Olimpiada-Navalniy janjali: AQSh va Britaniya eng qimmatli narsasini qutqarmoqda

© AP Photo / Alastair GrantSotrudniki slujbi elektronnoy razvedki Britanskogo pravitelstva vo vremya maketnogo ssenariya kiberataki
Sotrudniki slujbi elektronnoy razvedki Britanskogo pravitelstva vo vremya maketnogo ssenariya kiberataki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va Buyuk Britaniyaning Rossiyaga nisbatan Janubiy Koreya va Yaponiyadagi Olimpiada o‘yinlariga kiberhujum uyushtirganlik to‘g‘risidagi ayblovlari zamirida boshqa maqsad yotibdi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan ilgari surilgan Rossiyaning Janubiy Koreya va Yaponiyadagi Olimpiada o‘yinlariga kiberhujum uyushtirganlik to‘g‘risidagi ayblovlari mamlakatimizda bir muncha hayratda qolish bilan qarshi olindi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

Taajjublanish sababi oddiy: Moskvaning dunyo va sportga qarshi absurd jinoyati haqidagi navbatdagi asossiz ig‘volar ma’nosiz bo‘lib ko‘rinadi.

Posolstvo RF v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya elchixonasi AQShda olti rossiyalikka qo‘yilgan ayblovga munosabat bildirdi

Bir tomondan, G‘arbning rusofob mediakampaniyasi shundoq ham yaxshi ishlab kelmoqda. Aleksey Navalniy bilan bog‘liq hodisa oxirigacha yetkazilmagan. Yangi uydirmani tarqatishga hech qanday zaruriyat yo‘qdek go‘yo, ayniqsa, shunday yuqorida darajada – tashqi siyosiy idoralari va asosiy maxsus xizmatlar rahbarlari. Boshqa tomondan esa, ilgarigi tajriba, jumladan, rossiyalik bloger bilan bog‘liq hodisa, Moskvaga qarshi har qanday holda jiddiy va og‘riqli biror bir choralar qabul qilinishiga umid qilmaslikni ko‘rsatadi.

Vashington va Londonning bir paytning o‘zidagi bayonoti ikki poytaxtning ko‘zlagan umumiy maqsadi borligidan dalolat beradi.

Lekin gap aniq nima haqida borishi mumkin?

Jumboqning yechimini, hoynahoy, Tokio va Seul tahririyatidan izlash lozim. Yaponiya hukumati “tegishli ma’lumotlarni” yig‘ish uchun tanaffus olib, munosabat bildirishdan bosh tortdi. Janubiy Koreya hukumati ham indamaslikni afzal bildi.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Yevropada kiber qo‘shin tuzildi

Ko‘rinishidan, har ikki mamlakat rasmiylari va maxsus xizmatlari (aytgancha, G‘arbning mintaqadagi asosiy ittifoqdoshlari) amerika-britaniya operatsiyasidan oldindan voqif qilinmagan va endi bezovtalanib aldanib qolmaslik va o‘ta ehtiyotkor pozitsiyani egallash uchun voqealar rivojiga qarab ish tutishga majburlar. Masalan, Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi shunday qildi. Qo‘mita o‘z ishiga kiberhujum ta’sirini sezmaganligiga ishontirdi.

Shunday ekan yuqori ehtimollik bilan yangi Rossiyaga qarshi kampaniyaning asosiy maqsadi, g‘alati bo‘lishiga qaramasdan, umuman bizning mamlakat emas, balki qolgan dunyo. Birinchi navbatda G‘arbning o‘zi. Rusofob mavzusi bu yerda shunchaki odatdagi qulay vosita bo‘ladi.
Axborot propaganda ustunligi AQSh gegemoniyasining eng muhim qismidir. Buyuk Britaniya esa an’anaviy ravishda bu masalada unga juftlik, zero aynan Atlantikaning har ikki tomonidagi eng nufuzli ingliz OAVlari majmuasini global mediamaydoni deb atashadi. Ikki mamlakatning siyosat, maxsus xizmat sohasidagi yaqinligi shundoq ham avvaldan ma’lum.

Qo‘shma Shtatlarning ulug‘vor qudratining bosqichma-bosqich tanazzuli va Britaniya Birlashgan Qirolligining xalqaro maydondagi yashirin ta’sirining yaqqol susayishi so‘nggi yillarda odatdagi voqelikka aylandi. Ammo ushbu jarayonlar asosan iqtisodiy, burokratik va ayrim siyosiy mexanizmlarga borib taqaladi.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Amerika razvedka boshqarmasi Rossiya rahbariyatiga kiber-hujum uyushtirmoqchi

Shu bilan birga ikki davlat hukmronligi hozirgacha shubhasiz bo‘lgan sohalara ham bor. Amerika armiyasining NATOdagi ustunligiga, kontinental Yevropaning hech bir OAV Britaniyaning “Times” yoki Amerikaning “CNN” bilan nufuz bo‘yicha bellashishga qodir emasligiga shubha qilmasa bo‘ladi. Aynan Okean ortida jamoat fikrini nazorat qiluvchi Twitter va Facebook kabi kuchli vosita borligini aytmasa ham bo‘ladi.

Vashingtonning RT yoki Xitoyning TikTok᾽ga qarshi qat’iy siyosati u yerda bunday tuzilmalarning ahamiyatini juda yaxshi bilishlarini tasdiqlaydi. Lekin geosiyosiy raqiblarning shaxsiy juda jiddiy mediaresurslari bor, Shtatlar allaqachon odat qilgan va shunchaki o‘zlarida ularning ishlarini bo‘g‘ish uchun chora ko‘rishadi.

Glavniy toksikolog Ministerstva zdravooxraneniya Omskoy oblasti Aleksandr Sabayev - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Sabayev: Navalniyda “zaharlanish” tashxisi tasdiqlanmadi

Amerika-Britaniya va propaganda tandemi uchun G‘arbning o‘zida raqiblarning paydo bo‘lishi yanada og‘irroq bo‘lardi. Aynan shu ro‘y bermoqda. Navalniy ishi ular uchun yoqimsiz va istalmagan jarayon bo‘lganining dalili bo‘ldi.

Rossiyadan bloger atrofidagi janjal bundan bezor bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin u aslida o‘ziga xos nodir, chunki bu butunligicha va to‘liq Berlinning ijodidir.

Ha, Germaniya standart rusofob mavzudan foydalandi, lekin u uni “katta hamkorlaridan” yulqib oldi va mustaqil o‘yinida ishlatdi.

Nemislar Navalniyni nazorat qilishmoqda. U ularga kerak bo‘lgan narsani gapiradi: “Shimoliy oqim-2” himoyasidan tortib uni qo‘llab-quvvatlamagan amerikalarga nisbatan. Dunyo uchun bir necha kunga asosiy yangiliklar manbai nemis nashrlari bo‘ldi, ingliz OAVlari esa ulardan iqtibos keltirib, chop qilishga majbur bo‘lishdi.

Lavrov ne isklyuchil, chto rossiyskix diplomatov vsled za sportsmenami obvinyat v primenenii dopinga - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: tez orada rossiyalik diplomatlarni doping iste’mol qilishda ayblashadi – video

Bunda Olimpiadaga hujum qilgan rus xakerlari haqidagi voqea mutlaqo alohida ma’noga ega bo‘ladi. Amalda uning yordamida amerikaliklar va britaniyaliklar yangiliklar tartibidan Navalniy mavzusini uzil-kesil olib tashlashga harakat qilishmoqda – zero bu, aslida, raqiblarining loyihasi. Qolaversa, Vashington va Londonning umuman global mediasiyosiy maydonda bir necha muddat nemislar boshchiligida Yevropani o‘ziga bo‘ysundirgan nazoratni o‘ziga qaytarib olishi muhim.

Eng yaxshi usul esa yana bitta Rossiyaga qarshi mavzuni o‘ylab topish.

Har ikki tomon ham mamlakatimizga nisbatan o‘ta nodo‘stona ritorikadan foydalanishiga qaramasdan, ularning kelishmovchiliklari Rossiyaga qo‘l keladi (ko‘plab mamlakatlarga ham), zero G‘arb ichida nizoni kuchaytiradi va uning qulashini tezlashtiradi.

Qisqa muddat bo‘lsa Germaniyaning birinchi marta dunyo siyosiy-axborot maydonida nazoratni egallashga muvaffaq bo‘lganini qoidadan istisno emas, balki birinchi qaldirg‘och deb qabul qilish lozim. AQSh va Buyuk Britaniya asta-sekinlik bilan mediaustunlikni yo‘qotishga tayyorlansa ham bo‘ladi, zeroki ularga nafaqat raqiblar, balki yaqin ittifoqdoshlar ham qarshi chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0