Hodisalar

Surxondaryoda 5 ming $ evaziga oʻqishga kiritmoqchi boʻlgan OTM xodimlari qoʻlga tushdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tadbir jarayonida assistent qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, jinoyatni fosh etishda faol yordam koʻrsatishga rozi boʻlgan

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Surxondaryo viloyatida oʻqishga kiritish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan Universitet assistenti ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Baxadыr Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo tsentra protivodeystvii korruptsii Akademii Genprokuraturы RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ismoilov: bugungi kunda korruptsiyani yashirish deyarli imkonsiz boʻlib qoldi

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali oʻquv boʻlimi xodimi A.O.fuqaro S.R.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida A.O. qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, jinoyatni fosh etishda faol yordam koʻrsatishi haqidagi murojaatiga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali oʻquv boʻlimi assistenti J.D. fuqaro S.R.ni oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Universitet xodimi A.O. va assistenti J.D.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0