O‘zbekiston hukumati pandemiya oqibatlarini yumshatishga qancha mablag‘ sarfladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mart oyidan buyon O‘zbekistonda pandemiya oqibatlarini aholining yashash va tarzi va iqtisodiyot tarmoqlari darajasida yumshatishga qaratilgan 14 ta farmon va qarorlar qabul qilingan.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. “Yuksalish” umummilliy harakati aholi, iqtisodiyot jabhalari va tadbirkorlik subyektlarini koronavirus pandemiyasi davrida qo‘llab-quvvatlash choralari qiymatini baholadi.

"Koronavirus pandemiyasi davrida 2020-yil 9-iyul holatiga ko‘ra, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘rilgan choralarning umumiy qiymati 62 593 mlrd so‘m deya baholanmoqda", - deyilgan xabarda.

Shundan:

  • Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi xarajatlari — 5 293 mlrd so‘m;
  • Coliq va bojxona imtiyozlari – 1 636 mlrd so‘m;
  • Coliqlar kechiktirilishi va jarimalarning vaqtincha to‘xtatilishi – 2 510 mlrd so‘m;
  • Bank sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari – 48 215 mlrd so‘m;
  • Qurilish va taraqqiyot jamg‘armasi – 3 306 mlrd so‘m;
  • Iqtisodiyotning real sektorlarini qo‘llab-quvvatlash choralari – 1 632 mlrd so‘m.

Shuningdek, O‘zbekistonda aholi bandligini rag‘batlantirish, ish o‘rinlarini va ishchilar daromadini saqlash qolish maqsadida inqirozga qarshi kompleks choralar qabul qilingan.

Inqirozga qarshi jamg‘arma hisobidan 230 ming ishsiz kishilar jamoat ishlariga jalb qilinib, vaqtincha bandligi ta’minlangan. Tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi koorperativlarini tashkil etish uchun subsidiya ajratilishi hisobiga 33 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalar bandligi ta’minlangan. Aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ajratilgan subsidiyalar hisobiga 3 ming band bo‘lmagan aholi ishga joylashtirilgan.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3 mlrd dollar jalb qiladi

20 ming ishsiz aholi ishsizlik nafaqasini olgan. 374 ming fuqaroning uch oylik bandligi va doimiy daromadi ta’minlangan. 27 ming band bo‘lmagan aholiga 10 mlrd so‘m nafaqa to‘langan.

Joriy yilning mart oyidan iyun oyiga qadar O‘zbekistonda pandemiya oqibatlarini aholining yashash va tarzi va iqtisodiyot tarmoqlari darajasida yumshatishga qaratilgan 14 ta farmon va qarorlar qabul qilingan.

Natijada 500 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari va 8 mlndan ziyod fuqarolar 30 trln so‘mga yaqin imtiyoz va preferensiyayalarga ega bo‘lgan.

Maxsus so‘rovnomalar natijasida 583 ming kam ta’minlangan oilalarga, xususan, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 307 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ berilgan.

Yangiliklar lentasi
0