Bachabozlik uchun o‘lim jazosi tayinlangan davlatlar ro‘yxati

© Sputnik / Inna Shpigel / Mediabankka o‘tishBachabozlarning bayrog‘i
Bachabozlarning bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bachabozlar Birlashmasi o‘zi o‘tkazgan tadqiqot asosida bir jinsli nikoh tarafdorlari uchun eng xavfli hisoblangan dunyoning 74 mamlakati nomini keltirib o‘tdi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Bachabozlar xalqaro birlashmasi (ILGA) bir jinsli nikoh tarafdorlarini jinoiy javobgarlikka tortadigan, kerak bo‘lsa, o‘lim jazosiga mahkum etadigan davlatlar ro‘yxatini keltirib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston The Telegraph ma’lumoti asosida.

Tadqiqot 17-may — Xalqaro gomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan.

Sal oldin amerikada Erik Fenning AQShda harbiylarga rahbar bo‘lgan birinchi gey sifatida e’tirof etilgani haqida xabar tarqalgan edi. Erikning nomzodi AQSh senati tomonidan ma’qullangan. U o‘z lavozimida shaxsan AQSh Mudofaa vaziriga bo‘ysunishi xabar qilingan. Yangi bachaboz rahbar AQSh piyoda qo‘shinlari faoliyatini koordinatsiya qilishi xabar qilinmoqda.

Bir jinsli nikoh yoki bachabozlik targ‘iboti uchun ILGA a’zolari ba’zi bir davlatlarda, hatto, o‘z hayotlaridan mahrum bo‘lishlari mumkin. Bachabozlik uchun dunyoning 13ta davlatda o‘lim jazosi belgilangan. Bular: Sudan, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman, Mavritaniya, Afg‘oniston, Pokiston, Qatar, BAA, Nigeriya va Somalining bir qator provinsiyalari, hamda Suriya va Iroqning alohida tumanlari.

Jazoir, Misr, Liviya, Maroqash, Nigeriya, Somali, Tunis, roq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, Litva va Rossiya davlatlarida gomoseksualizm tashviqoti qonunan ta’qiqlangan va ushbu ta’qiqlarni buzadiganlarga jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, tadqiqot natijalarida, dunyoning 40ga yaqin mamlakatida besoqolboz, bachabozlarga hujum qilganlar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qonunlar mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0