Namanganda MIB xodimlariga qarshilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan yosh ayol vafot etdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majburiy ijro burosining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga aytishicha, ijro harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha sud qarori mavjud va yuzaga kelgan ushbu vaziyat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Namangan shahrida Majburiy buro ijrosi xodimlariga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan 35 yashar ayol vafot etdi. Hodisa 29 sentabr kuni sodir bo‘lgan.

Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayolga jazo tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, marhum ikki yarim yil muqaddam sotib olingan uyidan majburan chiqarmoqchi bo‘lgan MIB xodimlariga shu tariqa o‘z noroziligini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, D.G (marhum ayol) firibgarlik qurboni bo‘lgan – uning onasi(D.M)ga uyni 13 ming dollarga aldab sotgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan, uyning asl egasi esa mulk o‘ziga qaytarilishi uchun sudga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019-yil 8 oktabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi D.A foydasiga javobgar D.M va uning oila a’zolarini Namangan shahridagi uylarning biridan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘yicha buroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan ish yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus vaqtida aliment to‘lamasa bo‘ladimi - MIB izohi

Javobgar D.M. va uning oila a’zolariga nizoli uydan chiqib ketishlari kerakligi tushuntirilib, ijro hujjati talabi bajarilmagan taqdirda unga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-1-moddasiga (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) asosan jarima jazosi qo‘llanishi hamda majburiy tartibda ko‘chirilishi to‘g‘risida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan 2019-yil 6-dekabrda ogohlantirish xati berilgan.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi MIB xodimi ayol tomonidan yoqib yuborilganini rad etdi

Qarzdor D.M va uning oila a’zolari davlat ijrochisining og‘zaki va yozma ogohlantirishiga qaramasdan sudning ijro varaqasida ko‘rsatilgan xonadonni bo‘shatishdan bo‘yin tovlagani uchun davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan manzildan 2019-yil 12-dekabr kuni ko‘chirish harakatlarini majburiy ijro etish tayinlanib, bu haqida qarzdorning o‘zi va tegishli tashkilotlarga ma’lum qilingan.

Biroq javobgar D.M. tomonidan kassatsiya tartibida shikoyat keltirilgani sababli yuqoridagi qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatish haqidagi sudning ajrimi qabul qilingan va ijro harakatlari to‘xtatilgan. Shundan so‘ng sud ajrimi bilan kassatsiya shikoyatini qabul qilish rad qilingan va ijro harakatlari davom ettirilgan.

Xasan Kabirdjanov - perviy zamestitel BPI - Sputnik O‘zbekiston
Yemagan somsaga pul: MIB salkam 1 trillion so‘mlik asossiz qarzdorlik yozilganini aniqladi

Mazkur xonadonga 2020-yilning 11-mart kuni majburiy ijro harakatlarini o‘tkazish uchun tegishli tashkilot xodimlari va xolislar ishtirokida borilganda qarzdor D.M. uyda yo‘qligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unga binoan idoraviy bo‘ysunuvidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda karantin holati joriy qilingani sababli ijro hujjati ijrosini ta’minlash 2020-yil 15-avgustga qadar to‘xtatib turilgan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan 17 sentabrda ijro hujjati bo‘yicha tomonlar buroning Namangan shahar bo‘limiga chaqirtirilib, ularga ijro hujjati talabi qaytadan tushuntirilgan. Shu bilan bir qatorda, ijro hujjati talabini bajarmaslikning huquqiy oqibatlari ham tushuntirib o‘tilgan, manzildan ixtiyoriy ravishda ko‘chish taklif qilingan.

Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandlik ayol xizmatdagi MIB xodimlarini yoqib yubordi

Biroq javobgar D.M. va uning oila a’zolari ko‘rsatib o‘tilgan nizoli xonadondan ixtiyoriy ravishda ko‘chib chiqib ketmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan shu yil 29 sentabr kuni ko‘chirish harakatlarini majburiy ijro etish tayinlanib, bu haqida qarzdorning o‘zi va tegishli tashkilotlarga (Namangan shahar IIO FMB 2-IIB, FVV YoXB Namangan shahar bo‘limi, MFY, TTYo Namangan shahar bo‘limi) ma’lum qilingan.

Shu kuni yuqoridagi manzilga borilganda qarzdor D.M. va uning qizi D.G. tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishga faol qarshilik ko‘rsatilgan. Ijro hujjati talabini bajarishga to‘sqinlik qilish maqsadida 1985-yilda tug‘ilgan D.G. o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan — o‘z joniga suiqasd qilgan", deyiladi MIB munosabatida.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro MIB yordamida 119,1 mln. so‘mlik omonatini qaytarib oldi

Fuqaro D.G. tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati natijasida 2020-yil 30 sentabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Shu o‘rinda, marhuma G.Dadaboyevaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va holat bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan albatta tegishli chora ko‘riladi. Biz shu o‘rinda ushbu holat bo‘yicha Ijtimoiy tarmoqlardagi tarqatilayotgan xabarlarni to‘g‘ri va obyektiv holda talqin qilinishi va bir tomonlama yondashmasliklarini so‘rab qolamiz", - dedi MIB vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Yangiliklar lentasi
0