Qulayroq o‘tirib oling - elektr stuli 130 yoshda

Obuna bo‘lish
Elektr stuldagi qatl - AQShda o‘lim jazosini ijro etish usullaridan biri sanaladi. Bugungi kunda bu usul unchalik ommabop emas, biroq bir asrdan ortiq tarixi davomida bu stulda 4 mingdan ortiq odam o‘tirgan.

Kirill Bakeyev, Sputnik radiosi sharhlovchisi

AQSh insonparvarlik nuqtayi-nazaridan mahbuslarni tok yordamida o‘ldirishni boshlagan. Elektr stuligacha qatl amaliyoti osish orqali amalga oshirilgan, ammo hammasi tez va nisbatan toza amalga oshishi uchun jallod ancha ter to‘kishi - odamning bo‘yidan kelib chiqib, arqonni  to‘g‘ri o‘lchashi, halqani to‘g‘ri bog‘lashi, bo‘yin tezroq sinishi uchun og‘irlikni to‘g‘ri hisoblashi kerak edi. Aksariyat hollarda, esa zerikkan tomoshabinlar jinoyatchining tezkor o‘limi o‘rniga, uning uzoq vaqt davom etadigan azoblanishini tomosha qilar edilar.

Zamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘lim jazosi o‘z samarasini bermagan - Yo‘ldoshev korrupsiyaga qarshi kurash haqida

Sakkiz yil davomida maxsus komissiya o‘limga maxkum qilinganlardan qutulishning insonparvarroq usulini izlash bilan shug‘ullandi. Shu tariqa, 1889-yil AQShda elektr toki yordamida o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat beradigan qonun paydo bo‘ldi. Uning ixtirochisi kim bo‘lgani unchalik aniqmas. Versiyalarning birida u stomatolog Alfred Sautvik ekanligi aytilsa, yana biri - Tomas Edison bo‘lganini dalillaydi. Aftidan, ushbu ixtironing otalari sifatida ikkalovini ham tan olsa bo‘ladi.

Sautvik o‘sha komissiya a’zosi bo‘lib, elektr tokini yoqlab, jonbozlik qilgan, sababi, kunlarning birida bir piyonista ochiq simga teginib, bir necha soniya ichida vafot etganiga shaxsan guvoh bo‘lgan. Edison esa bu metodni sinashda faol ishtirok etgan. Nega? O‘sha yillarda elektr energiyasini o‘zgaruvchan yoki doimiy oqim bilan uzatish usullari borasida "toklar urushi" ro‘y bergan. Edison past kuchlanishli doimiy oqimni yoqlagan, axir uning kompaniyasi cho‘g‘lanish lampochkalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi-da. Ixtirochi doimiy oqim o‘zgaruvchan oqim kabi xavfli emasligini ta’kidlab, o‘zgaruvchan tok bilan o‘ldirishning yangi usulini ishlab chiqishga qo‘shildi. Birinchi qurbonlar hayvonlar bo‘ldi. Ular orasida behisob mushuk va itlar bo‘lgan. To‘rt oyoqlilar 1000 volt kuchlanish bosimidagi metall plastinalarga o‘tqizilgan.

Izbiyenie jenshini iz naroda achex po zakonam shariata - Sputnik O‘zbekiston
Bruney sultonligida gomoseksualizm va zino uchun o‘lim jazosi kuchga kirdi

Elektr stulidan foydalanish amaliyoti 1890-yil 6-avgustda boshlangan. O‘shandan buyon 4000dan ortiq odam stulda o‘tirgan. Quyida "eng insoniy" qatl haqidagi bir qancha hayratomuz faktlarni keltiramiz.

Birinchi qatl. Uilyam Kemmler

Birinchi qatl Nyu-York shtatining Obern shahrida bo‘lib o‘tdi. Uilyam Kemmler mast holda o‘z mash’uqasini bolta bilan chopib tashlagani uchun qatl etildi. Qatlga 17 guvoh chaqirildi, ular orasida The New York Times muxbiri ham bor edi. Birinchi urinish muvaffaqiyatsiz kechdi. Kuchlanish ostida o‘n yetti soniyadan keyin ham mahkum tirik edi. Ikkinchi razzradni kuchliroq, 200 ming volt kuchlanishda berishga qaror qilishdi, ammo bu uchun vaqt talab etilardi. Ikkinchi safar, Kemmler bir daqiqadan ko‘proq vaqt davomida kuchlanish ostida bo‘ldi. Xona odamning kuygan go‘shti hidiga to‘lganidan keyingina qatlni to‘xtatishga qaror qilishdi. Shifokorlar o‘lim holatini qayd etishdi. Jurnalist bu usul osishdan ko‘ra insonparvarroq ekanidan shubhalanib qoldi. O‘sha vaqtdan beri qatlning o‘z tarafdorlari va qarshilari paydo bo‘ldi. Birinchi tarafdorlar orasida, o‘lim holatini kayd qilgan shifokorlar bor edi, axir Kemmler kameraga kirganidan to uning vafotigacha atigi sakkiz daqiqadan sal ziyod vaqt o‘tdi, osish esa odatda yarim soatcha davom etadi.

Petlya na viselitse - Sputnik O‘zbekiston
Olma-Ota sudi 10 kishining qotiliga o‘lim jazosi berdi

Leon Frank Cholgosh - prezident qotili

1901 yilning 29-oktabrida amerikalik anarxist Leon Frank Cholgosh qatl etildi. U AQShning 25-prezidenti Uilyam MakKinliga suiqasd uyushtirgan. Cholgosh Buffaloda o‘tkazilgan Panamerika ko‘rgazmasida davlat rahbariga qarata ikki marotaba o‘q uzgan. Birinchi o‘q smoking tugmasiga tegib, boshqa tomonga o‘tib ketgan, ikkinchisi esa oshqozonni teshib, orqa mushaklarda qisilib qolgan. O‘qni olib tashlay olishmadi, lekin prezident yana bir haftadan ko‘proq yashadi, u tuzala boshlagandek tuyulgandi hatto, lekin kutilmaganda qon zaharlanishi boshlanib, MakKinli vafot etdi. Cholgosh qatli to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar bir-biriga zid, ba’zi manbalarga ko‘ra, mahkum uzoq azob chekishi uchun, tok kuchlanishi har hil darajada berilgan. Keyin uning qoldiqlari ustidan oltingugurt kislotasi va ohak quyilib, shu tarzda ko‘mib yuborilgan. Ba’zilarga ko‘ra, bularning barchasi boshqa anarxistlarga saboq uchun uyushtirilgan. Boshqalarning aytishicha esa, qatl odatdagidek o‘tkazilgan va Cholgosh ko‘p ham azob chekmagan.

Politseyskoe rassledovanie v Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada Soko Asaxara va uning safdoshlari dorga tortildi

Jorj Stinni - eng yoshi

1944 yilning 16-iyunida elektr stulga eng yosh mahkum o‘tqazildi. O‘n to‘rt yoshli kichik-Jorj Stinni 11 va 8 yoshlardagi ikki oq tanli qizaloqlarni o‘ldirganlikda ayblangan. Janubiy Karolinadagi Jorj Stinni istiqomat qilgan kichik Alkolu shaharchasi temir yo‘l orqali "oq" va "qora" qismlarga bo‘lingan edi. Qizaloqlar shaharning "qora" qismiga gul olishga o‘tganida g‘oyib bo‘lgan. Bir necha kundan so‘ng, ularning jasadlari zovurda boshlari yorilgan holatda topilgan. Sud jarayoni ikki soat davom etgan, hakamlar hay’ati esa qarorni deyarli o‘n daqiqada qabul qilgan. Ayblov, go‘yo uch nafar oq tanli politsiyachining Stinnidan olgan og‘zaki iqroriga asoslangan. Himoya tomondan guvohlari bo‘lmagan, o‘n yetti kilogrammlik temir bo‘lagi (lom) qotillik quroli sifatida xizmat qilgan. Na sudya, na hakamlar hay’ati  14 yoshli bolakay qanday qilib bunday og‘ir narsani ko‘taribgina qolmay, balki u bilan birdaniga ikkita odamni o‘ldirishi mumkinligi haqida zarracha o‘ylab ham ko‘rmadilar.

Qohiradagi masjid minorasi - Sputnik O‘zbekiston
Misrda olti jinoyatchi dorga tortildi

Qanday bo‘lmasin, Jorj Stinni o‘limga mahkum qilindi. Hukm ijrosi paytida qamoqxona xodimlari muammoga duch kelishdi, bolaning bo‘yi juda past edi, u stulga to‘g‘ri o‘tira olmadi. Uning tagiga Injilni qo‘yib berishdi. Bolakayga kameraga olib kirishga ruxsat berilgan yagona narsa shu bo‘lgan. 

2014 yilda Jorj Stinni ishi qayta ko‘rib chiqildi. Okrug sudyasi protsessual qoidabuzarliklar asosida ellik yil oldin chiqarilgan hukmni bekor qildi. Bundan tashqari, sudya hukm ijrosini "g‘ayrioddiy va shafqatsiz jazo" deb atadi, bu esa AQSh Konstitutsiyasi sakkizinchi tuzatishiga ishora edi. Ushbu modda bunday jazolarni ta’qiqlar edi. Ehtimol, sudya, boshqa holatlar qatori, kelajakda elektr stulini konstitutsiyaga zid ravishda ijro etilish usuli sifatida tan olinishi uchun biron bir shov-shuv chiqarishni xohlagandir.

Er-xotin Rozenberglar - SSSR foydasiga josuslik

Er-xotin Yulius va Etel Rozenberglarning hukmi makkartizm davrining eng avj pallasida chiqarilgan - 1951-yilning 29-martida ular Sovet Ittifoqi foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topildi. Sud ularni AQSh atom sirlarini SSSRga berganlikda aybladi. Hukm ikki yildan keyin ijro etildi, shu vaqt ichida er-xotinlarga chiqarilgan hukmni bekor qilish yoki avf etishga urinishdi. Jinoyat federal darajada bo‘lgani sababli, qatl bo‘yicha qarorni prezident imzolashi kerak edi. Prezidentlik muddati tugab borayotgan Garri Trumen turli bahonalar bilan bu qarorni imzolashni ortga surdi. Ammo uning vorisi Duayt Eyzenxauyer ikkilanmay qaror qabul qildi. Er-xotin Sing-Sing qamoqxonasida qatl qilindi. Aytgancha, Etel darrov jon bermadi, jallod tok oqimini uning tanasidan ikki marta o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

Bachabozlarning bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Bachabozlik uchun o‘lim jazosi tayinlangan davlatlar ro‘yxati

Topsi laqabli urg‘ochi fil

Elektr toki bilan qatl etilgan birinchi hayvon – sirkning Topsi laqabli urg‘ochi fili bo‘ldi. Garchi u ustidan sud jarayoni bo‘lmagan bo‘lsa-da, elektr tokining jazo usuli sifatida foydalangan birinchi qurbonlaridan bo‘lgan. Bir necha yil ichida uch kishini o‘ldirganidan keyin, 1903-yilda Topsidan qutulishga qaror qilishdi. Qurbonlardan biri shafqatsiz hayvon o‘rgatuvchi bo‘lgan. Topsini xavfli deb topishdi, urg‘ochi filni dastlab osib o‘ldirish rejalashtirilgan edi, ammo hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurashchilar norozilik namoyishi o‘tkazgach, egalari jazo chorasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Izbiyenie jenshini iz naroda achex po zakonam shariata - Sputnik O‘zbekiston
Bruney sultonligida gomoseksualizm va zino uchun o‘lim jazosi kuchga kirdi

Aynan shu paytda Edison yetib keldi. Qatldan oldin Topsiga sianid kaliy qo‘shilgan sabzi berilgani ma’lum. Amerikalik ixtirochi xavfli jonivordan qutulishning "insoniy" usulini taklif qilibgina qolmay, balki barchasini kinolentaga suratga oldi. Ha, u kino paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ham aloqador bo‘lgan, ammo bu yerda esa shunday tomosha turganida, imkoniyatni boy bermaslik kerakda. Film "Filni elektr tokida qatl etilishi" deb nomlandi. Bu haqiqatda katta tomosha edi, chunki u Koni-Aylenddagi Luna-parkda bo‘lib o‘tgan. 1944-yilda istirohat bog‘i jamiki attraksionlari bilan birga yonib ketdi, ba’zilar bu Topsining qasosi deb aytishgandi. Qatldan yuz yil o‘tgach, 2003-yilda Koni-Aylend muzeyida Topsiga - "insoniy" usuldagi qatl qurboniga yodgorlik o‘rnatildi. Ehtimol, Topsi shunday qurbonlar orasida yagonasi bo‘lmagan.

Bugungi kunda elektr stuldan foydalangan holda qatl jazosi faqat oltita shtatda: Alabama, Florida, Janubiy Karolina, Kentukki, Tennessi va Virdjiniyada qo‘llaniladi. Ammo bu shtatlarda ham mahkumlar elektr stuldagi qatlni inson hayotiga nuqta qo‘yishning yana bir "insoniy" usuli - o‘lim inyeksiyasi bilan almashtirish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0