Aleksandr Sabayev: Navalniyda “zaharlanish” tashxisi tasdiqlanmadi

© Pravitelstvo Omskoy oblastiGlavniy toksikolog Ministerstva zdravooxraneniya Omskoy oblasti Aleksandr Sabayev
Glavniy toksikolog Ministerstva zdravooxraneniya Omskoy oblasti Aleksandr Sabayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sibir fedaral okrugi va Omsk viloyati bosh toksikologi, tibbiyot fanlari doktori Aleksandr Sabayev RIA Novostiga bergan intervyusida Aleksey Navalniyning davolanishi haqida so‘zlab berdi.

Sibir fedaral okrugi va Omsk viloyati bosh toksikologi, tibbiyot fanlari doktori, 1-sonli tez tibbiy yordam Omsk shahar kasalxonasi bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Sabayev RIA Novostiga bergan intervyusida Aleksey Navalniyning davolanishi haqida so‘zlab berdi – zaharlanish istisno qilingan, uglevod (karbonsuvlar) almashinuvi buzilishi tashxisi qo‘yilgan, undan bemorni davolashgan va bir necha soat ichida uning ahvolini sezilarli darajada o‘nglasha olishgan. Shuningdek, u zahar bilan zaharlangan kishi qanday ko‘ringan bo‘lishi va uni oyoqqa turishiga qancha vaqt ketgan bo‘lishi mumkinligi borasida so‘zlab berdi.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy kimning "loyihasi" va uni Rossiyada nima kutmoqda?

- Aleksandr Vladimirovich, keyinchalik Berlin bemori bo‘lgan Aleksey Navalniy aynan sizga kelib tushgan. Mening birinchi oddiy savolim shunday: zaharlanish bo‘lganmi?

- Zaharlanish bo‘lmagan. Zaharlanish ahvolining yomonlashishi sabablaridan biri sifatida ko‘rilgan. Biroq klinikamizda birinchi olti soat davomida bo‘lish chog‘ida “o‘tkir zaharlanish” tashxisi olib tashlandi. Qolaversa, u na klinik, na anamnestik, na kimoviy toksologik tadqiqotlar bilan tasdiqlandi. Ya’ni bu o‘tkir zaharlanish bo‘lgani haqidagi hech qanday ma’lumotlarni aniqlamadik.

- Xo‘sh, unda nima bo‘lgandi? Mana hozir, menimcha, bu “shifokorlar siri” tushunchasi foydasiz, zero allaqachon Putinni u Navalniyni zaharlaganlikda ayblashdi. Aytishdiki, Navalniy zaharlashgan, unda nimanidir topishdi. Buning barchasi butun dunyo bo‘lab tarqalib ketdi, katta siyosiy ish. Nima bo‘lgandi? Kasallik tarixi varaqasiga siz aynan nima deb yozdingiz?

- Mutlaqo to‘g‘ri, tashxis ushbu barcha oylar davomida aytilganidek o‘sha: uglevod (karbonsuvlar) almashinuvi buzilishi. Bu yerda yashiradigan narsaning o‘zi yo‘q. Bu haqiqatdan og‘ir metabolik holat. Bu bemorning ayrim tarafdorlari tasavvur qilayotgandek o‘tkir kimoviy kasallik emas. Bu metabolik holat, og‘ir metabolik buzilish, hoynahoy, havoda ahvoli birdan yomonlashishga qadar bir necha soat, balki, hatto bir sutkagacha oldin paydo bo‘lgan. Oldimizda bu og‘ir metabolik buzilishlar kurashish turgandi. Umuman aytadigan bo‘lsak, klinikamizda bo‘lishning oxiriga kelib uni hech bo‘lmaganda barqarorlashtirish va ijobiy tomonga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lindi.

Darhol aytamanki, o‘tkir kimoviy kasallik va metabolik kasallanishlar – bu hech qanday umumiy narsaga ega bo‘lmagan turli patologik jarayonlar. Shu bois klinik jihatdan kimoviy kasalliklar bo‘lmagan hamda kimoviy agent oqibatlari ham bo‘lmaydi. Metabolik o‘zgarishlar – ha, ular bo‘lgandi. Biz bunday sindromlar bilan kurashdik va, umuman olganda, 40-42 soat ichida yaxshi natijaga erishdik.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Navalniyning ayblovlariga javob qaytardi

- Unda siz a ytgan bu og‘ir metabolik buzilishning sababi nima bo‘lgan?

- Sabablar bir necha bo‘lishi mumkin. Bu alimentar omil ham, ya’ni ovqatlanish omillari va ehtimoliy alkogolli ichimliklar iste’moli omillari. Bu parhezga rioya qilmaslik omili yoki biror bir parhezni tutish. Asosiy sabablar, umuman, aynan shular. Lekin metabolik buzilishlar bo‘lgani laboratoriya testlari bilan tasdiqlangan. Bu sakkiz marta o‘tkazgan biokimoviy testlar bilan tasdiqlangan. Bu 11 ta kislotali ahvol tekshirishlar. Bu 25 ta glikamiya darajasi tekshirishlari. Bu instrumental tekshirishlar, bu, umuman olganda, biz bajargan tashxis qo‘yish majmuasi. Hammasi tasdiqlangan, hammasi rasmiylashtirilgan, hammasi birgalikda muhokama qilingan, Omsk tibbiyot universitetining yetarlicha malakali mutaxassislari, bosh mutaxassislari, xodimlari ishtirokida 8 ta kengaytirilgan konsilium o‘tkazilgan. Shuning uchun “zaharlanish” tashxisi olib tashlangan, istisno qilingan. Umuman karbonsuvlar almashinuvi buzilishi tashxisida fikrlarimiz bir-biriga to‘g‘ri kelgan. Va bu haqiqatdan asosiy tashxis shu.

- Lekin bularning hammasi surunkali pankreatit fonida?

Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin  - Sputnik O‘zbekiston
Volodin Navalniyning Putinga nisbatan aybloviga munosabat bildirdi

- Shubhasiz, shubhasiz. Oshqozonosti bezi, uning funksiyalari zararlangan, o‘tkazgan testlarimizdan ham ma’lum edi, ya’ni o‘sha oshqozonosti bezi funksiyalarini ta’riflovchi simptomokompleks patologik o‘zgarishlar tomon siljigandi.

- Bundan o‘lish mumkinmi?

- Albatta. Asosiy versiya bu bemorning oshqozonosti bezining funksiyasining buzilishi edi, hoynahoy, funksiya buzilishi qonda shakarning keskin o‘zgarishini keltirib chiqargan, keskin, ta’kidlayman, o‘zgarishlar, juda kichikdan to juda yuqorigacha. Ya’ni uch mmol/l dan kamroqdan to 20 mmol/l dan yuqoriroqgacha. Bu diapazonda glikemik profil bu juda xavfli holat. Vazifa glikemik profilni normal diapazon holatga keltirish edi. Biz bu vazifani 12-14 soatdan so‘ng bajardik. Birinchi 12 soat – ha, shunday glikemik shtorm bor edi, shakar darajasi yuqori edi – 10 dan 20 gacha – va u insulinoterapiyaga bo‘yin bermasdi.

- Alekseyni o‘limdan qutqarib qoldingiz deb aytsa bo‘ladimi?

Prezident SShA Donald Tramp v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Navalniy bilan bog‘liq "shubhali voqea"ga aralashmoqchi emas - siyosatshunos

- Shubhasiz. Kasallik kechishiga oid aytimiz mumkinki, bemorning eng og‘ir ahvoli 20-avgustdan 21-avgustga o‘tar kechasi soat birda kuzatildi, o‘shanda qondagi laktat o‘ta xavfligacha oshdi. U 12 ni tashkil etdi. Normal holatda ikkigacha. Mana shu davrda, ehtimol, inson organizmi eng og‘ir iztiroblarni boshdan kechirgan. Har qanday kompensator imkoniyati uzilishi poliorgan yetishmovchiligi sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ya’ni og‘ir ahvol samolyotda bo‘lmagan, hatto kasalxona olib kelinganda bo‘lmagan, og‘ir ahvol kechroq, taxminan 14 soat o‘tgandan keyin yuzaga kelgan. Uning ahvoli yetti-sakkiz soat ichida o‘ta og‘ir edi. Bu vaqt poliorgan yetishmovchiligi sindromi rivojlanishini kutish mumkin edi va bu bemorning bir sutkada o‘limiga olib kelishi mumkin edi.

- Buning oldini qanday oldingiz, nimalar qildingiz?

- Intensiv muolaja ko‘rsatdik, bo‘lib bo‘lib qisqa ta’sirli insulin kiritdik, normal uyqu bilan ta’minladik. Albatta, qayd etish kerakki, u yosh, zaxiralar bor edi, ochiq surunkali, o‘tib ketgan kasalliklari yo‘q edi. Lekin davolash ishlari jadal olib borildi – bu har soatda barcha funksiya va tizimlarni monitoring qilish.

- Qanday natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldingiz, buni qanday baholaysiz?

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy kasalxonadan chiqarildi

- Bemor kelib tushishidan boshlab 44 soatga kelib, qondagi shakar darajasini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldik – 3,3-5,5, shu diapazonda. Shakar boshqa keskin ko‘tarilmadi. Ichki atseton ishlab chiqarilishi to‘xtadi. Bu katta qadam, ya’ni organizmning achishi to‘xtadi. Laktatatsidoz ketdi, karbonsuvlar almashinuvi natijasida oshirilgan sut kislotasi paydo bo‘lishi to‘xtadi. Bemor o‘zlashtira boshlagan enteral oziqlanish boshlandi, bu ijobiy holat, ya’ni uni maxsus aralashmalar bilan oziqlantira boshlashdi. Glyukozani o‘zlashtirish boshlandi, mana bu eng asosiysi. Glyukoza o‘zlashtirilmaydigan holatlarda o‘lim holati yuqori. Men buni birinchi soatlarda hayotini saqlab qolish bo‘lgan deb hisoblaydi.

- Lekin u komada bo‘lishda davom etgan?

- Ha, komada, lekin yengil yuzaki koma. Chuqur koma bor, yuzaki koma ham bor, ya’ni shuur bo‘yicha yaxshilanish. 44 soat ichida komani yaxshilanishga olib chiqish katta mehnat samarasidir. Bu to‘g‘ri tayinlangan muolajaning yaxshi ko‘rsatgichi.

Mutlaqo boshqa texnologiyalar qo‘llanadigan kimoviy kasallikni davolash standartidan foydalanmadik. Metabolik koma, metabolik og‘ir, qo‘pol o‘zgarishlarni davolash standartlaridan foydalandik. Shuning uchun yomon bo‘lmagan yaxshi natijalarni oldik – ham laboratoriya, ham klinik.

- Qaysi vaqt mobaynida zaharlanish haqida gapirish mumkin?

- “Zaharlanish” va “zaharlanish” tashxisi termini dolzarbligi jarayon ro‘y bergandan boshlab birinchi olti soat ichida amal qiladi. Agar zaharlanishni tasdiqlasak, ultragemodiafiltratsiya shaklidagi detoksikatsiyani o‘tkazishimiz lozim. Qonni maxsus membranalari orqali tozalash.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

- Ya’ni qonni tanadan chiqarib, apparat orqali tozalaymiz va uni tozalangan holda qaytaramiz?

- To‘ppa-to‘g‘ri, ha, maxsus bufer qorishmalardan foydalanib, barcha hayotiy muhim funksiyalarni saqlagan holda. Bu ekstrakorporal detoksikatsiya deb ataladi.

- Siz buni o‘tkazdingizmi?

- Yo‘q, ko‘rsatma bo‘lmagandi, organ buzilishlari yo‘q edi. Bemorning hamma organlaridan oshqozosti bezi zararlangandi. U kasallik alomatlarini ayon qilgandi, ya’ni tahlillar oshqozonosti bezining zararlanganidan dalolat bergandi. Qolgan organlar, tizimlar mutlaqo normal edi va normal ishlagandi. Kimoviy kasallik holatida oshqozonosti bezi, odatda, ziyon ko‘rmaydi yoki ziyon ko‘radi, lekin ikkilamchi, bir necha kundan keyin.

- Bu kimoviy jarohat holatida?

- Kimoviy jarohat holatida 5 ta tizim jabr ko‘radi - bu buyrak, jigar, o‘pka, yurak va bosh miya tizimlari. Nima uchun zaharlanish haqida xato taxmin paydo bo‘ldi? Faqat bir simptomokompleks – hushdan ketishga yopishib olindi. Lekin hushdan ketish uchun sabablar minglarcha bo‘ladi, yuqumli kasalliklardan boshlab, oddiy jarohat, bosh miya lat yeyishigacha. Zaharlanishlar bilan ham, jumladan, aytgancha.

- Kimdir aytidiki, balki, darhol emas, qayerdadir keyinroq nimadir bildirmay qo‘shib qo‘yilgan, yoki cheklangan miqdorda. Bularning hammasi ro‘y berishi yoki bilinmasligi uchun.

- Bu bizning klinikadan keyingi yoki ungachami?

- Klinikangizda bu bo‘lmagan, to‘g‘rimi?

- Yo‘q, yo‘q. Bu istisno qilinadi. Bu shunday oddiy sababga ko‘ra istisno qilinadiki, brigada ishlagandi, bu asosiy brigada, bu mutaxassislarimiz edi. Moskva institutlaridan uch nafar mutaxassis bor edi. Umuman bemor bilan shug‘ullangan boshqa mutaxassislar yo‘q edi. Palata alohida edi. Hech qanday begona kishi kelmagan, hech narsa olib kelmagan. Bularning barchasi yetarlicha yopiq edi. Toksikologik markaz bo‘limi rejimi yopiq rejimni anglatadi. Bemor kimoviy xavfsiz joyda edi, har holda, klinikamizda tashqi tomondan ximikatlar, ovqat mahsulotlari va boshqa biror bir narsa bilan bog‘liq hech qanday ta’sir bo‘lmagan. Men bunga javob beraman, chunki men shaxsan ko‘rardim va rahbarlik qilardim.

- Zahar o‘zini inson organizmida qanday tutadi, qanday klinik ko‘rinishni beradi?

- Kimoviy kasallik haqida gapirganimizda, ikkita hamroh jarayonni bilishimiz shart. Bu . Eto toksikokinetika va toksikodinamika, sodda qilib aytganda, toksikokinetika – bu zaharning organizmidagi taqdiri, har qanday zaharning qaysi ekanligining ahamiyati yo‘q, u albatta o‘z izini qoldiradi. Avvalo u detoksikatsiya organlarida o‘z izini qoldiradi – jigar, buyraklar, o‘pkalar, birinchi navbatda, birinchi yarim-bir-ikki soatda.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Aleksey Navalniy komadan chiqarildi

- Siz bu izlarni topmadingiz?

- To‘ppa-to‘g‘ri. Bu organlarning zararlanishi aniqlanmadi.

- Ommaga ko‘rinish bergan Navalniyning tashqi ko‘rinishi sizda qanday taassurot uyg‘otdi?

- Tashqi ko‘rinishi ungan qo‘ygan tashxisimizga to‘la mos keladi. Ha, bunda muammolari bor bemorlar tezda tuzalishadi, chunki – ta’kidlaymanki, nega odam yaxshi ko‘rinadi, - karbonsuvlar almashinuvi, ovqatlanish darajasi va hokazolar normallashdi. Bu hammasi yetarlicha tez tiklanadi. Kimoviy kasalliklar majruh qiluvchi kasalliklar kabi o‘ta og‘ir tashqi asorat qoldiradi.

- Agar bu kimoviy jarohat, kimoviy kasallik bo‘lganda u qanday ko‘ringan bo‘lardi?

- Birinchidan, u hozirgacha efirga chiqa olmagan, bunday faol hayot tarzi olib bora olmagan bo‘lardi. U to‘shakda yotgan bo‘lardi. Bu aniq. Ikkinchisi, u hatto yaxshi klinikalarda, dori-dori darmonlar bilan davolanganda ham, bu har holda erta tiklanish jarayonida bo‘lardi. Bu qo‘llarning ilk harakati, oyoqning ilk harakati, mustaqil ravishda birinchi marta ko‘zni ochish, birinchi marta kishi yordamida ovqat yeyishga urinishlar va hokazo.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Germaniya TIV rahbarining so‘zlariga javob qaytardi

- Hozir esa “Charite” aytabdiki, bu zaharlanish soqliq uchun oqibatlarsiz ham qolishi mumkin, ya’ni u to‘liq, yuz foiz tiklanadi.

- Zaharlanish yo‘q, shu bois tiklanadi. Agar zaharlanish bo‘lmasa, hammasi, tabiiyki, tiklanadi. U, aftidan, allaqachon tiklandi. Kecha, internetda hujjatli film lavhalarini ko‘rib, u yerda hech qanday zaharlanish yo‘q. Bu hatto zaharlanishni boshdan kechirish ham emas. Bu metabolik buzilish.

- Hozir esa goh u yerda, goh bu yerda qandaydir izlarni topishganini eshitapmiz. Umuman bunga qanday munosabat bildiramiz, bu nima bo‘lishi mumkin unda?

- Izlar topilishi yoki qandaydir kimoviy moddalar yoki mahsulotlar umuman hech narsa haqida gapirmaydi. Umuman klinik toksikologiya zaharlanish haqida gapirganimizda, asosan uch ustunga tayanadi. Bu toksikologik vaziyat, ya’ni zaharning organizmga tushishi. Ikkinchisi – klinik ko‘rinish. Uchinchisi – bu kimoviy toksikologik verifikatsiya. Hozir o‘tkazilayotgan barcha tekshiruvlar menga toksikologik sifatida qiziq emas. Nima bu, qayerda bu, qachon olingan, kim olgan, qay hollarda, qay sharoitlarda va kimdan olinganini borasida faqat taxmin qilish mumkin. Toksikologik bemor birinchi olti soat ichida “dolzarb”, undan keyingisi ahamiyatga ega emas.

Starie lekala: SShA i YeS gotovi rassledovat otravlenie Navalnogo - Sputnik O‘zbekiston
"Bu urush": Berlin va Varshavaning Navalniy bo‘yicha qiziq suhbati e’lon qilindi

- Ya’ni undan yoki keyin o‘lim, yoki...

- Yoki og‘ir majruhlik, agar odam zaharlarnishni boshdan kechirgan bo‘lsa. Agar u omon qolgan bo‘lsa. Lekin, ta’kidlaymanki, detoksikatsiyasiz zaharlanishdan omon qolish mumkin emas.

- Aleksandr Vladimirovich, avvalroq Navalniyni o‘limdan qutqarib qolganlaringizni aytgan edingiz. Insoniy ko‘rnamaklikka duch keldim deb ayta olasizmi?

- Bu voqeaga izoh berishim qiyin, biz, shifokorlar bu haqda o‘ylamaymiz. Hayotda turli holatlarga duch kelamiz: ham minnatdorchilik, ham yaxshilikni bilmaslik, ham xafagarchilik, ham ko‘ngil qolishlik. Lekin ommaviy axborot vositalari aylanayotgan quruq gap bir oz odamning jahlini chiqaradi. O‘zini siyosatda ko‘rsatayotgan kishi gaplarida ham siyosiy arboblar, ham oddiy odamlar, ham tibbiyot xodimlariga nisbatan shunday haqoratli gaplardan foydalanmoqda. Bularning hammasi yana massmediaga chiqishi mana bu esankiratib qo‘yadi. Bu juda xunuk ish. Minnatdorchilik esa – har kimning shaxsiy ishi.

Yangiliklar lentasi
0