Welt: Rossiya dollarni oltin bilan “yengadi”

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishOltin quymasi
Oltin quymasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy oltin zahiralarini faollik bilan to‘ldirib bormoqda. Shu bilan Moskva “qudratli” dollarga va g‘arb moliya tizimiga chaqiriq tashlamoqda.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiya va Xitoyning oltin bozoridagi faol hatti-harakati dollar yakkahokimligiga ishonchni yo‘qotmoqda. G‘arb mamlakatlari moliya tizimiga bo‘lgan shubha kuchaysa, bu AQShni bosim o‘tkazish dastaklaridan mahrum qilishi mumkin, deb yozadi Die Welt.  

Dunyodagi nostabil iqtisodiy vaziyatda, mablag‘ saqlab qolish uchun oltin yaxshi vosita bo‘lishi mumkin. Ushbu metall butun dunyoning barcha mamlakatlarida yuqori baholanadi. Uning hajmini sun’iy yo‘l bilan oshirib bo‘lmaydi. Oltin to‘lov birligi, o‘z egasini dunyo bozorida valyuta kursi tushishidan, mamlakatni esa turli krizislardan himoya qilishda ishonchli vosita bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.    

Neftning narxi tushgan va mamlakatga qarshi sanksiyalar kiritilgan sharoitda, Rossiya dollarga tobelikdan ozod bo‘lish kerak. Prezident Vladimir Putin ushbu yo‘nalishda to‘g‘ri qadam tashladi. 2005-yildan boshlab mamlakatning oltin zahiralari to‘rt barobar o‘sdi, faqat oxirgi 12 oy davomida 200 tonnadan ziyod oltin sotib olindi.

Rossiyadan ko‘ra faol oltin sotib olish bilan faqat Xitoy shug‘ullanmoqda. O‘tgan yili uning zahiralari 62% ga o‘sib 1600 tonnani tashkil qildi. Shunday yo‘l bilan oltin – moliya quroliga aylanmoqda. Oltin G‘arb mamlakatlari ustuvorligiga va Amerikaning qudratiga putr yetkizish uchun ishlatilmoqda. Umuman olganda, Vashingtonni bunday harakatlar bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. Uning o‘zi ham dollarni Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun ishlatdi, deydi nashr.     

AQSh omborlarida oltin kamayishi – umumjahon moliya tizimidagi o‘zgarishlar belgisi

Rossiyaning oltin bozoridagi faolligi oltin qiymatini 2012-yildan beri bo‘lgan eng yuqori darajaga yetdi. G‘arb mamlakatlari qarzlari doimiy ravishda o‘sib borayotgani va ularning, AQSh boshchilik qilayotgan, moliya tizimini tobora qaltis tus olmoqda. Ko‘p mamlakatlarda o‘zini dollardan boshqa, ishonchliroq biror narsa bilan ta’minlash istagi paydo bo‘lmoqda.

Rossiya va Xitoy uchun oltin zahiralarini to‘ldirish, bu alohida strategik mazmunga ega. Dollar “qulligi”dan  ozod bo‘lish ularga Vashingtonga bilan raqobatlashish va dunyo iqtisodiyotida baravar rol o‘ynash imkonini beradi, deb xulosa qiladi avtor.

Yangiliklar lentasi
0