Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayolga jazo tayinlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani.
Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol uni xonadonidan majburiy chiqarishga uringan Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochilarini yoqib yuborishgan uringan edi. U bu qilmishi uchun jazo oldi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayolga jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 21-yanvar kuni MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi M.Bekmuhammedov 12 nafar davlat ijrochisi yordamida Samarqand shahar sudining 2019-yil 12-sentabrdagi ijro hujjatiga asosan javobgar D.R.ni xonadonidan majburiy chiqarishga uringan.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi MIB xodimi ayol tomonidan yoqib yuborilganini rad etdi

Ammo fuqaro D.R. uy-joydan chiqishdan qat’iy bosh tortib, MIB xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayol ularning ustiga benzin yoqilg‘isini sepib, qo‘lida yonib turgan sochiqni ham ularga qasddan uloqtirgan. Shu tariqa ularni xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishiga majbur qilgan.

Sud D.R.ni Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 1-yil 7 oy 9 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida D.R. MIB xodimlariga qarshilik qilib, ularga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0