Jamiyat

Fargʻonada besh farzandiga alimentdan qarzdor boʻlib qolgan ota qochib ketishni afzal koʻrdi

© ARMEND NIMANI / AFP / Plachuщiy rebenok
Plachuщiy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Murojaatlarga koʻra, aksariyat hollarda, alimentdan qarzdor viloyatdagi otalar Toshkent shahrida va xorijda (Rosssiya Federatsiyada) yashirinishlari aniqlangan.

TOSHKENT, 6 avg - Sputnik. Fargʻona viloyatida besh nafar farzandiga aliment toʻlashni istamagan erkak oilasidan yashirinishni afzal koʻrdi. Qidiruvdagi "noshud ota" shu kunlarda qoʻlga tushdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi axborot-xizmati rahbari.

Jilye, ipoteka i stroitelstvo: v Tashkente startoval biznes-forum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda ota oʻz farzandlariga aliment pullari oʻrniga uy sovgʻa qildi

Taʼkidlanishicha, 2016 yildan buyon aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan ota - T.Gʻaniyev - Fargʻona viloyatidan boʻlgan. 2019 yil oktyabr oyidan boshlab davlat ijrochisi uni yashash manzilidan topa olmay qolgan. Mahalla-koʻy, qoʻni-qoʻshnilari ham u haqda maʼlumot bera olmagan.

Shundan soʻng, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Qariyb bir yil mobaynida daragi boʻlmagan ashaddiy alimentchi joriy yil iyul oyi oxirida Oʻzbekiston tumanidagi bogʻdorchilik fermer xoʻjaliklarida yollanma ishchi sifatida ishlab yurgan joyida Byuroning Oʻzbekiston tuman boʻlimi qidiruv guruhi va tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan ushlangan.

Maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda erkak alimentdan qarzi - 11 mln 879 ming soʻm pullarni tanishlari orqali boʻlimga olib keltirib, 5 nafar farzandlarini yolgʻiz katta qilayotgan undiruvchi O.Gʻaniyevaga naqd sanab topshirgan.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus vaqtida aliment toʻlamasa boʻladimi - MIB izohi

Shuningdek, oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari natijasida u kelgusida aliment toʻlovlarini oyma-oy toʻlab borishi, yashirinmasligi va yashash joyidan ketib qolmasligi haqida vaʼda bergan.

MIB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, joriy yil 1 iyul kuni holatiga koʻra, idoraga kelib tushgan 992 mingdan ziyod ijro hujjatlarining 245 mingdan ortigʻini (24 foizini) aliment toʻlovlariga oid hujjatlar tashkil qiladi. 2019 yilda bu koʻrsatkich 224 mingtani tashkil qilgan.

126 ming 710 ga yaqin aliment qarzdorlari toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan boʻlsa, 58 ming 190 ga yaqinining ijro hujjati boʻyicha aliment pullari davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlarga majburiy ijro etish choralarini qoʻllash orqali undirib kelinmoqda.

Murojaatlarga koʻra, aksariyat hollarda, alimentdan qarzdor viloyatdagi otalar Toshkent shahrida va xorijda (Rosssiya Federatsiyada) yashirinishlari aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0