O‘zbekistonda o‘lim jazosi o‘z samarasini bermagan - Yo‘ldoshev korrupsiyaga qarshi kurash haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev
Zamestitel Genprokurora RUz Erkin Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, korrupsiyaning oldini olish uchun qonunga o‘zgarishlar ham kiritilayapti

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev jinoyat qonunchiligiga korrupsion jinoyatlar uchun favqulodda jazo sifatida o‘lim jazosini belgilash bilan korrupsiya holatlariga to‘liq barham berib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilish uchun tergovchiga pora bergan fuqaro qo‘lga olindi

"Qonunchiligimizda ilgari o‘lim jazosi qo‘llash bor edi, qonunlarni qo‘llashning uzoq yillik tajribasidan kelib chiqib, bunday qatiqqo‘lligimiz shaxsni kayta tarbiyalashda samara bermagan, ayrim holatlarda inson huquqlarini tuzatib bo‘lmaydigan darajadagi poymol etilishiga ham olib kelgani uchun bu amaliyotdan voz kechilgan, qonunchiligimiz bu yo‘ldan orqaga qaytmaydi», — degan Yo‘ldoshev.

Bosh prokuror o‘rinbosarining qayd etishicha, idora tomonidan olib borilayotgan targ‘ibotlar mamlakat fuqarolari fikrida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini singdirish, bunday jinoyatlarga jazo muqarrar degan dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Katta yoki kichik lavozimdagi mansabdorlarning jinoyatlari ochiqlanayotgani, ulardan xalq xabardor qilinayotganining asosiy sababi ham shu.

"Biz, davlat idoralari, xalqimiz, shu jumladan, siz (OAV) bilan birgalikda, o‘zbek jamiyatini ichidan sog‘lomlashtira olsakkina, tashqaridan bo‘lgan xavf, ya’ni korrupsiyani jilovlash vazifasi natija beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat shu yo‘nalishdagi Dasturning o‘zi, balki O‘zbekiston Respublikasining Rivojlanish Strategiyasida ko‘zda tutilgan har bir Dastur, har bir tadbir o‘zining samarasini berayapti, ularning o‘zaro bog‘liqligi namoyon bo‘layapti", - deb ta’kidlagan Yo‘ldoshev.

Qayd etilishicha, korrupsiyaning oldini olish uchun qonunga o‘zgarishlar ham kiritilayapti. Masalan, Jinoyat kodeksining pora berganlik va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik keskin kuchaytirilgan, mazkur jinoyatlar uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasidan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan, ularning sanksiyalarida 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlanishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0