Koronavirus vaqtida aliment toʻlamasa boʻladimi - MIB izohi

© REUTERS / Mukhammadsharif Mamatkulov / Uzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
MIB vakilining aytishicha, aliment toʻlovlarini undirish yuzasidan Byuro organlariga murojaatlar boʻlmoqda, ayniqsa Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu borada koʻplab savollar kelmoqda.

TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Farrux Toshpoʻlatov koronavirus koronavirus pandemiyasi vaqtida, karantin sharoitida aliment toʻlamasa boʻladimi, degan savolga javob berdi.

Schetchik vodы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MIB isteʼmolchilarga yangi qulaylik yaratdi

Toshpoʻlatovning aytishicha, aliment toʻlovlarini undirish yuzasidan Byuro organlariga murojaatlar boʻlmoqda, ayniqsa Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu borada koʻplab savollar kelmoqda.

"Karantin davrida oʻrtacha 8 mingdan ziyod murojaat keldi, bu pandemiyagacha boʻlgan davrga nisbatan, albatta, biroz koʻp", - deya aniqlik kiritdi MIB matbuot-xizmati rahbari.

"Avvalambor, shuni taʼkidlash joizki, aliment bu – ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga taʼminot berish yoki voyaga yetgan bolalarning ota-onasiga taʼminot berish majburiyati hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, yaʼni ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shartligi belgilangan.

Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, “Bola huquq va manfaatlarini taʼminlash” ustuvor ekanligidan kelib chiqqan holda, bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilayotganligi hamda qarzdorlar tomonidan aliment pullarining oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda toʻlab borilayotganligi masalasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda", - deydi Toshpoʻlatov.

Xasan Kabirdjanov - pervыy zamestitel BPI - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yemagan somsaga pul: MIB salkam 1 trillion soʻmlik asossiz qarzdorlik yozilganini aniqladi

Taʼkidlanishicha, Aliment pullarini naqd pul shaklida yoki naqdsiz, yaʼni bank plastik kartalari orqali olish mumkin.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Respublika hududida kuchaytirilgan tartib joriy qilinganligi sababli aksariyat davlat organlari va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar masofaviy ishlash tizimiga oʻtgan.

"Oʻzbekiston pochtasi" aktsiyadorlik jamiyatining hududiy boʻlinmalari belgilangan grafik asosida ish faoliyatini davom ettirayotgan boʻlib, joylardagi pochta xizmati boʻlimlariga murojaat qilib ham aliment pullarini olish mumkin.

Shuningdek, pochtada kuryerlik xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aliment pullarini qabul qilib olish uchun belgilangan tariflar asosida ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkin.

Podrostok idet po ulitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda bolalar 14 yoshdan ota-onalaridan aliment undirishlari mumkin

Toshpoʻlatovning aytishicha, hozirda majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish bilan bogʻliq ijro harakatlari davom ettirilmoqda. Shu jumladan, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan maʼmuriy jarimalarni undirish yuzasidan ham qonunchilikda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, majburiy ijro harakatlari olib borilyapti.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston prezidentining "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmonining 15-bandiga koʻra, faqatgina karantinga olingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalarni toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0