Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida, u bugungi kunda bozorda "arzon pullar" koʻpligini taʼkidladi.
"AQSH va Yevropa moliya bozorlariga mablagʻlarni juda katta miqdorda kiritdi va bu mablagʻlarni joylashtirgani joy topolmayapti. Ular, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilinishi mumkin. Agar Rossiya tashqi bozorlardan yiliga 2,5 foiz qarz olsa, Markaziy Osiyo davlatlari uchun esa bu koʻrsatkich 7-7,5 foizni tashkil etadi. Ammo bu yerda muammo yuzaga keladi - ushbu kreditlar boʻyicha foizlar sezilarli baland boʻladi va pandemiya tugashi bilan jahon bozorida Markaziy Osiyoda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga ehtiyoj hozirgidan koʻra kamayishi natijasida pasayish (retsessiya) xavfi paydo boʻlishi mumkin", - dedi Zubets.
Uning soʻzlariga koʻra, ushbu vaziyatda eski qarzlar yangi qarzlar hisobiga qoplanishidan qarz piramidasi vujudga kelishi xavfi mavjud.
"Bunday sharoitda Markaziy Osiyo davlatlari qarz olmasliklari va oʻz mablagʻlarini iqtisodni ragʻbatlantirish va aholini qoʻllab-quvvatlashga sarflashlari lozim. Aholi bilan muloqotda boʻlish, yuzaga kelgan barcha muammolarni tushuntirib harajatlarni kamaytirishni soʻrash maʼqulroq - bu qarzlarni koʻpaytirishdan koʻra masʼuliyatliroq siyosat" , - deya taʼkidladi ekspert.