TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Afg‘oniston shimoli-sharqida "Tolibon" radikal harakati uyushtirgan hujum oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy Tolo News telekanali.
Hodisa Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz provinsiyasida yuz bergan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar Imom Shoxib tumanidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirganlar. Jangovar to‘qnashuvlar davomida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining olti nafar xodimi halok bo‘lishgan. Yana 15 kishi asir olingan.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" o‘rtasidagi kurash davom etmoqda. Toliblar mamlakatning qishloq hududlarida kattagina yerlarni egallab olgan va yirik shaharlarga hujumga o‘tgan.
Mamlakat hududida "Islom davlati" terroristik uyushmasi ta’siri kuchaygan.
Sentabr oyida Qatarda bir necha o‘n yillar davomida birinchi marta Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlandi. Muzokaralar o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng ro‘y bergan edi.