O‘zbekistonning 7ta hududida karantin cheklovlari yumshatilmoqda - ro‘yxat

© YURI KORSUNTSEVSotrudnik GAI proverayet dokumenti vo vremya karantina v Tashkente
Sotrudnik GAI proverayet dokumenti vo vremya karantina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning oltita viloyati, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida karantin choralari yumshatilmoqda. Bunda ayrim shartlarga amal qilish belgilandi.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning yettita hududida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonda karantin talablari yumshatilishini aytdi

Cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilayotgan hududlar:

Nukus

10 avgustdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi ruxsati bilan Nukus shahrida A.Dosnazarov, To‘rtko‘l guzari va Sharof Rashidov ko‘chalari bo‘ylab avtobuslar qatnovi qayta tiklandi. Shuningdek, shu kundan boshlab Nukus savdo kompleksi faoliyatiga ruxsat berilgan.

Qoraqalpog‘iston Transport vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda bozorga 9 yo‘nalishda 45ta avtobus qatnovi qayta tiklangan.

Buxoro va Farg‘ona viloyatlari

Ayrim hududlarda karantin cheklovlari butun hudud, ayrimlarida esa muayan tuman va shaharlar miqyosida yumshatilmoqda.

Buxara vozvrashayetsya k privichnoy jizni - Sputnik O‘zbekiston
Ertadan Buxoroda karantin bosqichma-bosqich yumshatiladi

Bunda viloyatlarda umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi), mehmonxonalar, individual shug‘ullanish uchun trenajor zallar, nodavlat ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, mashg‘ulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda), nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum, qurilish mollari savdosi va boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan bozorlar, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgan.

Bozorlar, savdo majmualari, go‘zallik salonalari, sartaroshxonalar va xususiy bog‘chalar belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya etishi shart hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyati

Avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 18.00 dan – 21.00 gacha) tegishli hudud doirasida fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Mavzoley Abul Muina Nasafi - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda ertadan karantin cheklovlari yumshatiladi

Yo‘nalishsiz taksilar soni bugungi kunga nisbatan 2 barobarga ko‘paytiriladi va butun sutka davomida haratkatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Viloyat maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ya’ni, maxsus ruxsatnoma (stiker), ayrim toifadagi avtotransport vositalari, "yashil yo‘lak" tizimi, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari avtomashinalari va viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqarish, tadbirkorlik hamda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan avtotransport vositalari ro‘yxat asosida harakatlanishi mumkin.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati pandemiya oqibatlarini yumshatishga qancha mablag‘ sarfladi

Namangan viloyati

Viloyatda 11-avgustdan boshlab karantin cheklovlarini yumshatishga kirishildi

Namangan shahar va tumanlar hududida hamda shahar (tuman)lararo yo‘nalishlarda jamoat transportida (avtobus, yo‘nalishsiz taksi) yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda yo‘lovchilarni cheklangan soniga qat’iy amal qilinishi va ish soati 22.00 yakunlanishi belgilab qo‘yiladi.

Hokimliklar huzuridagi Karantin cheklovlarini yumshatish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruhlar xulosasi asosida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

Vikulov Georgiy - Sputnik O‘zbekiston
Infeksionist karantin choralarini yumshatishga hali juda erta deb hisoblaydi

Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan bozorlar.

Umumiy ovqatlanish shaxobchalari. Oshxonalar soat 12.00dan 14.00 gacha, restoranlar esa soat 18.00 dan 21.00 gacha ishlashi mumkin. Banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;

Park va istirohat bog‘lari;

Mehmonxonalar;

Sport zallari, fitnes klub va trenajor zallar (ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik tavsiya etiladi);

Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

Nodavlat ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruhlar tashkil etib, mashg‘ulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda);

Passajiri na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya nima sababdan karantinni yumshatishga qaror qildi?

Barcha xizmat ko‘rsatish obyektlari, jumladan, sartaroshxona va go‘zallik salonlari.

Mazkur muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va majmualar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda belgilangan shartlarga amal qilinishi lozim. Aks holda ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi va faoliyati to‘xtatiladi.

Oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Viloyat komissiyasi yig‘ilishida ushbu yumshatish choralari joriy etilayotganini suiste’mol qilmaslik, ommaviy tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik, masofani saqlash, niqob taqish kabi birlamchi qoidalarga doimiy amal qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

Simvol stolisi Kazaxstana - Bayterek - s visoti ptichyego poleta. Neveroyatniy rakurs! - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 3-avgustdan karantin yengillashtiriladi

Navoiy viloyati

Bugundan, ya’ni 12-avgustdan e’tiboran Navoiy shahridagi buyum bozorlari va buyum bozorlar atrofidagi yirik savdo nuqtalari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Jarayonda tadbirkorlarning Navoiy shahar hokimiga qilgan murojaatlari inobatga olinib, ishchi guruh a’zolarining ijobiy xulosasiga ko‘ra buyum bozorlar va savdo nuqtalari faoliyatiga ruxsat berildi.

Mazkur savdo nuqtalari faoliyatini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borishi bo‘yicha tegishli mas’ularga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Xususan, xarid jarayonida fuqarolar o‘rtasida oraliq masofaga jiddiy e’tibor qaratish, karantin talablariga asosan fuqarolarni bozor hududiga kirishini tashkil etish masalalariga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish lozimligi uqtirildi.

 

Samarqand viloyati

12 avgustdan Samarqand viloyatida quyidagilarga ruxsat etilmoqda:

Umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga: bunda banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan), faoliyatini 8.00dan 20.00ga qadar tashkil etish, stollar oralig‘idagi 2 matrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash, bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish, xodimlarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi.

Dezinfeksiya ulis v Nayrobi, Keniya - Sputnik O‘zbekiston
Keniya o‘zbekistonlik turistlarga o‘z hududiga karantinsiz kirishga ruxsat berdi

Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari va zargarlik do‘konlari faoliyatiga.

Sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga.

Mehmonxonalar faoliyatiga (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno).

Ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlariga, sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitness klublar faoliyati.

Ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ortiq bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda).

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga.

Yangiliklar lentasi
0