TOShKENT, 3-may — Sputnik. Misrda qotillikka qo‘l urgani uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan jinoyatchilar chorshanba kuni dorga tortildi. O‘lim jazosi Misrning Al-Minya provinsiyasidagi qamoqxonada chorshanba kuni amalga oshirildi, deb xabar qildi "Al-Masri al-Yaum" internet-portali.
Nashr xabariga ko‘ra, Al-Minya qamoqxonasida Misr hukumati eng xavfli jinoyatchilarni saqlaydi.
Mirs hukumati Oliy jazoni ikki xil uslubda amalga oshiradi — otish orqali va dorga tortish orqali. Vatanga xiyonat yoki hukumatga qarshi fitna uyushtirgan harbiylar otuvga hukm qilinadi. Dorga tortish esa ko‘proq qo‘llaniladi.
Jahon OAVlarida berilgan xabarlarga ko‘ra, Yaqin Sharqda 2014-yilda (qonunchilik doirasida) 293 kishi qatl qilingan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.