TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. So‘nggi bir necha yil davomida Rossiya dollardan faol voz kechmoqda.Ana shunday qadamlardan yana biri – bu oltin olib sotilganda 20 % li qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lash haqidagi qonunning bekor qilishi bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti.
“20% li QQSning bekor qilinishi - bundan buyon aholi tomonidan oltin yombilaridan ishonchli jamg‘arma sifatida foydalanishiga olib keladi. Undan tashqari fuqarolar oltin yombilaridan daromad olish maqsadida ham olib sotishlari mumkin”, - deb hisoblaydi “Otkritie” banki vitse-prezidenti Aleksey Zaysev.
Bugungi kunda Rossiya aholisi yiliga 3-4 tonna oltin sotib olgan bo‘lsa, endi yiliga 50 tonna oltin yombilari sotib olishga o‘tadi va oltin dollar va yevro kabi jamg‘arma saqlash vositasiga aylanadi, deydi mutaxassis.
Umuman bugun butun dunyoda oltinga qiziqish tobora ortib bormoqda. Demak kelajakda uning narxi ham barqaror bo‘ladi yoki o‘sib boradi. Kelajakda uning narxi 1 unsiyaga 1430 dollardan 1800 dollargacha oshishi mumkin, deb hisoblaydi "Zolotoy monetniy dom" vitse-prezidenti Aleksey Vazovskiy.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, oltin sotib olish – demak uzoq muddatli sarmoya kiritish degani. Odatda fuqarolar kamida 50 gramm oltinni kamida 5-yillik muddatga sotib olishadi.