Hodisalar

Sirdaryoda fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab oʻldirdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Sirdaryotumangaz” MCHJ metrologiya boʻlimi boshligʻi va fuqaro oʻrtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalda dastlab gaz idorasi xodimi pichoq bilan fuqaroning chap koʻkrak qafasiga bir marotaba urgan.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Sirdaryo viloyatida fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab oʻldirdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaz idorasi xodimiga oʻtkir tigʻli jism bilan ogʻir tan jarohati yetkazilganligi natijasida voqea joyida vafot etgani haqida xabar tarqalgan edi.

Noj v ruke. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda fuqaro tungi klub oldida 4 kishini pichoqladi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, 9 okyabr kuni taxminan soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MCHJ metrologiya boʻlimi boshligʻi SH.Q. Sirdaryo tumani, “Doʻstlik” MFY, Bodomzor koʻchasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan.

Shu jarayonda ular oʻrtasida vujudga kelgan oʻzaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi SH.Q. pichoq bilan K.F.ning chap koʻkrak qafasiga bir marotaba urgan. Soʻngra K.F. undan pichoqni olib qoʻyib, SH.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba pichoq urib tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda SH.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan (jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0