Bruney sultonligida gomoseksualizm va zino uchun o‘lim jazosi kuchga kirdi

© © AFP 2019 / Chaideer MahyuddinIzbiyenie jenshini iz naroda achex po zakonam shariata
Izbiyenie jenshini iz naroda achex po zakonam shariata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahonning mashhur kishilari jinoyat kodeksiga kiritilgan ushbu qo‘shimchalar uchun Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxga qarashli otellarga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bruneyda er(xotin)ga qilingan xiyonat va gomoseksual aloqalar uchun toshbo‘ron qilish orqali o‘limga mahkum etish to‘g‘risida shariat qonunlari kuchga kirdi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar berdi.

Politseyskoe rassledovanie v Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada Soko Asaxara va uning safdoshlari dorga tortildi

Shuningdek, o‘g‘rilik uchun jazoning yangi turi - qo‘l-oyoqlar amputatsiyasi joriy etilmoqda.

Dushanba kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Qirollikni "shafqatsiz qonunlarni" joriy etmaslikka chaqirdi. Uning fikricha, aks holda bu "Bruney aholisi uchun inson huquqlari sohasida jiddiy orqaga qaytish bo‘lishini" anglatadi.

Britaniyalik san’atkor Elton Jon va amerikalik aktor hamda rejissor Jorj Kluni jinoiy kodeksga kiritilgan ushbu qo‘shimchalar uchun Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxga qarashli otellarga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda.

Bruney sultonligi BMTning zo‘ravonlik, va boshqa insoniylikka zid bo‘lgan, shafqatsiz yoki inson sha’nini yerga uruvchi turdagi jazo turlariga qarshi Konvensiyasini imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan.

Mamlakat qonunlari o‘lim jazosini nazarda tutsa-da, amaliyotda bu kam amalga oshiriladi: oxirgi marta oliy jazo narkotiklar bilan bog‘liq jinoyat uchun 2017-yilda qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0