Fuqaro MIB yordamida 119,1 mln. so‘mlik omonatini qaytarib oldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi qarzdordan shu tumanda yashovchi arizachining 119,1 mln. so‘mlik omonati undirib berildi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi qarzdordan shu tumanda yashovchi arizachining 119,1 mln. so‘mlik omonati undirib berildi. Bu haqda Respublika Majburiy ijro burosi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
MIB noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimning ish haqini undirib berdi

Qayd etilishicha, fuqaro M.Shukurova 14.02.2018 yildan buyon fuqaro Z.Bobomurotovadan olgan  119,1 mln. so‘mlik omonatini qaytarmay kelgan.

Denov tumanlararo sudining 14.02.2018 yildagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Buroning Termiz shahar bo‘limida ijro ishi yuritilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy holatini aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javob xatlarida qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar yo‘qligi aniqlangan. Shunga ko‘ra qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtinchalik cheklangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, ijro hujjatida ko‘rsatilgan 119,1 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik summasi to‘liq undirilib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0