Bekobodda mahalla raisi kam ta’minlanganlarga beriladigan pullarni talon-taroj qildi

Obuna bo‘lish
O‘z vaqtida olib borilgan o‘rganishlar natijasida qariyb 70 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olindi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Bekobod tumanida kam ta’minlangan oilalar uchun to‘lanadigan 69,9 mln so‘m mablag‘larning noqonuniy sarflanishining oldi olindi.

Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
"Ishlamagan tishlaydi": mahalla raisi va ABKM vakili 36,2 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi mahalla raislaridan biri X.G‘. talon-taroj ishlariga qo‘l urgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, oqsoqol tomonidan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, u raisligidagi mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji bo‘lmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln so‘m nafaqa pullari tayinlangani va shundan 31,6 mln so‘mi fuqarolarga asossiz to‘lab berilganligi aniqlangan.

O‘z vaqtida olib borilgan o‘rganishlar natijasida 69,9 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olindi, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi "g" bandi va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0