“Tolibon”* vakillari Moskvaga keldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada taqiqlangan "Tolibon"* harakati vakillari muzokara uchun Moskvaga keldi. Ular bilan TIVda uchrashuv o‘tkazildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" harakati vakillari muzokaralar uchun Moskvaga keldi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot xizmati.
Bugun Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha Ikkinchi departamenti direktori Zamir Qobulov ular bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Rossiya tomoni qonli fuqarolar urushining tugashiga va Afg‘onistonda samarali umummilliy davlat rahbariyatini shakllantirishga olib keladigan mazmunli va konstruktiv muzokaralar boshlanishi xususida to‘xtaldi.
Tolibon delegatsiyasi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda Moskvaning yordamini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlab, afg‘on xalqiga tinch, mustaqil va iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan davlat qurishda yordam berishda Rossiyaning roli va salohiyatini yuqori baholadilar.
* Rossiyada taqiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0