TOShKENT, 16 sent — Sputnik. AQShda saqlanayotgan qimmatbaho mettallar miqdori oxirgi 10-yildagi eng past nuqtaga yetdi. Sababi Yevropa mamlakatlari birin ketin o‘z oltinini olib chiqib ketmoqda. Har xolda, shunga harakat qilishmoqda. RIA Novosti xabarlari asosida.
AQSh Federeral Rezev Sistemasiga tegishli omborxonalarda saqlanayotgan oltinning 90% chet davlatlarga tegishlidir. Asosan Yevropa Ittifoqi davlatlari va Xitoy juda katta miqdordagi oltinni u yerda saqlashadi.
Albatta, nima uchun, degan savol tug‘iladi. Oxirgi bir necha o‘n yillar davomida dunyoning eng yirik moliya markazi AQSh edi. Asosiy moliyaviy operatsiyalar Amerikning fond yoki valyuta birjalarida amalga oshirilar edi. Amerikada saqlanayotgan oltin, ko‘p hollarda, davlatlar o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirganda kafolat vazifasini amalga oshirar edi.
Dunyoning 60dan ortiq mamlakati oltini bir omborxonada saqlanayotganini hisobga olganda, bunday holat maqsadga muvofiq. Tasavvur qiling-a: bir mamlakat ikkinchi mamlakatdan oltin sotib olsa, yoki mablag‘ qarz olsa, oltinni yuk mashinalarida u davlatdan bu davlatga tashimasdan, osongina, bir katta omborxona ichida yukortgich yordamida bir maydonchadan ikkinchi maydonchaga olib qo‘yiladi xolos.
Albatta bu juda qulay. Lekin shu qulaylik evaziga, ba’zi bir davlatlar butunlay oltinsiz qolmasmikan?
FRS omborining eng katta qismi Germaniyaga tegishli. U yerda Germaniya oltin zahiralarining 20% ya’ni 674 tonna oltin saqlanadi. Uzoq vaqt davomida bu hech kimni xavotirlantirmasdi. Lekin oxirgi paytlarda, iqtisodiy sabalarga ko‘ra, Germaniya AQShda saqlanayotgan oltinning yarmini olib chiqishga qaror qildi. Germaniyanig bu qonuniy talabiga, AQSh kutilmaganda, rad javobi berdi. Germaniya xavotirga tushib oltin omborini tekshirishni talab qildi. Federal Rezerv Tizimi bo‘lsa «tekshiruv xavfsizligini ta’minlay olmaymiz <…> umuman saqlanayotgan oltin qaysi davlatga tegishli ekanligini ham aniqlash mushkul», deb yana rad javobi berdi. Xullas, ancha urinishdan so‘ng Germaniya 10%ga yaqin oltin olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Mutaxassislar fikricha, oxirgi 10-yil davomida AQShda saqlanayotgan oltin miqdori, doimiy tarzda, kamayib bormoqda. Finanz.ru xabariga ko‘ra, FRSdagi oltin miqdori 2015-yil iyul oyida 5950 tonnani tashkil qildi. Chet davlat Markaziy banklari oxirgi bir yarim yil davomida 246 tonna oltinni qaytarib olishdi.
“FRS omborlarida oltin kamayishi, bu butunjahon moliya tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar natijasidir. Oldin Amerikada oltin saqlash va uni boshqa valyutalarga operativ ayrboshlash juda qulay edi, lekin hozir dunyodagi yirik moliya operatsiyalari faqat AQShda emas balki dunyoning boshqa joylariga ko‘chmoqda. Masalan Yevropa mamlakatlariga yo Xitoyga. Demak kelajakda katta qiymatli valyuta operatsiyalari Yevropa yoki boshqa joylarda amalga oshiriladi. AQSh dunyoning ishonchli moliya markazi vazifasidan chiqarilmoqda” deb hisoblaydi “Region” sarmoya korxonasi analitika bo‘limi direktori Valeriy Vaysberg.
Bu nuqtayi nazardan qaraganda, nima uchun FRS Germaniya oltinini olib chiqishga qarshilik qilayotganini tushunsa bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, Yevro oltin bilan qancha ko‘p ta’minlansa, Yevropa davlatlari moliyaviy mustahkamligi va suvereniteti shunchalik oshadi. Bunga yaqqol misol — Xitoy. Amerika esa Yevro kuchayishini xoxlamaydi, shuning uchun ham oltinni chiqarishga har qanday usul bilan qarshilik ko‘rsatmoqda.