TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi AQShning Rossiya fuqarolariga nisbatan butun dunyo bo‘ylab xaker hujum uyushtirishdagi ayblovlarini rad etadi. Bu haqda elchixona vakili RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rinib turibdiki, shunga o‘xshash axborot vajlari voqelikka to‘g‘ri kelmaydi va Amerika jamiyatida rusofob kayfiyatini avj oldirishga qaratilgan. Shuningdek, elchixona vakili shunga o‘xshash xatti-harakatlar mana bir necha yildirki Vashingtonning siyosiy hayotining o‘ziga xos farqli tomoni bo‘lib kelayotganini qo‘shimcha qildi.
U Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab “beqarorlashtirish operatsiyalar” bilan shug‘ullanish niyati yo‘qligi va bo‘lmaganini ta’kidladi.
“Bu tashqi siyosatimiz, milliy manfaatlarimiz hamda davlatlar o‘rtasida munosabatlar qanday yo‘lga qo‘yilishi borasidagi tushunchamizga javob bermaydi. Rossiya boshqa mamlakatlar suverenitetini hurmat qiladi va ularning ishiga aralashmaydi”, - dedi diplomatik muassasi vakili.
Avvalroq Amerika Adliya vazirligi va Federal qidiruv burosi go‘yoki boshqa mamlakatlar infratuzilmalariga hujum qilish maqsadida qator xaker hujumlarini uyushtirgan va zararli virus dasturlarini tarqatishda aloqador bo‘lgan olti nafar rossiyalikka nisbatan ayblov e’lon qilgan edi. Amerika tomoni versiyasiga ko‘ra, ular GRU xodimlaridir. Xususan, ular 2019-yilda NotPetya virusini tarqatishda, Janubiy Koreyadagi Olimpiadaga kiberhujum uyushtirishda ayblanishmoqda.