtilgan. AQSh davla qarzlarini sotib olish – diversifikatsiya uchun.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya Markaziy banki o‘tgan yilning dekabr oyida AQSh davlat obligatsiyalariga – bir milliard dollar kiritishga qaror qildi. Bu Rossiyaning yillarda olib borgan siyosatiga zid bo‘ldi – ma’lumki, Moskva so‘nggi yillarda AQSh qimmatli qog‘izlaridan bosqichma-bosqich voz kechib kelayotgan edi.
Qimmatli qog‘ozlar sotib oldi
AQSh Moliya vazirligi ma’umotlariga ko‘ra, ayni damda Rossiya ixtiyorida 6,011 millard dollarlik amerika davlat obligatsiyalari bor. Ulardan 1,2 milliardi – uzoq muddatli va 4,8 milliardi – qisqa muddatli. Dekabr oyida ularning miqdori yana bir milliardga oshdi.
AQSh hukumati ushbu qimmatli qog‘ozlar hisobidan o‘z budjet defitsiti va boshqa xarajatlarini qoplaydi. Ma’lumot uchun bugungi kunda AQSh davlat qarzi miqdori 28 trillion dollarga yetgan. Ularning tarkibida Rossiya ulushi 2010-2013 yillarda 170 milliarddan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2014-yilning aprelidan boshlab ulardan voz kecha boshladi.
2018 yilda Rossiya Markaziy banki AQSh davlat qog‘ozlarining ommaviy sotuvini e’lon qildi va ularning aksariyatidan forig‘ bo‘ldi. Dollardan erkin bo‘lgan mablag‘lar oltin, yevro va yuanga tikildi.
AQSh davlat qarzi bu – AQSh Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ularni istalgan davlat hukumatlari, jismoniy va yuridik shaxslari xarid qilishi mumkin. Ularning daromadi unchalik katta bo‘lmasa-da – 3% atrofida, lekin Yevropa va Yaponiya qimmatli qog‘ozlariga qaraganda ko‘proq.
Lekin asosiysi – AQSh davlat obligatsiyalari dunyoda eng ishonchli va likvid moliya instrumentlari deb hisoblanadi. Ularni xarid qilish va sotish oson.
“AQSh davlat qarzlariga mablag‘ tikish – foyda keltiradi. Yillik 2-3% daromad bu juda katta mablag‘ bo‘lishi mumkin, ayniqsa gap milliardlar haqida ketganda. Bu masalada siyosat iqtisodga aralashmasligi kerak”, - dedi RIA Novostiga Davdat Dumasining moliya bozorlari bo‘yicha qo‘mitas a’zosi Dmitriy Skrivanov.
Shunday qilib, Moskva, AQSh qimmatli qog‘ozlar miqdorini oshirishi bilan, ushbu bozorda o‘z o‘rnini belgiladi. Ikkinchi tomondan, Rossiya o‘z xalqaro rezervlari tarkibini ham xilma-xil qilishgan yordam beradi.
Hozir Rossiya xalqaro rezervlari miqdori 590 milliard dollarni tashkil qiladi. Ulardan 6 milliardi – AQSh davlat qimmatli qog‘ozlariga kirtilgan. Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, Moskva umumjahon tendensiyasiga muvofiq harakat qilgan holda, ish tutmoqda. Ayni damda dollarga bo‘lgan talab oshmoqda, chunki ushbu valyuta inflyatsiya va o‘zgaruvchanlikka (volatilnost) chalinishi ehtimoli juda kam.
“Bir milliard dollar – bu sezilarli miqdor bo‘lib, uni har qanday aktivga kiritib ham bo‘lmaydi. Ayni damda oltin narxi haddan ortiq oshirilgan, yevro va yuanga – rezerv fondining shundoq ham katta qismi kirtilgan. AQSh davla qarzlarini sotib olish – diversifikatsiya uchun xolos”, - deydi Rus-Osiyo sanoatchilari ittifoqi prezidenti Vitaliy Mankevich.
Dekabr oxirida AQSh davlat qimmatli qog‘ozlari eng ko‘p bo‘lgan davlat - Yaponiya bo‘ldi ($ 1,2 trln.) Oldin esa birinchi o‘rinda Xitoy edi, hozir u $ 1,2 trln. bilan ikkinchi o‘ringa tushgan. Uchinchi qatorda - Britaniya ($ 428,9 mlrd.)
Co‘nggi yillar davomida olib borilgan kelishmovchilik savdo urushi tufayli Xitoy 200 mlrd dollariga teng bo‘lgan AQSh qimmatli qog‘ozlaridan voz kechdi. Lekin ulkan miqdordagi obligatsiyalar bu bir vaqtning o‘zida - Vashingtonga bosim o‘tkazish vositasi ham.
Davom etayotgan mojarolar ushbu xavotirlarni kuchaytirmoqda: agar biror yirik kreditor AQSh qimmatli qog‘ozlarining past narxlarda sotishni boshlasa – buning oqibati barcha uchun halokatli bo‘ladi. AQSh obligatsiyalarining ommaviy ravishda bozorga tashlanishi – bozorda panika keltirib chiqarishi mumkin.
Lekin voqealarning bunday rivoji Xitoyga ham Yaponiyaga ham foyda keltirmaydi. Birinchidan, qisqa vaqt ichida 100-200 milliard dollarlik obligatsalarni bozorga chiqarish – so‘zsiz ularning narxi keskin tushishiga olib keladi. Natijada Xitoyning tashqi aktivlari narxi – keskin tushib ketadi. Ikkinchidan esa – Xitoy ularni sotgan taqdirda ham olingan daromad sezilarli darajada kam bo‘ladi.
Va uchinchidan – dollar qulaydi. Pekinga esa bunday oqibatlar kerak emas, chunki AQSh valyutasining qadrsizlanishi Xitoy ekesportini qimmat qiladi.
Bir necha yillardan buyon Rossiya MB asosiy stavkani – oltinga qilmoqda va dollardar voz kechmoqda. 2020-yilda Rossiya zahiralarida qimmatli metall miqdori dollardan oshib ketdi, fevralda esa oltin zahiralari miqdori 136,7 milliardga yetdi. Bir yil davomida Rossiya oltin zahiralari miqdori 28 tonnaga oshdi.
Qimmatli metal – bu valyutaning universal ekvivalenti bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda u jozibador aktivga aylanmoqda. Undan tashqari oltinga tikilgan mablag‘lar – har qanday sanksiya va kurslar oshishi yoki valyutalar qadrsizlanishidan himoyalangan.
Bloomberg ta’kidlashiga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillar davomida, yirik iqtisodga va oltin-valyuta zahiralariga ega bo‘lgan davlat, dollar aktivlaridan voz kechsa ham, o‘zini a’lo darajada his qilishi mumkinligini butun dunyoga namoyish qildi.