O‘zbekistonda qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha alohida tizimda ish olib boriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mulkiy huquqlarni ro‘yxatga olish, ishga tiklash va ish haqi undirish, jarima va kommunal to‘lovlarni to‘lash kabi 8 toifadagi hujjatlarni majburlovsiz ham amalga oshirish mumkinligi ta’kidlandi

TOShKENT, 17 noya - Sputnik. O‘zbekistonda qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha alohida tizimda ish olib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Sirdaryoda fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab o‘ldirdi

Qarzlarni undirishdan maqsad - ijtimoiy masalalarni hal etish

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10 oyida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosiga 4 millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgan. Shundan 1 million 200 mingtasi bajarilmagan.

"Ya’ni, bugungi kun holatiga 17 trillion so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlanmay turibdi. Buning 7,2 trillion so‘mi davlat undiruviga, qolgan 9,7 trillion so‘mi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli. Ushbu mablag‘larning undirilishi tadbirkorlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘plab ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim omil bo‘ladi. Yig‘ilishda sud hujjatlarini ijro etish holati tuman va shaharlar misolida ko‘rib chiqildi. Qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha mamlakat darajasida alohida, viloyat va tumanlar miqyosida alohida tizimda ish olib borilishi belgilandi", - deyiladi xabarda.  

Xususan, Majburiy ijro burosi 20 milliard so‘mdan yuqori qarzlarni undirish bilan shug‘ullanadi. Buroning viloyat boshqarmalari 10 milliard so‘mdan 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan qarzlar undiruvi bilan ishlaydi.

MIBning tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hokimlar va sektor rahbarlari bilan birga og‘ir ahvolga tushib qolgan qarzdorlarning manzilli ro‘yxatlarini tuzib, ularga ko‘maklashadi. Buning uchun, undiruvchi iltimosiga ko‘ra ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolati sudlardan davlat ijrochisiga o‘tkaziladi.

Plachushiy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada besh farzandiga alimentdan qarzdor bo‘lib qolgan ota qochib ketishni afzal ko‘rdi

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining qarzlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risida murojaat etish huquqi beriladi.

Qarzdorlar elektron platformasi

Yig‘ilishda qarzdorning mol-mulki yo‘qligi sababli to‘xtatilgan ijro hujjatlari bilan ishlash masalasi muhokama qilindi. Qarzdorlar to‘g‘risida yagona elektron platforma yaratib, ularni notarius, bank, soliq, davlat xizmatlari, bojxona, kadastr, ichki ishlar va boshqa idoralar bazasiga integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shu paytgacha majburiy ijro ta’minlanishidan hududlarga manfaat yo‘q edi. Endilikda undiriladigan mablag‘larning bir qismi "temir daftar", "yoshlar daftari" va "ayollar daftari" bo‘yicha jamg‘armalarga o‘tkaziladigan tartib joriy qilinishi belgilandi.

Doktor ekonomicheskix nauk, direktor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF Aleksey Zubes - Sputnik O‘zbekiston
Zubes: Markaziy Osiyo davlatlari qarzni ko‘paytirgani emas, "belni mahkam bog‘laganlari" yaxshi

Davlat ijrochilarining ish hajmi masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Ko‘p joylarda bitta ijrochiga to‘g‘ri kelayotgan hujjatlar soni meyorlardan ziyod ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Mulkiy huquqlarni ro‘yxatga olish, ishga tiklash va ish haqi undirish, jarima va kommunal to‘lovlarni to‘lash kabi 8 toifadagi hujjatlarni majburlovsiz ham amalga oshirish mumkin. Hozirda MIB zimmasida bunday ijro hujjatlari 1,6 millionta, bu esa jami ishlarning 35 foizi. 400 ming so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larni undirishga oid hujjatlar bo‘lsa 60 foizni tashkil etadi.

Shu bois, sud qarorlarini ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish, kam miqdordagi mablag‘lar bilan axborot texnologiyalari yordamida ishlaydigan maxsus bo‘limlar tashkil etish topshiriqlari berildi. Davlat ijrochilarini ilg‘or metodikalar asosida qayta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Musodara qilingan mulklarni sotish tizimini qayta ko‘rib chiqish, "E-ijro auksion"ga qo‘yilgan buyumlarni boshqa elektron savdo platformalariga ham integratsiya qilish zarurligi qayd etildi.

Aliment oluvchilar va to‘lovchilar reyestri shakllantiriladi

Tahlillarga ko‘ra, fuqarolar shikoyatlarining qariyb 64 %ini aliment masalalari tashkil etmoqda. Bu boradagi ijro ishlari va to‘lovlarning yagona hisobi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, aliment oluvchilar va to‘lovchilarning to‘liq reyestrini shakllantirib, avtomatlashgan nazorat tizimini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus vaqtida aliment to‘lamasa bo‘ladimi - MIB izohi

Ma’lumki, joriy yil 1-avgustdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlikni undirish vakolati shtatlari bilan elektr va gaz ta’minoti korxonalariga o‘tkazildi. Elektr tarmoqlarining 3,5 trillion so‘m, tabiiy gaz yetkazib beruvchilarning 11 trillion so‘m debitor qarzdorligi borligi qayd etilib, ularni qisqartirish bo‘yicha qat’iy ish olib borish kerakligi aytildi.

Sud hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha Bosh prokuror rahbarligida Respublika kengashi va viloyat hokimlari boshchiligida hududiy kengashlar tuzilib, ularga viloyat prokurorlari o‘rinbosar etib biriktirilishi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0