https://oz.sputniknews.uz/20210210/zbekistonda-yadroviy-makhfiylik-bormi--YaFI-direktori-bilan-intervyu-15972877.html
O‘zbekistonda yadroviy maxfiylik bormi – YaFI direktori bilan intervyu
O‘zbekistonda yadroviy maxfiylik bormi – YaFI direktori bilan intervyu
Sputnik O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda institutda amalga oshirilayotgan... 10.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-10T12:53+0500
2021-02-10T12:53+0500
2021-02-10T17:31+0500
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/778/26/7782621_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9ea44cd8470a256316cad43a6a10411b.jpg
1959 yilning sentabr oyida Toshkent yaqinidagi Ulug‘bek shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida quvvati 2 MVt bo‘lgan BBP-CM tadqiqot yadro reaktori foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik reaktor quvvati 10 MVt ga oshirildi. Yadro qurilmasi Dollejal nomidagi Rossiya energetika ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ishtirokida ishlab chiqilgan. Hozirda institut tashkil topganining 65-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov bilan shu kecha-yu kunduzda institutda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, soha jadal rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar, AES masalasi, o‘zbek yoshlarining fizikaga qiziqish darajasi hamda institutning kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.- Ilhom Ismoilovich, internetda O‘zbekiston FA qoshidagi Yadro fizikasi instituti 2017-yilda tashkil topgan degan jumlalarga ko‘zimiz tushadi. Buni qanday izohlaysiz?- Darhaqiqat, menga ko‘pincha institutlaringiz 2017-yilda tashkil topganmi, deya savol berishadi. Institut Nizomida FA Yadro fizikasi instituti 2017-yilda tashkil topgan deb yozib qo‘yilgan, lekin institut aslida 1956-yilning sentabrida tashkil topgan va nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy-tekshirish muassasasi hisoblanadi. Nasib qilsa, 65-yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Nega 2017-yil, degan savolga kelsak, 2016-yilda Hukumat qarori bilan institut deyarli yo‘q qilib yuborilgan: u ikki qismga bo‘linib, biri Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibiga, ikkinchisi O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga topshirilgan. Institutimizda u yopilishidan oldin 500dan ortiq xodim ishlagan bo‘lsa, O‘zMU fizika fakultetida ular soni 48 nafarni tashkil qilgan, xolos.O‘shanda bu o‘zgarishlar haqida fiziklar o‘rtasida «chumoli filga uylantirildi”, mazmunidagi latifa ham tarqalgan edi.Yashirishdan ne hojat, yaqin–aqinlargacha ilmiy tadqiqot institutigagina emas, balki ilm-fanga e’tibor sust edi. Qiziqish ham. Prezident Shavkat Miromonovich bu sohaga birinchilardan e’tibor qaratdilar: saylanganlaridan so‘ng bir yil o‘tmasdan, institutni qayta tiklash to‘g‘risida qarorni imzoladilar. 2019-yil 21-noyabrda «Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Bu hujjat institutning barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan: kelgusidagi yo‘nalishlari, rivojlanishi belgilab berib, uning xalqaro aloqalari, kadrlar masalasi va mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalariga mana shu institutda qilinayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarini qo‘llash va mavjud muammolarini hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish masalalari belgilab berilgan.Shu tariqa, Yadro fizikasi instituti qayta tiklanib, hozirda o‘z faoliyatini qayta davom ettirayapti.- Institutda nima bilan shug‘ullaniladi? Qanday tadqiqotlar olib boriladi?- Institutda yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.Hozirgi kunda institutda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 14ta ilmiy bo‘lim va laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.- Institut olimlari tomonidan yaratilgan qanday ishlanmalarni yutuqlaringiz sifatida sanab o‘ta olasiz?- Ishlab-chiqarishga kiritilishga juda yaqin bo‘lgan ishlanmalarimiz bor: birinchisi, bu radiatsiyaviy ishlov berish natijasida, qattiq materiallardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlash muddatini uzaytirish. Bu borada Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati hamda respublikamizdagi yana ikkita tashkilot bilan ishlar olib borayapmiz, shartnoma imzolandi. Ikkinchisi – radiokimyo yo‘nalishida. Atom reaktori bazasida yangi izotoplar olish. Yutetsiy-177 radio-izotopi olingan. Bu radioizotop tibbiyot sohasida, ya’ni saraton kasalini davolash uchun qo‘llaniladi. Lekin u faqat izotop. Ya’ni uni dori – radiofarm preparat ko‘rinishiga keltirish uchun qiladigan ishlarimiz mavjud. Chet ellik investorlar bilan shuni ustida ish olib borapmiz.Bundan tashqari, Germaniy-68 radioizotopini olish bu borada rossiyalik va qozog‘istonlik hamkorlar bilan ishlayapmiz.Shuningdek, radiatsiya yordamida mahsulotlarga, ayniqsa, tibbiyot mahsulotlariga ishlov berib, ularni sifatini yaxshilash yo‘nalishda ham ancha vaqtdan buyon izlanishlar olib borapmiz.Institutda materialshunos olimlarimiz tomonida original yadro texnologiyasi yaratilgan bo‘lib, uning yordamida dunyodagi bir nechta zargarlik kompaniyalari buyurtmasiga ko‘ra, yarim qimmatbaho toshlar, ya’ni turli tabiiy minerallarga rang berib kelinadi. Xabaringiz bo‘lsa, ko‘pgina tabiiy qimmatbaho toshlar: ya’ni topaz, turmalin, akvamarin, yoqut singari minerallarning tabiatda asosiy qismi shishaday rangsiz bo‘ladi. Bu toshlarni rangliklari juda ham kam, ehtimol 10% ham chiqmas. Bu ham tabiatda uzoq vaqt radiatsiya ta’sirida ro‘y berishi mumkin. Mana shu - 100 millionlab yil davomida bo‘ladigan jarayonni yadro reaktorida bir necha soatda amalga oshiramiz va toshlarga ajoyib, go‘zal tabiiy ranglar beramiz. Buni natijasida ularni narxi 3-5 barobardan 100-120 barobargacha oshib ketadi.Vengriyadagi, Misrdagi reaktorlarda ham shunday ishlar bajariladi, bizning texnologiyamizni ulardan farqi, bir vaqtning o‘zida besh barobar ko‘p miqdordagi toshlarga rang berish imkoniyatiga. Buni natijasida rang berish tan narxi anchagina pasaydi va shu tufayli bugungi kunda ko‘plab buyurtmachilar bizni institutimizga murojaat qilyapti, hozir yiliga 1 tonnadan ortiq toshga rang berish bo‘yicha valyuta kontraktlari tuziladi.- Institutlaringizda maxfiy yo‘nalishlarda izlanishlar olib boriladimi?- Mustaqillikka erishilgandan keyin yopiq yo‘nalishlar, yopiq tematikalar to‘xtatilgan. Hozir ham institutimizda maxfiy yo‘nalishlarda deyarli ish olib borilmaydi.- Yadroviy yo‘nalish – eng yosh yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Yoshlarning ushbu sohaga qiziqishi qanday? Institutda ustoz-shogirdlik masalalari qanday olib boriladi?- Bugun yadro fizikasi institutida 15ta fan doktori, uch nafar akademik bor. Yosh kadrlar ham juda ko‘p. Akademiklarimiz o‘z sohalari bo‘yicha ustoz-shogirdlik an’analarini yo‘lga qo‘yganlar. Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab stajer-tadqiqotchilar instituti tashkil qilindi. Yetakchi olimlarimiz ana shu stajer tadqiqotchilarni suhbat asosida tanlab olib, ular bilan birgalikda ish olib borishapti. O‘zbekistonda AES qurilishi rejalashtirilgandan keyin, bu borada ham yangi yo‘nalish tashkil qilinib, yoshlarimiz jalb qilingan. Institutda yadro fizikasi, nazariy, eksperimental, kimyo fizikasi va boshqa sohalarda 10dan ortiq ilmiy maktablar bor. Olimlar o‘zlarini ilmiy maktablarini tashkil qilishgan. O‘nlab yosh mutaxassislar yetishib chiqadi bunda ham.Ta’kidlash joizki, bugun yoshlarning yadro fizikasi sohasiga qiziqishi kuchaygan va bu quvonarli, albatta. Jajji bolalar u yoki bu tadbirda menga yadro fizikasi sohasida olim bo‘lmoqchiman, buni uchun qaysi universitetni bitirish kerak degan savollarni berishadi. Ta’kidlash joizki, bizning institutimiz doirasida Rossiya Milliy Tadqiqot Yadro Universitetining "Moskva muhandislik fizikasi instituti" (MIFI) ning birinchi xorijiy filiali ochilgan.- Institutlaringizda shu bugungi kunda birinchi navbatda yechimini topish kerak bo‘lgan dolzarb muammo nima?- Yadro reaktorini turli asboblari, qismlari vaqt o‘tishi bilan eskirib bormoqda. Axir 1959-yil ishga tushirilgan. Shularni almashtirish, yangilash bo‘yicha deyarli mablag‘ ajratilmayapti.Institutga bir yilda eksport ishlaridan 3 million dollardan ortiq mablag‘ kelib tushadi. Shartnomalardan 9-10 milliard so‘m atrofida pul ishlaymiz. Budjetdan ajratilgan har bir so‘mni 2,5-3 so‘mga aylantiramiz. Lekin o‘zimiz topgan pulimizga shu eskirgan uskunalarni yangilaymiz, desak shunga ruxsat ololmaymiz. Aytaylik, shoshilinch holat yuz berdi, deylik bir uskunaning nasosi kuyib qoldi. Hozir tuzatish kerak. Shartnoma tuzib, birjaga savdolashishga qo‘yib, ya’ni turli qog‘ozbozchilik ishlarini qilishga vaqt yo‘q. Bor shunaqa tashkilotlar, ikki soatda ta’mirlash ishlarini qilib berishi mumkin. Ammo u bilan shartnoma qildirishga imkoniyatimiz yo‘q, chunki u bilan shartnoma qilib birjaga qo‘ysangiz, boshqasi yutib ketishi mumkin. Reaktorga bir uskuna kerak bo‘lib qolganda, bir kompaniya bilan shartnoma tuzib, birjaga "torg"ga qo‘yganimizda, Quvasoy (Farg‘ona viloyati, - tahr.)dan bir kompaniya yutib olgan. O‘shanda hayron qoldik, nahotki reaktorga tegishli uskuna o‘zimizda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilarkanu, biz bexabar edik, deb. Keyin qo‘ng‘iroq qilsak, "yo‘q, biz bunaqa narsani ishlab chiqarmaymiz", degan javobni oldik.Hozirgi, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tizimda biz vaqt va kuch yo‘qotapmiz.Bir narsani tushunish muhim, reaktorda ishlatilayotgan materiallar juda yuqori sifatli bo‘lishi kerak. Achchiq bo‘lsa ham aytish shart, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan reaktorni suvini tozalash uchun ishlatiladigan ion almashuvchi smolalarni bizdagi reaktorda ishlatib bo‘lmaydi. Chunki ularni yuqori radioaktivlikka chidamliligi past.Ajratiladigan mablag‘lar institutlarni o‘ziga berilishi kerak, degan fikrdaman. Chunki qanday uskuna sotib olish kerakligini o‘sha institutdagi mutaxassislardan boshqa hech kim yaxshiroq bilmaydi.- O‘zbekiston Rossiya texnologiyalari asosida AES qurishni rejalashtirmoqda. Yetakchi fizik olim, qolaversa, YaFI rahbari sifatida, fikringiz qiziq. Bu loyihadan havotir olish kerakmi yoki aksincha, u O‘zbekiston uchun foyda keltiradimi?- Bugungi kunda dunyoning 32 ta mamlakatida 191 ta atom elektr stansiyalari ekspluatatsiya qilib kelinmoqda, 51ta energobloklar qurilish bosqichida turibdi. Rossiya esa AES qurish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Birinchi atom elektr stansiyasi 1954-yilda qurilgan va 75-yillik faoliyati tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, atigi uch marta u bilan bog‘liq yirik avariyalar ro‘y bergan.Hozirgi kungacha gidroelektrstansiyalarda sodir bo‘lgan avariyalarda AESga nisbatan bir necha ming marta ko‘p odam qurbon bo‘lgan. Gidroobyektlarning xavflilik darajasi AESnikiga nisbatan yuqori.Hozirgi kunda hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mavjud elektr stansiyalari ichida hozirgi kunda AESlar – xavfsizligiga juda katta e’tibor beriladigan va qurilishiga sarflanadigan mablag‘ning salkam yarmi obyekt xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladigan obyektlar hisoblanadi.Mavjud elektr stansiyalari ichida stabil (turg‘un) ravishda, qolaversa arzon elektr energiya berib turadigan stansiyalardan bittasi ham shu – AES bo‘ladi.Shularni hisobga oladigan bo‘lsak, undan juda ham qattiq xavfsirash kerak emas. U hatto ko‘proq foyda keltiradi, deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi.Chunki bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarish templari juda ham tez rivojlanyapti, aholining ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda, lekin shunga yarasha elektr energiyasi quvvatlari ishga tushirilmagan.Energetika sohasini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasida O‘zbekiston bo‘yicha hamma turdagi elektr energiya manbalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Quyosh elektr stansiyalari, shamol stansiyalari, IES, gidro elektr stansiyalari shular jumlasidan. Hammasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. AES ishga tushirilgach, elektr energiyasi quvvati umumiy miqdoridan 8% ini ta’minlashi ko‘zda tutilgan.Shularni hisobga olgan holda aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston faqat AES qurishni yoki atom sohasini rivojlantirishgagina e’tibor qaratayotgani yo‘q. Belgilangan xavfsizlik choralariga amal qilinsa, AES hech qanday xavf tug‘dirmaydi.- Institutning istiqboldagi rejalari haqida ham gapirsangiz?- Yaqin o‘n yil ichida O‘zbekistonda yangi atom tadqiqot reaktorini qurish bo‘yicha yaqinda taklif kiritdik. Kelgusi 1-2 yil ichida loyiha ustida ishlash ko‘zda tutilgan. Bu bilan Yadro fizikasi radiatsion fizika yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, radioizotop mahsulotlarni ishlab-chiqarish, radio-farm preparatlar hisobini ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirishni rejalashtirapmiz.Bundan tashqari, yangi yuqori energiyali siklotron – ya’ni zaradlangan zarrachalarni tezlatuvchi qurilmani barpo etishni rejalashtirganmiz. Hozir buni ustida bir nechta xorijiy investorlar bilan kelishuv olib borapmiz. Siklotron – bir qator yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish bilan birga radioizotop mahsulotlarini olish imkonini beradi. Meditsina sohasida ishlatilayotgan ko‘pgina radioizotoplar aynan shu siklotronda ishlab chiqarilgan.Yana bir rejalashtirilgan ulkan loyihalarimizdan bittasi – elektron tezlatkich asosida tibbiyot buyumlarini sterilizatsiya qiladigan va oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlariga radiatsion ishlov berish natijasida ularning saqlash muddatini oshiradigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqmoqchimiz.Andijon, Farg‘ona, Samarqand viloyatlariga shu tezlatkichlarni o‘rnatib, oziq-ovqat mahsulotlariga radiatsion ishlov berishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning 30%i dalada qolib ketsa, taxminan yana 30%i chirib, omborxonalarda yo‘qolib ketadi. Agar ularga radiatsion ishlov beriladigan bo‘lsa, turli chirituvchi zamburug‘larni o‘ldirib, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddati bir necha barobarga oshiriladi.Radiatsion ishlov berish – inson organizmi uchun to‘la xavfsiz, bu butun dunyoda qo‘llaniladi hozirda. Hatto ko‘pgina mamlakatlarda import qilinayotgan mahsulot, agar unga radiatsion ishlov berilmagan bo‘lsa, chegaradan o‘tkazilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20200316/Koronavirusni-diagnosti-ilishda-tezkor-yadroviy-metod-taklif-ilindi-13687133.html
https://oz.sputniknews.uz/20191206/Dunda-ilk-bor-yadroviy-chemodanning-ichi-namoyish-ilindi-12957471.html
https://oz.sputniknews.uz/20181025/MD-davlatlari-yadroviy-khavfsizlik-aida-kelishib-olishadi-9800058.html
https://oz.sputniknews.uz/20180615/Rossiya-Ozbekistonga-yadroviy-yonilgi-yetkazib-berdi-8531249.html
https://oz.sputniknews.uz/20201028/Bu-zbekistonni-zgartiradigan-imkoniyatim-MIFI-talabasi-orzui-va-Rossiyadagi-talim-aida-15276449.html
https://oz.sputniknews.uz/20190903/Ozbekistonga-yadro-sohasida-yangi-ynalishlar-qiziq-MIFI-rektori-12354977.html
https://oz.sputniknews.uz/20200305/Radiofobiya-ishlab-chiarish-vositasi-sifatida-Rosatomning-reaktorlari-khavfsizmi-13608175.html
https://oz.sputniknews.uz/20180317/7741307.html
https://oz.sputniknews.uz/20210123/Shavkat-Abdukamilov-zbekiston-blazhak-AES-ishonchliligiga-shuba-ilmaydi-15849400.html
https://oz.sputniknews.uz/20210122/Abdukamilov-bitiruvchi-atomchilar-darol-zbek-AESi-pultiga-yainlashtirilmaydi-15847637.html
https://oz.sputniknews.uz/20191021/Tonnalab-itisod-Uzatom-rabari-AES-urilishi-khususida-12654870.html
https://oz.sputniknews.uz/20190922/Alisher-Sultonov-AESning-yangi-bloklari-Markaziy-Osi-birdamligi-va-gidroenergetika-aida-12471205.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/778/26/7782621_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3603fe7a672f2ddf3b8acc108d14d0a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
analitika
1959 yilning sentabr oyida Toshkent yaqinidagi Ulug‘bek shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida quvvati 2 MVt bo‘lgan BBP-CM tadqiqot yadro reaktori foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik reaktor quvvati 10 MVt ga oshirildi. Yadro qurilmasi Dollejal nomidagi Rossiya energetika ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ishtirokida ishlab chiqilgan. Hozirda institut tashkil topganining 65-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov bilan shu kecha-yu kunduzda institutda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, soha jadal rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar, AES masalasi, o‘zbek yoshlarining fizikaga qiziqish darajasi hamda institutning kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.
- Ilhom Ismoilovich, internetda O‘zbekiston FA qoshidagi Yadro fizikasi instituti 2017-yilda tashkil topgan degan jumlalarga ko‘zimiz tushadi. Buni qanday izohlaysiz?
- Darhaqiqat, menga ko‘pincha institutlaringiz 2017-yilda tashkil topganmi, deya savol berishadi. Institut Nizomida FA Yadro fizikasi instituti 2017-yilda tashkil topgan deb yozib qo‘yilgan, lekin institut aslida 1956-yilning sentabrida tashkil topgan va nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy-tekshirish muassasasi hisoblanadi. Nasib qilsa, 65-yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Nega 2017-yil, degan savolga kelsak, 2016-yilda Hukumat qarori bilan institut deyarli yo‘q qilib yuborilgan: u ikki qismga bo‘linib, biri Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibiga, ikkinchisi O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga topshirilgan. Institutimizda u yopilishidan oldin 500dan ortiq xodim ishlagan bo‘lsa, O‘zMU fizika fakultetida ular soni 48 nafarni tashkil qilgan, xolos.
O‘shanda bu o‘zgarishlar haqida fiziklar o‘rtasida «chumoli filga uylantirildi”, mazmunidagi latifa ham tarqalgan edi.
Yashirishdan ne hojat, yaqin–aqinlargacha ilmiy tadqiqot institutigagina emas, balki ilm-fanga e’tibor sust edi. Qiziqish ham. Prezident Shavkat Miromonovich bu sohaga birinchilardan e’tibor qaratdilar: saylanganlaridan so‘ng bir yil o‘tmasdan, institutni qayta tiklash to‘g‘risida qarorni imzoladilar. 2019-yil 21-noyabrda «Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Bu hujjat institutning barcha jabhalarini o‘z ichiga olgan: kelgusidagi yo‘nalishlari, rivojlanishi belgilab berib, uning xalqaro aloqalari, kadrlar masalasi va mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalariga mana shu institutda qilinayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarini qo‘llash va mavjud muammolarini hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish masalalari belgilab berilgan.
Shu tariqa, Yadro fizikasi instituti qayta tiklanib, hozirda o‘z faoliyatini qayta davom ettirayapti.
- Institutda nima bilan shug‘ullaniladi? Qanday tadqiqotlar olib boriladi?
- Institutda yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.
Hozirgi kunda institutda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 14ta ilmiy bo‘lim va laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
- Institut olimlari tomonidan yaratilgan qanday ishlanmalarni yutuqlaringiz sifatida sanab o‘ta olasiz?
- Ishlab-chiqarishga kiritilishga juda yaqin bo‘lgan ishlanmalarimiz bor: birinchisi, bu radiatsiyaviy ishlov berish natijasida, qattiq materiallardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlash muddatini uzaytirish. Bu borada Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati hamda respublikamizdagi yana ikkita tashkilot bilan ishlar olib borayapmiz, shartnoma imzolandi. Ikkinchisi – radiokimyo yo‘nalishida. Atom reaktori bazasida yangi izotoplar olish. Yutetsiy-177 radio-izotopi olingan. Bu radioizotop tibbiyot sohasida, ya’ni saraton kasalini davolash uchun qo‘llaniladi. Lekin u faqat izotop. Ya’ni uni dori – radiofarm preparat ko‘rinishiga keltirish uchun qiladigan ishlarimiz mavjud. Chet ellik investorlar bilan shuni ustida ish olib borapmiz.
Bundan tashqari, Germaniy-68 radioizotopini olish bu borada rossiyalik va qozog‘istonlik hamkorlar bilan ishlayapmiz.
Shuningdek, radiatsiya yordamida mahsulotlarga, ayniqsa, tibbiyot mahsulotlariga ishlov berib, ularni sifatini yaxshilash yo‘nalishda ham ancha vaqtdan buyon izlanishlar olib borapmiz.
Institutda materialshunos olimlarimiz tomonida original yadro texnologiyasi yaratilgan bo‘lib, uning yordamida dunyodagi bir nechta zargarlik kompaniyalari buyurtmasiga ko‘ra, yarim qimmatbaho toshlar, ya’ni turli tabiiy minerallarga rang berib kelinadi. Xabaringiz bo‘lsa, ko‘pgina tabiiy qimmatbaho toshlar: ya’ni topaz, turmalin, akvamarin, yoqut singari minerallarning tabiatda asosiy qismi shishaday rangsiz bo‘ladi. Bu toshlarni rangliklari juda ham kam, ehtimol 10% ham chiqmas. Bu ham tabiatda uzoq vaqt radiatsiya ta’sirida ro‘y berishi mumkin. Mana shu - 100 millionlab yil davomida bo‘ladigan jarayonni yadro reaktorida bir necha soatda amalga oshiramiz va toshlarga ajoyib, go‘zal tabiiy ranglar beramiz. Buni natijasida ularni narxi 3-5 barobardan 100-120 barobargacha oshib ketadi.
Vengriyadagi, Misrdagi reaktorlarda ham shunday ishlar bajariladi, bizning texnologiyamizni ulardan farqi, bir vaqtning o‘zida besh barobar ko‘p miqdordagi toshlarga rang berish imkoniyatiga. Buni natijasida rang berish tan narxi anchagina pasaydi va shu tufayli bugungi kunda ko‘plab buyurtmachilar bizni institutimizga murojaat qilyapti, hozir yiliga 1 tonnadan ortiq toshga rang berish bo‘yicha valyuta kontraktlari tuziladi.
- Institutlaringizda maxfiy yo‘nalishlarda izlanishlar olib boriladimi?
- Mustaqillikka erishilgandan keyin yopiq yo‘nalishlar, yopiq tematikalar to‘xtatilgan. Hozir ham institutimizda maxfiy yo‘nalishlarda deyarli ish olib borilmaydi.
- Yadroviy yo‘nalish – eng yosh yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Yoshlarning ushbu sohaga qiziqishi qanday? Institutda ustoz-shogirdlik masalalari qanday olib boriladi?
- Bugun yadro fizikasi institutida 15ta fan doktori, uch nafar akademik bor. Yosh kadrlar ham juda ko‘p. Akademiklarimiz o‘z sohalari bo‘yicha ustoz-shogirdlik an’analarini yo‘lga qo‘yganlar.
Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab stajer-tadqiqotchilar instituti tashkil qilindi. Yetakchi olimlarimiz ana shu stajer tadqiqotchilarni suhbat asosida tanlab olib, ular bilan birgalikda ish olib borishapti. O‘zbekistonda AES qurilishi rejalashtirilgandan keyin, bu borada ham yangi yo‘nalish tashkil qilinib, yoshlarimiz jalb qilingan. Institutda yadro fizikasi, nazariy, eksperimental, kimyo fizikasi va boshqa sohalarda 10dan ortiq ilmiy maktablar bor. Olimlar o‘zlarini ilmiy maktablarini tashkil qilishgan. O‘nlab yosh mutaxassislar yetishib chiqadi bunda ham.
Ta’kidlash joizki, bugun yoshlarning yadro fizikasi sohasiga qiziqishi kuchaygan va bu quvonarli, albatta. Jajji bolalar u yoki bu tadbirda menga yadro fizikasi sohasida olim bo‘lmoqchiman, buni uchun qaysi universitetni bitirish kerak degan savollarni berishadi. Ta’kidlash joizki, bizning institutimiz doirasida Rossiya Milliy Tadqiqot Yadro Universitetining "Moskva muhandislik fizikasi instituti" (MIFI) ning birinchi xorijiy filiali ochilgan.
- Institutlaringizda shu bugungi kunda birinchi navbatda yechimini topish kerak bo‘lgan dolzarb muammo nima?
- Yadro reaktorini turli asboblari, qismlari vaqt o‘tishi bilan eskirib bormoqda. Axir 1959-yil ishga tushirilgan. Shularni almashtirish, yangilash bo‘yicha deyarli mablag‘ ajratilmayapti.
Institutga bir yilda eksport ishlaridan 3 million dollardan ortiq mablag‘ kelib tushadi. Shartnomalardan 9-10 milliard so‘m atrofida pul ishlaymiz. Budjetdan ajratilgan har bir so‘mni 2,5-3 so‘mga aylantiramiz. Lekin o‘zimiz topgan pulimizga shu eskirgan uskunalarni yangilaymiz, desak shunga ruxsat ololmaymiz. Aytaylik, shoshilinch holat yuz berdi, deylik bir uskunaning nasosi kuyib qoldi. Hozir tuzatish kerak. Shartnoma tuzib, birjaga savdolashishga qo‘yib, ya’ni turli qog‘ozbozchilik ishlarini qilishga vaqt yo‘q. Bor shunaqa tashkilotlar, ikki soatda ta’mirlash ishlarini qilib berishi mumkin. Ammo u bilan shartnoma qildirishga imkoniyatimiz yo‘q, chunki u bilan shartnoma qilib birjaga qo‘ysangiz, boshqasi yutib ketishi mumkin.
Reaktorga bir uskuna kerak bo‘lib qolganda, bir kompaniya bilan shartnoma tuzib, birjaga "torg"ga qo‘yganimizda, Quvasoy (Farg‘ona viloyati, - tahr.)dan bir kompaniya yutib olgan. O‘shanda hayron qoldik, nahotki reaktorga tegishli uskuna o‘zimizda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilarkanu, biz bexabar edik, deb. Keyin qo‘ng‘iroq qilsak, "yo‘q, biz bunaqa narsani ishlab chiqarmaymiz", degan javobni oldik.
Hozirgi, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tizimda biz vaqt va kuch yo‘qotapmiz.
Bir narsani tushunish muhim, reaktorda ishlatilayotgan materiallar juda yuqori sifatli bo‘lishi kerak. Achchiq bo‘lsa ham aytish shart, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan reaktorni suvini tozalash uchun ishlatiladigan ion almashuvchi smolalarni bizdagi reaktorda ishlatib bo‘lmaydi. Chunki ularni yuqori radioaktivlikka chidamliligi past.
Ajratiladigan mablag‘lar institutlarni o‘ziga berilishi kerak, degan fikrdaman. Chunki qanday uskuna sotib olish kerakligini o‘sha institutdagi mutaxassislardan boshqa hech kim yaxshiroq bilmaydi.
- O‘zbekiston Rossiya texnologiyalari asosida AES qurishni rejalashtirmoqda. Yetakchi fizik olim, qolaversa, YaFI rahbari sifatida, fikringiz qiziq. Bu loyihadan havotir olish kerakmi yoki aksincha, u O‘zbekiston uchun foyda keltiradimi?
- Bugungi kunda dunyoning 32 ta mamlakatida 191 ta atom elektr stansiyalari ekspluatatsiya qilib kelinmoqda, 51ta energobloklar qurilish bosqichida turibdi. Rossiya esa AES qurish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Birinchi atom elektr stansiyasi 1954-yilda qurilgan va 75-yillik faoliyati tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, atigi uch marta u bilan bog‘liq yirik avariyalar ro‘y bergan.
Hozirgi kungacha gidroelektrstansiyalarda sodir bo‘lgan avariyalarda AESga nisbatan bir necha ming marta ko‘p odam qurbon bo‘lgan. Gidroobyektlarning xavflilik darajasi AESnikiga nisbatan yuqori.
Hozirgi kunda hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mavjud elektr stansiyalari ichida hozirgi kunda AESlar – xavfsizligiga juda katta e’tibor beriladigan va qurilishiga sarflanadigan mablag‘ning salkam yarmi obyekt xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladigan obyektlar hisoblanadi.
Mavjud elektr stansiyalari ichida stabil (turg‘un) ravishda, qolaversa arzon elektr energiya berib turadigan stansiyalardan bittasi ham shu – AES bo‘ladi.
Shularni hisobga oladigan bo‘lsak, undan juda ham qattiq xavfsirash kerak emas. U hatto ko‘proq foyda keltiradi, deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Chunki bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarish templari juda ham tez rivojlanyapti, aholining ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda, lekin shunga yarasha elektr energiyasi quvvatlari ishga tushirilmagan.
Energetika sohasini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasida O‘zbekiston bo‘yicha hamma turdagi elektr energiya manbalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Quyosh elektr stansiyalari, shamol stansiyalari, IES, gidro elektr stansiyalari shular jumlasidan. Hammasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. AES ishga tushirilgach, elektr energiyasi quvvati umumiy miqdoridan 8% ini ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
Shularni hisobga olgan holda aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston faqat AES qurishni yoki atom sohasini rivojlantirishgagina e’tibor qaratayotgani yo‘q.
Belgilangan xavfsizlik choralariga amal qilinsa, AES hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
- Institutning istiqboldagi rejalari haqida ham gapirsangiz?
- Yaqin o‘n yil ichida O‘zbekistonda yangi atom tadqiqot reaktorini qurish bo‘yicha yaqinda taklif kiritdik. Kelgusi 1-2 yil ichida loyiha ustida ishlash ko‘zda tutilgan. Bu bilan Yadro fizikasi radiatsion fizika yo‘nalishidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, radioizotop mahsulotlarni ishlab-chiqarish, radio-farm preparatlar hisobini ko‘paytirish va eksport salohiyatini oshirishni rejalashtirapmiz.
Bundan tashqari, yangi yuqori energiyali siklotron – ya’ni zaradlangan zarrachalarni tezlatuvchi qurilmani barpo etishni rejalashtirganmiz. Hozir buni ustida bir nechta xorijiy investorlar bilan kelishuv olib borapmiz. Siklotron – bir qator yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish bilan birga radioizotop mahsulotlarini olish imkonini beradi. Meditsina sohasida ishlatilayotgan ko‘pgina radioizotoplar aynan shu siklotronda ishlab chiqarilgan.
Yana bir rejalashtirilgan ulkan loyihalarimizdan bittasi – elektron tezlatkich asosida tibbiyot buyumlarini sterilizatsiya qiladigan va oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlariga radiatsion ishlov berish natijasida ularning saqlash muddatini oshiradigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqmoqchimiz.
Andijon, Farg‘ona, Samarqand viloyatlariga shu tezlatkichlarni o‘rnatib, oziq-ovqat mahsulotlariga radiatsion ishlov berishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning 30%i dalada qolib ketsa, taxminan yana 30%i chirib, omborxonalarda yo‘qolib ketadi. Agar ularga radiatsion ishlov beriladigan bo‘lsa, turli chirituvchi zamburug‘larni o‘ldirib, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddati bir necha barobarga oshiriladi.
Radiatsion ishlov berish – inson organizmi uchun to‘la xavfsiz, bu butun dunyoda qo‘llaniladi hozirda. Hatto ko‘pgina mamlakatlarda import qilinayotgan mahsulot, agar unga radiatsion ishlov berilmagan bo‘lsa, chegaradan o‘tkazilmaydi.