Qo‘shinlarni tezlashtirib olib chiqilishi – Trampning “Tolibon”ga hadasi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi mushkul harbiy va siyosiy vaziyatga, hukumat qo‘shinlarining toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari bilan uzluksiz to‘qnashuvlariga qaramasdan AQSh prezidenti mamlakatdan Amerika qo‘shinlari tezlashtirgan holda olib chiqilishini ma’lum qildi.

“Tolibon”* va Afg‘onistonning osuda hayoti bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Qonuniy afg‘on hukumati va terrorchilik guruhi – aslini olganda integratsiyaga qodir emas. Dohadagi afg‘onlararo muzokaralar Amerika qo‘shinlarini sharmandali olib chiqilishi uchun ishonib bo‘lmaydigan asos bo‘lib xizmat qiladi, xolos. U Islom Respublikasini harbiy harakatlar keskinlashishi, fuqarolar urushining yangi bosqichi, chegaradosh Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga terrorchilik tahdidi proyeksiyasiga duchor qiladi.

Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston
Dohada Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Afg‘onistondagi mushkul harbiy va siyosiy vaziyatga, Dohadagi afg‘onlararo muzokaralarining qiyin rivojlanishiga, hukumat qo‘shinlarining toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari bilan uzluksiz to‘qnashuvlariga qaramasdan AQSh prezidenti Donald Tramp 7-oktabr kuni bu mamlakatdan Amerika qo‘shinlari tezlashtirgan holda olib chiqilishini ma’lum qildi.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, AQSh armiyasi kontengenti Afg‘oniston hududini deyarli to‘liq tarkibda Rojdestvo bayramiga yaqin (Grigorian taqvimi bo‘yicha – tarh.), ya’ni dekabr oxirida tark etadi. Afg‘on armiyasi uchun madad uchun “kam sonli” Amerika harbiylari qoladi. Bayonot yetarlicha kutilmagan holda yangradi, avvalroq Vashington 2021-yil boshi kelib Afg‘onistonda 2500 nafar harbiy xizmatchisini qoldirmoqchi edi.

NATO vazminlik bilan munosabat bildirdi. Bosh kotib Yens Stoltenberg alyans Afg‘onistondagi missiyasiga sodiqligi, mamlakat terrorizm uchun maydon bo‘lmasligi zarurligi ta’kidladi. Barcha harbiy xizmatchilarni olib chiqilishi to‘g‘risida (12 ming nafar atrofida) hech narsa demadi.

Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘onistondagi harbiy askarlar sonini bir-ikki oy ichida 4,5 minggacha qisqartiradi

Rossiya TIV Donald Trampning tashabbusini avvalambor saylovoldi va’dalari bilan bog‘ladi. Rossiya prezidentining maxsus vakili Zamir Kabulovning fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat shunchalik yomonki, Amerika qo‘shinlarining bo‘lishi yoki bo‘lmasligi deyarli hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydi.

AQSh va “Tolibon”* joriy yilning 29-fevral kuni Qatarda ilk bor jangovar harakatlarning 18-yili mobaynida tinchlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bitim Afg‘onistondan chet el qo‘shinlarining olib chiqilishi (14 oy ichida) va asirlar bilan almashishdan keyin afg‘onlararo muloqotning boshlanishini nazarda tutadi. Bitim doirasida Pentagon iyul oyiga kelib o‘z kontengentini 13000 dan 8600 ming kishigacha qisqartirdi, amerikaliklar Afg‘onistondagi beshta bazani tark etishdi. Hilmand, Uruzgan, Paktika va Lag‘mon provinsiyalaridagi. Kobul va toliblar hibsdagilar (5000 kishi) va asirlar (1000 kishi) bilan o‘zaro almashdi. Ammo Dohadagi (Qatar) afg‘onlararo muzokaralar o‘ngmadi, otishma va portlashlar tinchimadi.

Urushdan qochish

Amerikaliklar ketapti, ko‘plab afg‘on provinsiyalarida hukumat qo‘shinlari va toliblar o‘rtasidagi jangovar harakatlar esa davom etmoqda. Kobul so‘nggi olti oy ichida “Tolibon”* qariyb 7000 ta harbiy amaliyot o‘tkazgani, 3500 nafar tinch aholi halok bo‘lgani va yarador bo‘lganini ma’lum qildi. Toliblar birinchi marta bitimni buzishayotgani yo‘q, Amerika bazalari va Afg‘oniston obyektlari bo‘ylab raketa zarbalarini berishgan. Ustiga ustak “Tolibon”* va Kobul bir-birini mamlakatda zo‘ravonlik keskinlashishi va yirik ko‘lamli  jangovar amaliyotlarni o‘tkazishda ayblamoqda.

12 sentabr kuni Dohada muzokaralar boshlanganidan keyin darhol “Tolibon”* jangarilari hujumni kuchaytirdi va Uruzgan provinsiyasidagi Gizab tumanini egallab oldi – 60 dan ziyod harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlari halok bo‘ldi. Yana 8 nafar xavfsizlik kuchlari xodimlari Kapisa provinsiyasining shimoliy-sharqidagi Tagab tumanida toliblar bilan to‘qnashuvda o‘ldirildi, besh nafar afg‘on askari toiblarning Balxdagi nazorat o‘tkazish punktiga hujumi oqibatida qurbon bo‘ldi.

Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" tojik-afg‘on chegarasiga yaqin hududga hujum uyushtirdi, olti kishi qurbon bo‘ldi

Nangahor provinsiyasida toliblar xavfsizlik kuchlarining avanpostlariga hujum qildi va 20 nafar afg‘on harbiylarini o‘ldirdi. Hilmand provinsiyasida xudkush jangari minalashtirilgan avtomobilda politsiya nazorat punktiga hujum uyushtirdi, 9 kishi qurbon bo‘ldi. Kuni kecha tinch hisoblangan Bamian provinsiyada toliblarning politsiya postiga hujumi qayt etildi – 9 nafar politsiya xodimi qurbon bo‘ldi.

Gor provinsiyasida hududida yo‘l yoqasidagi mina portlashidan 4 nafar tinch aholi, jumladan, yosh bola halok bo‘ldi. Avvalroq kunduzi Daykundi provinsiyasida yo‘l yoqasidagi minadan yo‘lovchi tashuvchi avtobus portlab ketdi – 14 nafar tinch aholi, jumladan, 5 nafar yosh bola halok bo‘ldi. Birgina sentabr oyining ikki haftasi mobaynida Afg‘onistonda toliblar qo‘lidan 98 nafar tinch aholi o‘lim topdi. Bunday statistika “Tolibon”*ning o‘z mamlakatidagi osudalikka intilishini umuman ko‘rsatmaydi, terrorchilar bilan tinchlik bitimi maqsadga muvofiqligiga katta shubha tug‘diradi.

Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda jangarilar hujumi oqibatida 5 politsiya xodimi halok bo‘ldi

Shubhasiz, toliblarda ham yo‘qotishlar bo‘ladi. Badaxshon provinsiyasi Kohiston uyezdidagi qurolli to‘qnashuvlarda 9 nafar jangari o‘ldirilgan va yarador bo‘lgandi. O‘sha provinsiyada avvalroq to‘rt nafar tolib, jumladan, yuqori lavozimli qo‘mondon halok bo‘lgandi. Paktika provinsiyasidagi janglarda 65 nafar tolib yo‘q qilingan. Uch-to‘rt haftalik taqqoslash statistikasi harbiy xizmatchilar, tinchi aholiga qaraganda toliblar kamroq halok bo‘layotgani ko‘rsatadi.

Ravshanki, AQSh va Amerika koalitsiyasi yordamida tashkil qilingan kuchlar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari terrorchilarni yo‘q qilishda yetarlicha samarali emas. Yaqinda Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga  berilgan A-29 Super Tucano yengil turbovintli hujumchi samolyotlar vaziyatni o‘zgartirmaydi (Afg‘oniston armiyasi shunga o‘xshashidan 20 tagacha ega).

“Tolibon”* hokimiyatga har qanday yo‘l, jumladan, tinch aholi o‘rtasidagi katta qurbonlar orqali intilmoqda. Afg‘onistnning mavjud qonuniy hukumati ustidan g‘alaba qozonib ham to‘xtamaydi (bunday holatda Kobul va mamlakatning boshqa aholi punktlari og‘ir va shafqatsiz O‘rta asrga cho‘madi). Bugun toliblar amerikaliklarga bergan va’dalarini bajarishmayapti. Ko‘rinib turibdiki, toliblar o‘zining ko‘p millatli xalqi, mintaqadagi qo‘shnilar uchun ham shunchalik ishonchisiz (xavfli) hamkor bo‘lib qolmoqda.

Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz - Tolibon vakili

Yaqindagi “Tolibon”*ning harakat Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligi tahdid tug‘dirilishiga yo‘l qo‘ymasligi borasidagi bayonoti sayoz va dalilsiz bo‘lib ko‘rinadi. Yetachilaridan biri, mulla Abdul G‘ani Barodar Amerika qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng toliblar Afg‘onistonda terrorchilik guruh sifatida faoliyatini to‘xtatishi, mamlakatni “osuda va farovon hududga” aylantirishini ta’kidladi. Otishmalarni to‘xtatishga va savob ishlarni bugundan, 30 milliondan ziyod aholiga ega katta mamlakatda deyarli amerikaliklar qolmagan paytda boshlashga nima xalaqit bermoqda?

AQSh buning ustiga afg‘onlararo muzokaralar jarayonini tezlashtirishga urinmoqda, bunda asosiy faollikni AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod ko‘rsatmoqda. Ammo “Tolibon”* muzokaralar Hanafiy mazhabi sunniylar qoidalariga ko‘ra o‘tkazishga qattiq turib olgan. Kobul sunniylar normalari bilan cheklanib qolmaslik kerak deb hisoblaydi, zero Afg‘onistonda shialar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Dohadagi Kobul va “Tolibon”* o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, aloqa guruhlari olti marta uchrashuv o‘tkazishdi, lekin kun tartibini muvofiqlashtira olishmadi.

Viktor Mixaylov - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi vaziyatni hozircha tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi – Mixaylov

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani toliblar bilan uchrashishni rejalashtirmayapti, terrorchilarga qarshi qurolli kurashni davom ettirishga tayyorligini bayon qilmoqda. Donald Trampning esa “Tolibon”ga “Rojestvo hadasi” (Amerika qo‘shinlarining tezlatirilgan holda olib chiqilishi) Afg‘onistonda tinch, siyosiy barqarorlik ehtimolini pasaytiradi, xolos. Ochig‘ini aytganda, manyovr qilish uchun Amerika prezidentining kichik maydoni bor. AQSh tarixidagi eng uzoq muddatli afg‘on urushini Tramp boshlamagan, lekin u uni tugatishga va’da berdi. Eslataman, Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonga 2001-yilda, 11-sentabrdagi terrorchilik aktidan so‘ng kiritildi. Bostirib kirishning masqadi “Al-qoida”* rahbarlarini yashirib kelayotgan toliblarga qarshi kurashishdan iborat edi. Pentagon kontingenti o‘zining eng faol davrida 110 ming harbiy xizmatchilarga yetgan edi. 19-yillik jangovar harakatlar mobaynida amerikaliklar 2300 mingdan ziyod harbiylarini qo‘ldan boy berdi, yigirma mingga yaqini yarador bo‘ldi. Ketish vaqti keldi – sharmandali tinchlik bilan.

* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.

Yangiliklar lentasi
0