Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

© PixabayZoloto
Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltin – eng qattiq valyuta, unga dollar kursi ham, inflyatsiya ham hech qanday sanksiyalar ham ta’sir qilmayadi.

TOShKENT, 12-may —Sputnik. Rossiya va Xitoy tobora ko‘proq oltin sotib ola boshlashining sababi – ular dunyo iqtisodi qonunlarini o‘zgartirmoqchi deb hisoblaydi bir necha xorijiy ekspertlar. RIA Novosti xabariga asosan.

Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda - iqtisodchi fikri

Umumjahon oltin kengashi (WGC) hisob-kitobiga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiya, Xitoy va Hindiston markaziy banklari o‘ta faol ravishda oltin zahiralarini oshirishda davom etgan. Bugungi kunda Rossiya oltin zahiralari hajmi 2112tonnaga, Xitoy oltin zahiralari – 1853 tonnaga. Bu 1971-yilda AQSh jahon savdosida oltin standartidan  voz kechganidan so‘ng - eng katta ko‘rsatgich. Ayni damda Rossiya oltin zahiralari miqdori bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

So‘nggi vaqtlarda Hindiston ham oltin zahiralarini oshirishga harakat qilmoqda. O‘tgan yilda ushbu mamlakat Markaziy banki 42 tonna oltin sotib olib mamlkat oltin zahirasi hajmini 600,4 tonnaga yetkazdi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya Markaziy banki dollar va amerika davlat obligatsiyalarida saqlanayotgan mablag‘lar hajmini keskin kamaytirgan.

Dunyoning eng yirik va eng tez tez o‘sib borayotgan iqtisodlari oltin zahiralarini oshirishga ishtiyoqini bugungi kunda kuzatilayotgan geosiyosiy va iqtisodiy noma’lumlik bilan izohlash mumkin, deydi WGC.

Kelajak noma’lumlik bo‘lgan davrlarda, oltin har doim yaxshi “sug‘urta” bo‘lgan. Chunki unga hech qanday siyosiy yoki iqtisodiy sanksiyalar ta’sir qilmaydi. Uga uchinchi mamlakatlar ta’sir o‘tkaza olmaydi. Ikkinchidan, mamlakatda oltin zahiralari qancha ko‘p bo‘lsa, xorijiy investorlarning ishonchi ham shuncha ortadi.

“Oltin – dunyodagi eng qattiq valyuta. U dollar kursi o‘zgarishidan juda yaxshi himoyalangan, unga inflyatsiya ham juda kam ta’sir qiladi. Kerak bo‘lganda uni juda tez sotish mumkin. Rossiyaning katta oltin zahiralari sarmoyadorlarning rublga ishonchini orttiradi”, - deydi Ronald-Peter Shteferle, Germaniyaning Incrementum kompaniyasi analitiki.

Yana bir ekspert Bill Xolter fikriga ko‘ra, AQSh bugungi kunda to‘planib olgan qarzlarini to‘lashi amri mahol. Buni Xitoy va Rossiya juda yaxshi tushunishadi va o‘zlarini himoyalash maqsadida oltin va kumush zahiralarini oshirmoqda. Oltin va kumush – har qanday qog‘oz valyutaning eng katta raqibi, deydi ekspert.

Dobicha zolotosoderjashey porodi na rudnikax - Sputnik O‘zbekiston
Kanadaning eng nomdor oltin qazib oluvchi kompaniyasi O‘zbekistonga qiziqib qoldi

Yana bir amerikalik ekspert, bozor tahlilchisi va professional treyder Gregori Mannarino fikriga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda vujudga kelgan vaziyat – oldin hech qachon bo‘lmagan. U “erkin bozor” yoki “bozor iqtisodi” tushunchasidan yiroq. Hukumat doimiy ravishda qog‘oz pul chop etishda davom etmoqda. Hech qanday iqtisodiy rivojlanish kuzatilmayapti. Bu nafaqat AQShda balkim butun dunyo miqyosida kuzatilmoqda, deydi ekspert.

Ushbu vaziyatda markaziy banklar uchun ham xususiy investorlar uchun ham eng yaxshi strategiya – oltin zahiralari miqdorini oshirish, deb bir ovozdan ta’kidlashmoqda ekspertlar.

“AQSh bozorida tarixda eng katta bo‘lgan “iqtisodiy pufak” shakllanmoqda. Oltin va kumush narxi esa - minimal darajada. Kelajakda aynan ushbu aktivlar narxi keskin o‘sadi”, - deb hisoblaydi Mannarino.

Xuddi shunday mulohaza yaqinda Goldman Sachs kompaniyasi ekspertlari tomonidan ham e’lon qilingan edi. Ularning fikriga ko‘ra, dollar bosma mashinasini tinimsiz ishlatish oqibatida, real aktivlar, birinchini navbatda oltin narxi osmonga chiqib ketishi aniq.

Ikkinchi tomondan dunyoda eng yirik oltin qazib oluvchi kompaniya Newmont Goldcorp prgnozi bo‘yicha, 2022-yilga kelib dunyoda oltin qazib olish hajmi keskin tushib ketadi, 2034-yilda esa Yerdagi oltin zahiralari mutlaq yakuniga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0