Amerika razvedka boshqarmasi Rossiya rahbariyatiga kiber-hujum uyushtirmoqchi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi Rossiyaning AQShda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi uchun shu tariqa "o‘ch" olmoqchi

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Ommaviy axborot-vositalari Rossiya rahbariyatiga uyushtirilishi rejalashtirilayotgan kiber-hujumlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSh Kongressiga xakerlar hujum qildi
"Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi AQSh ma’muriyatidan olingan ko‘rsatma asosida Rossiyaga hujum qilishga hozirlik ko‘rmoqda", — deyilgan xabar matnida.

Amerika razvedka boshqarmasida faoliyat yurituvchi ishonchli manbadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra hujum Rossiya rahbariyatiga nisbatan uyushtiriladi.

Manbaga ko‘ra, muassasa tez orada to‘plashga muvaffaq bo‘lgan "ma’lumotlarni" Oq Uyga taqdim etishi darkor.

Rejalashtirilayotgan operatsiyaga doir ikir-chikirlar va uning muddati oshkor etilmayapti. Ammo nashrda yozilishicha, Markaziy Razvedka Boshqarmasi hozirdan "nishonlarni tanlashga va boshqa tayyorgarliklarni amalga oshirishga kirishgan". "Razvedka Boshqarmasi qo‘lida Rossiya rasmiylariga qarshi o‘ta qimmatli hujjatlar bo‘lishi mumkin", — deya taxmin bildirmoqda manba.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi Rossiyaning AQShda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi uchun shu tariqa "o‘ch" olmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0