Yo‘ldoshev: 2-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

© Press-slujba Generalnoy prokuraturiGeneralniy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev.
Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ikki yil ichida salkam 2000 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, respublikada o‘tgan ikki yilda 1 986 nafar mansabdor shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

“Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trln so‘mdan oshgan”, - dedi u.

Shuningdek, o‘tgan ikki yilda respublika bo‘yicha 371 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlanib, bu qilmishlar uchun 2 477 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

O‘tgan ikki yilda moliya organlarining 41 nafar xodimi korrupsiya holatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Masalan, G‘aznachilikning Andijon viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslari xodimlarga ish haqi berish vaji bilan bankdan 1 mlrd. so‘m ortiqcha pul olishga erishib, uni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tizimidagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 22 nafar xodimi pensiya uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilganligi va boshqa suiiste’molchiliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
“Agrobank” filiali sobiq boshqaruvchisi mijozlarning 520 mln so‘mini talon-taroj qildi

Bank tizimida o‘tgan ikki yil mobaynida banklarning 166 nafar mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Masalan, Xalq banki va Mikrokreditbankda boshqaruv raisi lavozimlarida ishlab kelgan E. o‘z mansabidan foydalanib, qator korrupsiyaviy jinoyatlarga qo‘l urgan.

Xususan, muqaddam qator jinoyatlarni sodir etib, AQShda yashirinib yurgan X. bilan til biriktirib, Sirdaryo viloyatida 4 ta soxta firma tashkil qilgan. Bu firmalarni amalda boshqarish uchun 18 nafar shaxslardan iborat uyushgan guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan.

Uyushgan guruh 2019-yil so‘nggi 9 oyida qariyb 732 mlrd. so‘mni qonunga xilof tarzda naqdlashtirib, 7 mlrd. so‘mga yaqin budjet  mablag‘ini talon - toroj qilgan. 215 mlrd. so‘m turli plastik kartalarga moliyaviy yordam ko‘rinishida o‘tkazilib, 22,5 mln. dollar naqd pulga aylantirilib,  xorijga olib chiqib ketilgan. Uyushgan guruh rahnamolik qilgan firmalar 101 mlrd. so‘m soliq to‘lovlaridan ham bo‘yin tovlagan.

Bundan tashqari, E. Xalq banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangach, bank binosi qurilishini olib borayotgan pudratchilarni o‘ziga tanish pudratchilarga almashtirib, obyekt qurilishida 5,5 mlrd. so‘mlik bank mablag‘ini talon-toroj qilgan.

“Mikrokreditbank”ka rahbar etib tayinlanganda esa, o‘z rahnamoligidagi firmalar orqali birgina xizmat kabineti uchun 100 mln. so‘mlik mebel jihozlarini 273 mln. so‘mga, bankning Sirdaryo filiali uchun 700 mln. so‘mlik binoni 4 mlrd. 700 mln. so‘mga sotib olib, mablag‘larni o‘margan.

V Andijanskoy oblasti zloumishlennik ukral bolee 60 mln sumov - Sputnik O‘zbekiston
Bekobodda mahalla raisi kam ta’minlanganlarga beriladigan pullarni talon-taroj qildi

Yig‘ilishda aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun turli ijtimoiy loyihalarga budjet mablag‘lari muhtojlarga yetib bormasdan, ayrim bank mansabdor shaxslari tomonidan talon-toroj qilinayotganligi ko‘rsatib o‘tildi. Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida so‘nggi ikki yilda aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 1,7 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari bank mansabdor shaxslari tomonidan talon-toroj qilingan.

O‘tgan ikki yilda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganligi uchun 31 nafar soliq xodimlari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Masalan, Dang‘ara tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari T. pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tuzgan. Uyushgan guruh boshqa fuqarolar nomiga 22 ta soxta firmalarni ochib, ularga norasmiy rahbarlik qilib kelgan. Ushbu firmalarda 268 mlrd. so‘mlik noqonuniy pul aylanmalari amalga oshirilgan. 19 mlrd. so‘m soliq to‘lovidan qochishga erishilgan. Shuningdek jinoiy yo‘l bilan topilgan 200 mln. so‘m legallashtirilgan.

Stroitelstvo jilix domov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurilishida 1,5 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilindi

Qurilish sohasi korrupsiyalashgan sohalardan biri bo‘lib qolayotganligi oqibatida so‘nggi ikki yilda 1 233 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ta’kidlanishicha, qurilish uchun yer ajratish, tanlov va tender o‘tkazish, shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish, muhandislik - kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida korrupsiya ko‘plab kuzatilmoqda. Budjetdan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari uchun pudratchilarni tanish - bilishchilik yoki pora evaziga tanlab olish kabi korrupsiyaviy amaliyot kuzatilmoqda.

V Kashkadarinskoy oblasti neizvestnie poxitili 806 metrov nedeystvuyushego gazovogo truboprovoda - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekneftgaz" mas’ul xodimlari 297,8 mln so‘mlik quvur va metallarni talon-taroj qilishdi

Misol uchun, Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. va Chilonzor tuman hokimiyati bo‘limi boshlig‘i Sh. “Max Saodat” jamiyatiga ko‘p qavatli uy- joy qurish uchun Chilonzor tumanidan 1 gektar yer ajratish evaziga 1 mln. 400 ming dollar talab qilgan. Natijada 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan.

So‘nggi ikki yilda Transport vazirligi va sohadagi korxonalar xodimlaridan 57 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarga qo‘l urgan.

Tahlillarga ko‘ra, tizimda yo‘l qurilishi uchun ajratilgan budjet mablag‘larini talon-toroj qilish, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatidan tushgan pullarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilmoqda.

Masalan, “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” korxonasi direktori R. bosh hisobchi Sh. hamda muqaddam shu korxonada sodir etgan qator  jinoyatlari uchun sudlanib, korxonada faoliyatini yana davom ettirib kelayotgan jinoiy sheriklari bilan 2,4 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini o‘margan.

Konvert s dollarovimi kupurami - Sputnik O‘zbekiston
Yer, rahbarlikka tayinlanish va o‘qishga kirish: DXX korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi

O‘tgan ikki yilda qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari turli ko‘rinishdagi jinoyatlari uchun   javobgarlikka tortilgan. Xususan, yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida respublika bo‘yicha 967 ta holatda 34.822 gektar yer maydoni qonunga zid ajratib berilgan.

Buxoro viloyatida qisqa muddatda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 21.493 gektar erni noqonuniy muomalaga qaratish bilan bog‘liq qonunga zid qarorlar qabul qilingan. Yer ajratish jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uchun so‘nggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas’ul xodimlari javobgarlikka tortilgan.

Misol uchun, Andijon viloyat hokimligi mutaxassisi Q. muqaddam sudlangan A. va M. bilan til biriktirib, soxta hujjatlar bilan  Shahrixon tuman Silga qarshi kurashish dispanseri binosini “nol” xarid qiymatida qo‘lga kiritgan. Keyinchalik binoda hech qanday tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymasdan, binoni buzib, qurilish materiallarini 760 mln. so‘mga sotib yuborgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida so‘nggi ikki yilda vazirlik tizimidagi 57 nafar xodimlar turli korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. 

Masalan, To‘raqo‘rg‘on tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori E. aholi bandligini ta’minlash uchun ajratilgan budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. U nafar xodimlari bilan jinoiy til biriktirib, 2019-yilgi paxta mavsumida to‘raqo‘rg‘onlik 327 nafar ishsizlar Toshkent va Jizzax viloyatlariga terimga jalb etilganligi, ularga jamoat ishlari jamg‘armasidan mukofot puli berilishi haqida soxta hujjatlarni tuzgan. Soxta hujjatlarni bankka taqdim qilib, mukofot puli sifatida jami 276,4 mln. so‘m naqd pullarni olib, “cho‘ntakka urgan”.

Xlopok-sires - Sputnik O‘zbekiston
Paxta terimidagi talon-tarojliklar aniqlandi

O‘tgan 9 oyda oliy ta’lim tizimdagi 70 nafar xodimlar ta’lim jarayoni bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir qilgan. Tizimda eng ko‘p kuzatilayotgan korrupsiya o‘qishga kiritish masalasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Nostrifikatsiya jarayonida korrupsiya holati tilga olindi.Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining yordamchisi Sh. sheriklari orqali 4 nafar fuqarodan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilib berish evaziga jami 6 500 dollar olganda ushlangan.

Dollari SShA  - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda 5 ming $ evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan OTM xodimlari qo‘lga tushdi

Madaniyat vazirligining ayrim mansabdorlari o‘ziga xos jinoiy sxema yaratishgan. Muqaddam o‘g‘irlik va talon-torojlik jinoyatlari uchun 7-yil ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab chiqqan I. 2019 yil fevral oyida vazirlik bosh hisobchisi lavozimiga tayinlangan. U sheriklari bilan 2,3 mlrd. so‘mni mablag‘ talon-toroj qilgan.

Vazirlik ishlar boshqarmasi boshlig‘i O. teatr va musiqiy maktablarga aslida etkazib berilmagan mebel va musiqa anjomlari etkazib berilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, 1,7 mlrd. so‘mni o‘ziga tanish firmalarga o‘tkazib, talon-taroj qilgan.

Shuningdek, 13,5 mlrd. so‘mlik mebel va jihozlarni tanishlaridan 20,2 mlrd. so‘mga olish yo‘li bilan 6,7 mlrd. so‘m ham talon-toroj qilingan. Bu jinoiy sxema bilan 12 mlrd. so‘m budjet mablag‘i o‘marilgan. Hozirda bu shaxslar qamoqqa olinib, tergov o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tgan ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimlari jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Masalan, “Ark buloq” bojxona posti boshlig‘i J. boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli subyektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar etkazgan.

Yangiliklar lentasi
0