Xotin-qizlar qo‘mitasi MIB xodimi ayol tomonidan yoqib yuborilganini rad etdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, bir oz avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, MIB xodimlari va ayol o‘rtasidagi mojaro kelib chiqqanini, ayol MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringanligini ko‘rish mumkin

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi Samarqanddagi Mib xodimlarini yoqib yubormoqchi bo‘lgan ayolni o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda Qo‘mita axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xasan Kabirdjanov - perviy zamestitel BPI - Sputnik O‘zbekiston
Yemagan somsaga pul: MIB salkam 1 trillion so‘mlik asossiz qarzdorlik yozilganini aniqladi

Eslatib o‘tamiz, bir oz avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, MIB xodimlari va ayol o‘rtasidagi mojaro kelib chiqqanini, ayol MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringanligini ko‘rish mumkin.

Bir oz avval hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Shuningdek, Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z axborot xizmati orqali MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan samarqandlik ayol nazoratga olinganligini ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, ayol sud qarori ijrosi jarayonida MIB Samarqand shahar bo‘limi xodimiga benzin sepib, uni yoqib yuborishga qasd qilgani xabari bo‘rttirilib, muhokama qilinmoqda.

Bundan tashqari yoqib yuborish bilan yoqib yuborishga harakat qilish o‘rtasidagi farqqa e’tibor qaratilmayapti.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Aliment to‘lashni istamagan ota MIB xodimini kaltakladi

Haqiqiy holatda esa xodimga benzin sepilib, ustiga yonib turgan sochiq otib yuborilgani rost, biroq jarayonda hech kimga shikast yetmagan.

Qo‘mita shuningdek, avval sudlangan, bugungi kunda yashab turgan uyidan chiqarilayogan bu ayolni organ xodimiga o‘t qo‘yib yuborishga olib kelgan sababni o‘rgangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning uyi MIB xodimlari tomonidan tortib olinmayapti, balki quruvchi tomonidan unga boshqa uy taklif qilingan. Ayol yashab turgan uy hozir avariya holatida bo‘lib, undagi bir nechta xonadon egalari kelishuv asosida quruvchi tomonidan boshqa uylarga ko‘chirilgan yoki yangi quriladigan xonadondan uy berishga kelishilgan.

Yangiliklar lentasi
0