Dunyoda

Qozogʻistonda 3 avgustdan karantin yengillashtiriladi

© Sputnik / Vladislav Vodnev Simvol stolitsы Kazaxstana - Bayterek - s vыsotы ptichyego poleta. Neveroyatnыy rakurs!
Simvol stolitsы Kazaxstana - Bayterek - s vыsotы ptichyego poleta. Neveroyatnыy rakurs! - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy mamlakatda 3 avgustdan karantin yengillashtirilishini maʼlum qildi. Shu bilan birga qator cheklovlar oʻz kuchida qoladi.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy mamlakatda 3 avgustdan karantin yengillashtirilishini maʼlum qildi.

Sputnik Qozogʻiston nashri xabariga koʻra, karantin choralarining yengillashtirilishiga mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish va oʻlim darajasining pasayishi hamda hafta davomida oʻrinlarning bandligi 70 foizdan oshmasligi sabab boʻladi.

3 avgustdan ruxsat beriladi:

- savdo markazlari, savdo uylari, kun va vaqtini chegaralagan holda savdo tarmoqlari, yopiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat bozorlari;

Samolet na fone superluniya vo Frankfurte, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston aviareyslarni tiklashga tayyorlanmoqda

- bolalarni korrektsiyalash kabinetlari, oʻquv markazlari, bolalarning rivojlanish markazlari, 5 kishidan oshmaydigan guruhlarda toʻgaraklar;

- navbatchi guruhlar rejimida maktabgacha taʼlim muassasalari;

- goʻzallik salonlari, sartaroshxonalar, kosmetik va kosmetologik, manikyur va pedikyur xizmatlarini koʻratuvchi markaz hamda salonlar;

- ijtimoiy masofalanishga rioya qilgan holda ochiq havoda shaxsiy va guruh mashgʻulotlarni, shuningdek, 30 kishidan oshmagan holda sport boʻyicha milliy terma jamoa mashgʻulotlarini oʻtkazish;

- aholining koʻchalar boʻylab harakatlanishi, bogʻlar, xiyobon va qirgʻoq boʻylariga tashrif buyurish — uch kishidan oshmagan guruh holida;

Niqob, sanitariya va dezinfektsiya rejimiga va oʻrindiqlarning 50 foizdan koʻpi toʻlmagan holda jamoat transportlarida belgilangan vaqt oraligʻida tashishga ruxsat etiladi.

Quyidagi taqiqlar saqlab qolinadi:

- barcha turdagi ommaviy tadbirlar, kinoteatrlar, fud-kordlar, banket zallari.

Prispuщennыy flag Kыrgыzstana na tsentralnoy ploщadi v Ala-Too. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Oʻzbekiston karantinni uzaytiradi, Qirgʻizistonda milliy motam

- restoranlar, barlar, tungi va oʻyin klublari;

- madaniy obʼyektlar, muzeylar faoliyati, konferentsiyalar, koʻrgazma va forumlar oʻtkazish;

- sport zallari, fitnes-markazlar, basseynlar, plyajlar, akvaparklar;

- diniy obʼyektlar faoliyati;

- shahar tashqarisiga qatnovchi yoʻlovchi poyezdlari (elektrichka, ish poyezdlaridan tashqari), umumiy vagonlarni shakllantirish, shaharlararo avtobuslar (mikroavtobuslar) harakati.

Mamlakat SSV rahbari maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonda 5 iyuldan buyon 35 951 ta yangi koronavirus holati qayd etilgan. Cheklov choralari joriy etilgan vaqt mobaynida yangi holatlar koʻpayishi 29 foizga kamaygan. Bir sutka davomida oʻrtacha 1600 ta yangi kasallanish holati aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0