Qashqadaryoda ertadan karantin cheklovlari yumshatiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMavzoley Abul Muina Nasafi
Mavzoley Abul Muina Nasafi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatida 2020-yil 27-iyuldan boshlab 15-avgustga qadar qator qo‘shimcha cheklovlar joriy qilingan edi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida qo‘shimcha joriy qilingan karantin cheklovlari 3-avgustdan bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda viloyat maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

27 iyuldan 15-avgustgacha Qarshida transport vositalarining kirishi va chiqishi (ba’zi hollar bundan mustasno), shuningdek shaxsiy avtomobillarning shahar ichida harakatlanishi to‘liq taqiqlangan edi. 

Dorojniy znak s nadpisyu Karantin - Sputnik O‘zbekiston
Qarshi shahri 15-avgustgacha yopildi

Yangi qarorga ko‘ra, 3-avgustdan boshlab Qarshiga kirish va chiqish transport vositalarida belgilangan vaqtda — soat 7:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 21:00 gacha, ish safari, dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa zarur tovarlar sotib olish uchun ruxsat beriladi.

Yo‘nalishsiz taksilar soni 2 barobarga ko‘paytiriladi va kun bo‘yi haratkatlanishiga ruxsat beriladi.

3 avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga quyidagi vakolatlar beriladi:

  • o‘z hududida kiyim-kechak va qurilish bozorlarida, savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini individual ravishda qayta tiklashga ruxsat berish (tadbirkorlar karantin talablariga rioya etilishini kafolatlagan holda).
  • mintaqaviy maxsus komissiya qaroriga binoan karantin talablari va cheklovlariga javob bermaydigan tashkilotlar va muassasalar, savdo va maishiy xizmat faoliyatini to‘xtatish;
  • epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish (postlarni qisqartirish, avtomashinalar harakati vaqtidagi cheklovlarni olib tashlash va boshqalar);
  • dezinfeksiyalash ishlariga bazaviy tibbiy bilimga ega ishsiz fuqarolarni ishga joylashish va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jalb qilish.

Shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazi, tumanlar va shaharlar hokimlari oziq-ovqat, dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar, shuningdek zarur tovarlar narxlarining asossiz ko‘tarilishining oldini olish choralarini ko‘rishi kerak.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning so‘zlariga, karantin choralarini yumshatish hamma narsa ortda qoldi degani anglatmaydi.

“Hurmatli rahbarlar! Xodimlaringiz karantin qoidalariga muvofiq ishlashlari uchun shart-sharoitlar yarating. Aziz vatandoshlar! Uyda qoling, maqsadsiz ko‘chaga chiqmang, o‘zingizga va oilangizga g‘amxo‘rlik qiling”, — dedi Mirzayev aholi va mas’ullarga murojaatida.

Yangiliklar lentasi
0