TOShKENT, 21 okt – Sputnik. “Uzatom” bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda AES qurilishi qanday iqtisodiy afzalliklarni keltirib chiqarishi borasida jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘zlab berdi.
“AES qurilishi energetika infrastrukturasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yirik investitsiyaviy loyiha bo‘lib, u tabiiy gaz iste’molini kamaytirishni ko‘zda tutadi. Gaz o‘rni toza energiya tomonidan qoplanganda esa, uning ortib qolayotgan hajmi istiqbolda eksportga yo‘naltirilishi va uning qayta ishlanishi kutilmoqda”, - deya qayd etdi agentlik direktori.
Bo‘lajak AES energetik quvvati quyidagi raqamlarda ifodalanadi: 630 gramm uran 70 tonna ko‘mir va 140 tonna yog‘och-taxtani o‘rnini bosadi.
AES qurilishi O‘zbekistonga qanday naf keltirishi yuzasidan berilgan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, respublika uchun yiliga qo‘shimcha 2,4 GVt quvvat jalb qilinishi, 3-3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz iqtisodi, mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi, stansiya qurilishi davrida 8 000 gacha va foydalanishga topshirilgandan so‘ng esa qariyb 2 500 tagacha ish joyi shakllantirilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston AESda ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi
2030 yilga kelib, AES respublikaning umumiy energetika ishlab chiqilishi tizimida 30% ni qoplashi haqida ham xabar qilindi.
Loyihaning ekologik tarkibiy qismi haqida so‘z yuritar ekan, J.Mirzamahmudov, uning ishga tushirilishi atmosferaga yiliga 14 mln tonnagacha karbonad angidrid gazi va 36 tonnagacha dioksid azot tashlanishida qisqarish yuz berishiga alohida to‘xtaldi.
Xalqaro ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, AES qurilishiga sarflangan har bir dollar respublika iqtisodiyotiga o‘rtacha 5-6 baravargacha qaytariladi.
O‘zbekiston AESi – Rosatom uchun eng ustuvor xorijiy loyiha bo‘ladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan tashkil etilgan edi. Agentlik vakolatiga atom energetikasini rivojlantirish va undan kelgusida qo‘llanilish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va tatbiq etish kiradi.