O‘zbekistonga yadro sohasida yangi yo‘nalishlar qiziq – MIFI rektori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov
Rektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYaU MIFI) filiali ochildi. Bu yerda bo‘lajak atom elektrostansiya uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet rektor Mixail Strixanov Sputnikga bergan interyuda – talablarni qabul qilish, ta’lim yo‘nalishlari, O‘zbekistonda oliygohning istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ochilish marosimida nutq so‘zladi. - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘lajak atomchilar ta’lim maskani - eng yorqin suratlar

Birinchi bosqichda MIFI filiali yadro energetikasi, fizika va texnologiya bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rt yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Biroq yaqin kelajakda mutaxassisliklar soni ko‘payishi mumkin.   

“Biz mamlakat rahbariyati, energetika vazirligi va O‘zbekiston hukumati raisi bilan tayyorgarlik yo‘nalishlarini ko‘paytirish imkoniyatlari haqida suhbatlashdik. Ehtimol, yaqin orada axborot texnologiyalari, biotibbiyot va yadroviy tibbiyot mutaxassisliklari paydo bo‘ladi. Qiziqish bor”, - deb ta’kidladi Strixanov.

Moskva muhandislik fizikasi instituti rektori ta’kidlashicha, bu yil butun respublikadan talabalar qabul qilindi va talabalar bilimlarini tekshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh universitet mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Birinchi navbatda fizika va matematikadan imtihon natijalariga e’tibor qaratildi.

Strixanov abituriyentlarning bilim darajasiga yuqori baho berdi, biroq kelgusida talabalarning tayyorgarligini oshirish uchun zarur bo‘lgan sohalar mavjudligini ta’kidladi.

“Ikkita narsaga alohida e’tibor berish kerak. Birinchisi, rus tilini bilish. Agar O‘zbekistondagi yoshi kattalar rus tilini yaxshi bilsa, yoshlar, afsuski, har doim ham erkin so‘zlasha olmaydi. Ikkinchisi – maktablardagi tayyorgarlik. Fizika-matematika sinflarda yuqori darajada bilim berishni ta’minlash kerak. Umuman olganda, yigitlar kuchli, ular juda katta salohiyatga ega”, - deb ta’kidladi MIFI rektori.

Otkritie NIYaU MIFI v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda NIYaU MIFIning birinchi xorijiy filiali ochildi

Mutaxassislarni tayyorlash xususida gapirganda, Strixanov ushbu yo‘nalishda Rossiyaning yetakchi universitetlarida bo‘lgani kabi o‘tkazilishini tushuntirdi.

"Birinchi kursda fundamental fanlar - matematika, fizika, kimyo, axborot texnologiyalari va chet tillarni o‘rganishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, talabalar uchta tilni – ona tili – o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishlari shart. Yuqori kurslarda zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan laboratoriyalarda kasbiy tayyorgarlik o‘tiladi. Atom sanoatida ishlaydigan amaliyotchilar jalb qilinadi. Ularni Toshkentga taklif qilamiz, o‘quv-seminarlar tashkil qilamiz. Ya’ni e’tibor amaliyotga qaratiladi”, - deb tushuntirdi Strixanov.

Rektorning ta’kidlashicha, universitet uchta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi: bevosita atom elektr stansiyasi xodimlari, yadroviy fizika va yadroviy texnologiyalar sohasidagi ilmiy-texnik elitasi, shuningdek, turli davlat idoralarida ishlaydigan va atom sohasini tartibga soluvchi hujjatlarni qabul qilish bilan shug‘ullanadigan yetakchi mutaxassislarni tayyorlaydi.

Rektor MIFI: Uzbekistan zainteresovan v novix napravleniyax podgotovki kadrov
Yangiliklar lentasi
0