Nima sababdan Rossiya AQShni urush va sharmandalikdan qutqarmoqchi?

© AFP 2023 / Noorullah ShirzadaChleni dvijeniya Taliban (zapresheno v RF), Afganistan. Arxivnoe foto
Chleni dvijeniya Taliban (zapresheno v RF), Afganistan. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Obuna bo‘lish
Tramp ma’muriyati 2021-yilning 1-mayiga qadar AQSh harbiylari Afg‘onistonni tark etishi haqida shartnoma imzolagan edi, lekin Bayden bu shartnomani bekor qilmoqchi. Demak, Afg‘oniston yana urush xavfi ostida.
NATO mudofaa vazirlari ikki kunlik videokonferensi o‘tkazishmoqda. Bu Jo Bayden hukumat boshiga kelganidan so‘ng o‘tkazilayotgan birinchi birinchi sammit bo‘ldi. Ushbu uchrashuv natijalari butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Bunga sabab nafaqat Rossiya va Xitoy yana bir bor eng asosiy dushman deb ko‘rsatilishi, balkim yaqin orada qonli urushga sabab bo‘ladigan yana bir qarorning e’lon qilinishi bo‘lishi mumkin.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
“Tolibon”* vakillari Moskvaga keldi
Hammaga ma’lumki, Donald Tram prezidentlik davrida, AQShning so‘nggi bir necha prezidentlari orasida ilk bor, AQSh birorta ham yangi urush boshlamadi va mavjud urushlardan chiqishga va AQSh askarlarini uyiga qaytarishga harakat qildi. Birinchi navbatda Afg‘onistondagi askarlarni. Tolibon va AQSh orasida imzolangan shartnomaga muvofiq Afg‘oniston hududidagi barcha AQSh harbiylari 2021-yilning 1-mayiga qadar tark etishi kerak edi. Tramp davrida ularning soni 2,5 minggacha kamaytirildi. Ya’ni Afg‘onistondan chet el qo‘shinlari to‘liq olib chiqarilishiga qadar atigi 2 oydan sal ko‘proq vaqt qoldi. Lekin Afg‘onistonda amerikaliklardan tashqari 7,5 ming NATO askarlari ham bor. Albatta ularni ham olib chiqish kerak. Amerikaliklar bo‘lmasa, ularning o‘zlari ham qolishni istamaydi. Lekin aynan hozir Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi qaror bekor qilinishi mumkin. NATO mudofaa vazirlari hozir aynan ushbu masalani muhokama qilshmoqda.
AQSh yangi ma’muriyati Afg‘onistondan chiqib ketishni istamaydi - qo‘shinlarni chiqarish haqida qaror rasman qabul qilinmagan bo‘lsada, Vashington tolibon bilan shartnoma qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qildi. Bahona - Tolibon o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarmoqdami yo‘qmi - tekshirish. Yangi davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan yildayoq AQSh Afg‘onistonda qolishi kerak degan fikrlarni bildirgan edi. Demak bu borada masala allaqachon hal bo‘lgan. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham yaqinda Afg‘oniston bo‘yicha qaror qabul qilish "oson bo‘lmasligini" ma’lum qilgan edi:
"Biz qolib, harbiy ishtirok etishni davom ettirishimiz mumkin, yoki Afg‘onistonni tark etishimiz mumkin va shunda u yer yana terrorchilar makoniga aylanadi. Tanlov oddiy emas. <...> Tolibon bergan va’dasining ustidan chiqishi kerak: zo‘ravonlikni kamaytirib terrorchi guruhlar bilan aloqalarni bas qilishi kerak. Buning o‘rniga esa biz tolibon tomonidan shifokor, sudya va jurnalistlarga qarshiqaratilgan o‘ta kuchli zo‘ravonlikni ko‘rmoqdamiz", -degan edi shimoliy alyans bosh kotibi.
Lekin, aslida u biroz noto‘g‘ri gapirmoqda: tolibon NATO askarlariga tegmaslik majburiyatini olgan edi, lekin Afg‘onistonning ichki mojarolariga kelsak - ularni hech kim to‘xtata olmaydi, va ularning asosiy sababi - Amerika tomonidan Afg‘oniston okkupatsiyasining davom etayotganidir. Agar hozir Vashington qo‘shinlarni olib chiqishdan voz kechsa - Afg‘onistonda keng ko‘lamli urush boshlanadi. Hozir tolibon mamlakatning 4/3 qismini nazorat qilmoqda. Agar Amerika qo‘shinlarni olib chiqish va’dasini bajarmasa, ular NATO quroli yordamida hukumat boshida o‘tirgan Afg‘oniston hukumatiga va amerikalik okkupantlarga qarshi jangovar harakatlarni boshlaydi - nahotki Baydenga shu kerak bo‘lsa?
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
Afg‘on qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Amerikaning muammosi shunda-ki, ular o‘zlariga sodiq rejimni saqlab qolgan holda Afg‘onistondan chiqib keta olishmaydi - buning mutlaq iloji yo‘q. 20-yillik okkupatsiya - AQShga afg‘on hamjamiyatining barcha qatlami nafratidan bo‘lak hech narsa olib kelmadi. Ular qo‘shinlar chiqishi bilan hammasi tugashini yaxshi bilishadi.
Amerika ketganidan so‘ng urushdan saqlab qolishning yagona yo‘li - bu koalitsion hukumat tashkil qilish edi. Amerika va tolibon orasidagi muzokaralarda aynan ana shular haqida so‘z yuritilgan edi. Lekin rasmiy Qobul tolibon bilan shartnoma tuzishdan qo‘rqadi - aynan shu sababli butun o‘tgan yil davomida ular Afg‘oniston ichida real reformalar boshlanishiga to‘sqinlik qilib kelishdi. Balkim ular Vashingtonda ma’muriyat o‘zgarishini kutishgandi? - Ha, albatta. Lekin Bayden Afg‘onistonda yangi urush boshlashga tayyormi, u yerga yana minglab AQSh va NATO askarlarini yuborishga rozimi?
Lekin, oxir-oqibat, bir ikki yoki uch yildan so‘ng ular baribir Afg‘onistondan ketishga majbur bo‘ladi-ku? Faqat u vaqtda, AQSh qo‘shinlarini olib chiqish uchun, vaziyat ancha noqulay bo‘lishi mumkin.
Eng boshida AQShning Afg‘onistonda o‘rnashib olishiga asosiy sabab - butun Markaziy Osiyoga va unga tutash Rossiya va Xitoyga ta’sir o‘tkazish imkonini beradigan qulay plasdarmga ega bo‘lish edi. Lekin o‘tgan 20-yil davomida Afg‘onistonda amerikaliklar uchun hech qanday ishonchli tayanch nuqtasi paydo bo‘lmadi. Toliblar ham hech qayerga yo‘qolgani yo‘q va ular mamlakatning katta qismini hamon nazorat ostida ushlab turibdi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2020
Qo‘shinlarni tezlashtirib olib chiqilishi – Trampning “Tolibon”ga hadasi
NATOchilarning butun dunyoni nazorat qilish rejasi Tramp uchun hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Shu sababli u qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqib, u yerni unutishga rozi edi. Bayden esa - Amerika dunyoviy gegemon bo‘lib qolishiga haligacha ishonadi, vaholanki hozir buning uchun hech qanday sharoit va imkoniyat yo‘q. Buni bir qator vashingtonlik amaldorlar ham yaxshi tushunadi. Shu sababli ular 1-mayda qo‘shinlarni chiqarmasa ham, lekin keyinroq chiqarish ehtimoli juda katta.
Hozir AQSh Afg‘onistonda ikki yo‘lning boshida turibdi.
Birinchisi - tolibon yana jangovar harakatlarni boshlaydi. AQSh qo‘shin sonini ko‘paytiradi, afg‘on armiyasini tiklashga harakat qiladi, lekin bularning hammasi, odatdagidek, hech narsaga olib kelmaydi. Shundan so‘ng amerikaliklar tolibon bilan yana muzokaralarni boshlaydi va qo‘shinlarni olib chiqishning yangi muddati haqida kelishib oladi. Muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka erishgan taqdirda tolibon Qobulni egallab oladi. Ana shunda amerikaliklar Afg‘onistonni tezkorlik bilan va sharmandalarcha tark etishga majbur bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘l - buning uchun AQShga Rossiya kerak bo‘ladi. Bunda AQSh tolibondan qo‘shinlarni olib chiqishni biroz kechiktirishga kelishadi. Lekin buning uchun Afg‘oniston ichida haqiqiy muzokaralarni boshlashga to‘g‘ri keladi. Bu ishni amalga oshirish uchun rasmiy Qobulga kuchli bosim o‘tkazilishi kerak. Bunga nafaqat AQSh, balkim Rossiya va Xitoy ham qo‘shilishi kerak. Tolibonni ishontirish uchun bir necha kuchli davlatlarning kafolati kerak bo‘lad. Qobul hukumatiga Amerikadan so‘ng qoladiga Afg‘oniston hukumatiga kuchlar balansi qanday bo‘lishi keraklini juda yaxshi uqtirish kerak bo‘ladi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2020
"Tolibon" tojik-afg‘on chegarasiga yaqin hududga hujum uyushtirdi, olti kishi qurbon bo‘ldi
Rossiya amerikalikarni aynan shu yo‘lga boshlashga harakat qilmoqda. Ma’lumki fevral oxiriga qadar Moskvada Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha "kengaytirilgan uchlik" formatida uchrashuv bo‘lb o‘tishi kerak. Unda Rossiya, Xitoy va AQSh hamda Afg‘onistonga eng katta ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ikki qo‘shnisi - Pokiston va Eron ishtirok etishi kerak. Lekin bu uchrashuvda eronliklar ishtiroki dargumon, chunki ular amerikaliklar bilan bir stol ortida o‘tirishni istamaydi. Bayden ma’muriyati uchrshuva allaqachon tayyor bo‘lgan - bu haqida chorshanba kuni Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov xabar qilgan edi. Kabulov ushbu ma’lumotni Amerikaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, (o‘tgan yil tolibon bilan shartnoma imzolashda ishtirok etgan) Xalilzaddan bilib olgan.
Zamir Kabulovning bayonoti aynan Sovet Ittifoni qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishining 32-yilligi kunida e’lon qilingan edi. Sovet qo‘shinlari Afg‘onistonda 9-yil bo‘lgan bo‘lsa, AQSh - mana 19-yildan beri o‘sha yerda. Afg‘onistondan tinchgina chiqish uchun ularga Rossiya yordami kerak. Lekin Afg‘onistonda qolish uchun ularga hech narsa kerak emas - faqat o‘zining o‘za kuchli va hamma ish qo‘lidan kelishiga ishonsa bas. Bunga esa - na afg‘on xalqi, na Rossiya va na dunyoning qolgan qismi ishonmaydi. Umuman olganda, "Vashington botqog‘idan" tashqarida bo‘lgan amerikaliklarning o‘zi ham ishonmaydi.
Yangiliklar lentasi
0