Ertadan Buxoroda karantin bosqichma-bosqich yumshatiladi

© SputnikBuxara vozvrashayetsya k privichnoy jizni
Buxara vozvrashayetsya k privichnoy jizni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatida 10-avgustdan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Jumladan, bozorlar, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Buxoro viloyatida 10-avgustdan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda viloyat maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi shahar va tumanlar bo‘limlarining xulosasi hamda sektor rahbarlari bilan kelishilgandan so‘ng hokimlarning kafolat xatlari asosida Buxoro viloyati hududidagi:

  • umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi);
  • mehmonxonalar;
  • individual shug‘ullanish uchun trenajor zallar;
  • nodavlat ta’lim markazlari, to‘garaklar (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, mashg‘ulotlar vaqtini oldindan kelishgan holda);
  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
  • buyum, qurilish mollari savdosi va boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan bozorlar;
  • sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, Buxoro va Kogon shahri hamda tumanlar markazlariga avtotransport vositalarining kirib-chiqishini nazorat qiluvchi blok-postlar faoliyati to‘xtatiladi.

Koronavirus pandemiyasi boshlangan buyon Buxoro viloyatida 971 kishi virus yuqtirib olgan. Shulardan 884 nafari (91 foiz) tuzalib ketgan. COVID-19 yetti kishini bevaqt hayotdan olib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0