Kolumnistlar

Olimpiada oldidan menga hatto familiyamni oʻzgartirishni taklif qilishgan - Alina Xam

© Foto : Iz lichnogo arxiva Alinы XamAlina Xam
Alina Xam  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yoshligidan sport bilan chiniqqani Alinaga taqdirning barcha qiyinchiliklarini yengib oʻtishga yordam berdi: murakkab yillarda yillarda turli sohalarda ishlab oilasini boqdi.

Moskvadagi Oʻyinlarning bronza medali sovrindori, SSSRda ayollar xokkeyining asoschilaridan biri Alina Xam 40 yil oʻtgach, 1980 yilning jazirama yozini, shiddatli janglarni va jahon bayrami muhitini esga oldi.

Birinchilar va jasurlar

Alina bolaligidan sport bilan shugʻullangan - atletika va suzish bilan shunchaki zavq uchun. Hammasi ilgari taniqli boʻlgan bokschi Miriman Kim ularning Andijondagi maktabiga jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida ishga kirganida oʻzgardi. U maktab negizida gandbol boʻyicha jamoasini yaratdi, unga Alina ham qabul qilindi. Uch yildan soʻng, murabbiy oʻzi uchun ham, oʻzining qoʻl ostidagilari uchun ham mutlaqo yangi oʻyinni – chim ustida xokkeyini ochib berdi.

Erkin Shagayev vo vremya olimpiadы 80 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Birinchi oʻzbekistonlik Olimpiada chempioni: Erkin Shagayevning Moskvadagi zafari

"Mehnat" ("Trud") erkaklar jamoasi allaqachon respublikada oʻynayotgan edi, ammo qizlar uchun bu debyut boʻldi, ularning murabbiy uchun esa bu mutlaqo yangi nomaʼlum yoʻl edi. Kim oʻz shahrida yangi sahifadan "Andijanka" jamoasini yaratdi.

"Bizni hammamizni, gandbolchilarni xokkeyni oʻrganishga taklif qilishdi. Bizga chavganlar va forma berildi, bir 22 kishilik birinchi tarkibga aylandik. Murabbiy biz bilan birga oʻrgandi. Axir Miron Dmitriyevichning oʻzi ham chim ustida xokkey haqida hech narsa bilmasdi. U erkaklar jamoasi murabbiylari bilan maslahatlashardi, ammo uning oʻzi ham tashkil topganiga atigi bir necha yil boʻlgan edi. Bundan tashqari u Moskvaga ham malaka oshirgani borar edi: sport qoʻmitasi unga qoidalar va hakamlik tizimiga oid oʻquv qoʻllanmalarni berdi, poytaxtlik murabbiylari esa oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi”, - deydi Alina Yegorovna.

1976 yilda aynan "Andijanka"dan SSSRda ayollar chim ustidagi xokkeyi sport turi sifatida vujudga keldi. Viloyatda yana toʻrtta jamoa paydo boʻldi - ularga sobiq gandbolchi qizlar va koʻpkurash sportchi-qizlari jalb qilindi. Keyinchalik butun Ittifoq boʻylab ayollar klublari ochildi.

Yangi xokkeychi-qizlar har kuni maktab darslaridan keyin mashgʻulotlar oʻtkazishgan. Baʼzan ochiq maydonda, baʼzan qoʻl toʻpi zalida. Keyin jamoa sunʼiy qoplamali stadionga taklif qilindi. Qizlar Moskva va Leningraddagi musobaqalarda qatnasha boshladilar.

Sbornaya SSSR po xokkeyu na trave v ocherednom matche - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Valentina Zazdravnыx: halokatli xato, Rashidov qabuli va oddiy sotuvchi boʻlgani haqida

"Biz uchun bu musobaqalar motivatsiyali mashgʻulotlaridek, mahoratni oshirish usuli kabi boʻlgan", - deb eslaydi Alina Xam. Darvoqe, u jamoaning boshlanishidanoq butun yoʻlni bosib oʻtgan ikki xokkeychilardan biri. Koʻpchiligi bir-ikki oydan keyin chiqib ketishardi. Buning sabablari koʻp boʻlgan: baʼzi qizlarni bu sport turi ularni ilhomtirmasligini tushundi, kimdir oʻqishi, oilasi yoki mentaliteti tufayli.

"Andijanka"ning birinchi tarkibiga asosan tatar, rus qizlari va bitta koreys qizi – men, kirganmiz. Keyin Andijon tumanidan bitta qobiliyatli oʻzbek qizini - Muxabbat Haydarovani topdilar. U rus tilida deyarli gapirmasdi, qatʼiy axloqli patriarxal oilada tarbiyalangan. Musobaqalarda har doim shimi ustidan yubka kiyib qatnashar edi. Bu qoidalarga zid edi, jamoa tanbehlar olardi. Ammo keyinchalik bu qiz jamoaga kirishib uzoq vaqt oʻynadi. Lekin jarohati tufayli Olimpiadaga chiqolmadi”, - deb eslaydi Alina Yegorovna.

Millati, aniqrogʻi, familiyasiga kelsak. Olimpiadadan oldin Alina Xamdan familiyasining oxirgi harfini oʻzgartirishni iltimos qilishgan.

“Ular meni “Xam” kulgili eshitiladi va ahmoqona izohlarni qoʻzgʻatadi deb ishontirishgan. Ammo mening gʻazabim keldi: mening familiyam - bu mening  bir qismim. Gʻalati familiyalar kammi? Natijada sportchi Xam gʻurur bilan maydonga chiqardi va hatto gʻalati familiyali mashhurlar roʻyxatiga kirdi. Mayli, men oʻz kelib chiqishim bilan faxrlanaman!” - deydi ayol.

Moskvadagi Oʻyinlarga murabbiylar shtabi butun Ittifoqdan 15 xokkeychini tanlab oldi. Boshqa jamoalardan ikkita-uchtadan sportchi boʻlgan boʻlsa, "Andijanka"dan birdaniga toʻrttasi olindi: Alina Ham, Valentina Zazdravnыx, Nelli Gorbatkova va Leyla Axmerova.

Afsuski, oʻzbek jamoasining murabbiyi toʻrt yillik asosiy musobaqada qatnashmadi - uning nomzodi koʻrib chiqilgan, ammo oxir-oqibat ular jamoani boshqa mutaxassisga topshirdilar. Keyinchalik jamoadagilarning aksariyati Kim SSSR uchun oltin medalni qoʻlga kirita olishi mumkinligini aytishgan.

Daryo boʻlib oqqan "Fanta", otalarcha gʻamxoʻrlik va Yaponiya sovgʻalari

Olimpiada qatnashchilari Moskvaga kelib, shahar atrofidagi koʻp qavatli binolarga joylashdilar. Hammani jinsiga qarab qatʼiy taqsimladilar: hatto sportchilar orasida er-xotinlar boʻlsa ham, ular alohida binolarga joylashtirilgan va bir-birlarini oldiga borishlariga ruxsat berilmadi. Alina Yegorovnaning eslashicha, binoning har bir kirish joyida beshtadan militsioner navbatchilik qilgan.

XXII Olimpiyskiye igrы. Strelba, olimpiyskiy trap (transheynыy stend). Sleva napravo - bronzovaya medal Yorg Damme (GDR), zolotaya medal Luchano Djovanetti (Italiya), serebryanaya medal Rustam Yambulatov (SSSR). - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

"Biz, sportchilarni, KGB zobitlari yashirincha kuzatib turgan. Oʻyinlar boykot qilingani sababli, qattiq nazorat boʻlgan: balkim chet ellik mehmonlar biror narsa qilishar, balkim avrashar? Xavfsizlik xodimlari hamma joyda biz bilan birga yurishardi, biz mashgʻulotlarga boradigan avtobuslarda hamroh boʻlishardi.  KGB yigitlari sport kiyimini kiyib, diqqatni jalb qilmaslik uchun, ommaga qoʻshilib ketardi. Menda paradda guruhdagi qizlarimiz bilan ketayotganimiz, yon tomonlarimizda esa qoʻriqchilarimiz tushgan fotosurat ham bor. Kiyimlarimiz bir xil boʻlgan va tashqaridan biz xuddi bir doʻstona kompaniyaday koʻringanmiz”, - deydi Olimpiada-80 sovrindori tabassum bilan.

Sportchilar tez fursatda davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan umumiy til topdilar, hatto ular uchun Olimpiya shaharchasida import narsalarni sotib olishdi, axir u yerga sportchilar, mehmonlar va xodimlardan tashqari hech kim kira olmasdi.

"Axir, ular ham esdalikka taʼqiqlangan narsalarni xohlaganlar: yigitlar bizga pul berishardi, biz doʻkonga borib, sotib olib kelardik", - deb eslaydi Alina Yegorovna.

Olimpiya shaharchasida moʻl-koʻllik hukm surgan edi: "Fanta" va "Koka-Kola" daryoday oqqan, import kitoblar va kiyimlar - juda arzon narxda. Har bir sportchiga mahalliy restoranlarda ovqatlanish uchun 22 rubldan talon berilgan.

“Bu juda katta pul edi, biz toshib ketguncha yerdik. Ovqatlar har xil edi, men hatto oʻzbekistonlik oshpazni ham uchratdim. Yana men vatanimdan mahsus Moskvaga yetkazib berish uchun oʻstirilgan katta gilos va oʻriklarni yedim. Uyda men bunchalik mevalarni koʻrmaganman. Qizlarimiz bilan, Toshkentga qaytgach, oʻzimiz yeb, qarindoshlarimizga ham baham koʻrishimiz uchun, mazali pishloq va kolbasalarni sotib oldik va ularni oʻz manzillarimizga yubordik”, - deya eslaydi xokkeychi.

Torjestvennaya tseremoniya otkrыtiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Hindistonning quritilgan suvarak qoʻshilgan ekzotik taomlaridan, bunday urf-odatlarga odatlanmagan sovet qizlari dahshatga tushishdi.

Madaniy dastur ham, ayniqsa viloyatlardan kelganlarni, hayratda qoldirdi.

“Paxmutovani birinchi marta koʻrganimni eslayman, uning boʻyi qanchalik kichkina ekanligiga hayron boʻldim! Bu televizor ekranidan unchalik sezilmasdi. Basketbolchi Ulyana Semyonova menda aksincha taassurot qoldirdi. Oʻsha paytda u allaqachon Olimpiya chempioni va ikki karra jahon chempioni edi, shuning uchun u mashhur odam maqomida edi. Uning boʻyi 208 sm edi! Men-ku kichkinagina, nozikina edi”, - davom etadi Alina Yegorovna.

Ochilish marosimida xotin-qizlar xokkey jamoalari oxirgi boʻlib chiqishdi. Hammaga oppoq kostyumlar berildi, musobaqalarda esa qizlar oq-qizil forma va getrada qatnashdilar. Qahramonimizda esa Yaponiyadan noyob sovgʻa esdalikka qoldi. Yaponiyalik sportchilarning oʻzlari Moskvadagi oʻyinlarga boykot eʼlon qilishdi, ammo ishbilarmonlar oʻz mahsulotlarini sotish va reklama qilish uchun olib kelishdi. Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga yorqin krossovkalar sovgʻa qilindi.

Xokkeychilar odatiy oyoq kiyimida oʻynashga qaror qilishdi, lekin Alinaga yumshoq krossovkalar juda yoqib qoldi va ochilish oʻyinida u maydonga shu krossovkalarda chiqdi. U oʻynab boʻlgach, kiyinish xonasiga yapon kompaniyasining vakili kirdi, Xam ismli sportchini chaqirdi va ... unga ochiqchasiga yana bir juft krossovka solingan qutini topshirdi. Maʼlum boʻlishicha, bunday sovgʻa musobaqa boshida faqat shu krossovkada oʻynaydiganlarga berilgan. Ertasi kuni Alinaning doʻstlarining barchasi yaponiyaliklarning yangi krossovkalarini kiyib chiqishdi, ammo ikkinchi juft oyoq kiyim bu safar berilmadi.

Dovyurak debyut

SSSR terma jamoasi uchun ushbu turnir birinchi katta musobaqa boʻlgan. Hamma hali tajriba kamligini bilardi, lekin boykot tufayli Moskvaga ushbu sportning koʻplab yirik jamoalari kelmaganligi sababli gʻalaba qozonish imkoniyatlari bor edi.

Olimpiada-80: rabotayet KGB SSSR - vыvoz prostitutok, vorы v zakone i tsыganskiye baronы - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Olimpiada-80 sirlari: KGB, loʻlilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

SSSR, Hindiston, Gollandiya va Germaniya terma jamoalari medallar uchun kurash olib borishlari kutilgan. Ammo hindistonliklar hayratlanarli darajada sust oʻynashdi, nemis va gollandiyalik ayollar esa kurashni tark etishdi. Ammo Zimbabve terma jamoasi hammani hayratda qoldirdi.

Olimpiada “oltini” taqdirini oxirida kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan gollar oʻrtasidagi farq hal qildi. Chexiya bilan oʻyin durang bilan yakunlandi va SSSR terma jamoasi faqat bronza uchun kurashishiga toʻgʻri keldi.

"Biz juda xafa boʻldik! Biz ayniqsa oʻz uyimizda, muxlislarimiz koʻzi oldida oltinni qoʻlga kiritishni juda xohlardik", - deydi Xam.

Ammo bu, ayniqsa “Andijanka”da Miriman Kim tayyorlagan toʻrt nafar tarbiyalanuvchisi uchun katta muvaffaqiyat boʻldi.

Chim ustida xokkey boʻyicha musobaqalardan keyin qizlar yana futbol va basketbolga borishga muvaffaq boʻlishdi. Atmosfera zavqli va unutilmas edi.

"Lujniki boʻylab yurasan - tribunalar tomoshabinlarga toʻla, hamma qichqirib qarsak chalmoqda va senga va bir-birlariga qoʻl siltamoqda. Hayotimda boshqa hech qachon bunday ajoyib voqea boʻlmagan. Oʻyinlarga boykoti ufayli Moskvaga kelmaganlar juda afsusda boʻlgan, men esa ushbu tadbirning bir qismi boʻlish baxtiga muyassar boʻldim", - deydi xokkeychi.

Uyda sovrindorlarni qahramonlar sifatida kutib olishdi. Sportchilarni trap oldida respublikaning birinchi shaxslari kutib olishdi, keyin ularga tantanali qabul uyushtirishdi. Sport qoʻmitasining vaʼda qilingan mukofot pulidan tashqari, qizlarga bittadan kvartira ham taqdim etildi.

Oilaviy burch va ildizlarga qaytish

Ota-onasining iltimosiga binoan, Alina Xam sportdagi karerasining yuqori bosqichida tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. Ular oila oʻz shifokoriga ega boʻlishini juda xohlashgan, ularga bu kasb juda yoqqan. Yana bir muncha vaqt sportchi xokkeyni oʻqish bilan teng olib borib, oʻynashni davom ettirdi, ammo Los-Anjelesdagi oʻyinlar boykot qilinganidan soʻng, ular asosiy kasbga ega boʻlish vaqti keldi deb qaror qilishdi.

Oʻzbekistonlik chavandoz Yuriy Kovshov Olimpiada-80da oltin medalni qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻzbek chavandozi va Olimpiada-80 boshqa SSSR qahramonlari – foto

Tibbiyot institutini tamomlagach, Alina Yegorovna Andijon shahridagi bolalar shifoxonasida pediatr boʻlib ishladi, soʻng “Zvezda” jamoasida ish boshladi - Oʻzbekistonda erkak xokkeyi aynan shu jamoadan boshlangan. Buning uchun Xam Leningradda uch oylik amaliyotni yakunlab, sport shifokori malakasini oldi.

Olimpiada-80 sovrindorining tinch hayotini fojia oʻzgartirdi: otasi avtohalokatga uchradi va miya jarohatini oldi. Keyin murakkab operatsiya boʻldi, undan keyin Yegor Xam yana 12 yil yashadi va shu vaqt davomida qizi unga gʻamxoʻrlik qildi.

Otasi vafotidan keyin Alina Yegorovna Toshkentga koʻchib oʻtdi, ammo u yerda ham ish  topish qiyin edi. 2000-chi yillarda bir nechta kasblarni oʻzgartirishiga toʻgʻri keldi – buyurtmaga tort pishiruvchisidan rieltorgacha.

"Men pul topishim uchun koʻp ishlashimga tshgʻri keldi. Oʻzimning farzandlarimni tarbiyaladim va vaqt oʻtishi bilan Toshkentga onam va akamni koʻchirib oʻtdim. Akam 2009 yilda vafot etdi va uning uchta oʻgʻlini oʻz zimmamga oldim", - deydi Moskva Olimpiadasi sovrindori.

Alina Xam oʻzining tarixiy vatani - Koreyada ham boʻldi. U yerda u mahalliy avtozavodda ishladi.

"Men Koreyaga 2004 yilda - "Koriada" mahalliy madaniyat festivaliga borgandim. Olimpiya qoʻmitasi prezidenti MDH davlatlarida yutuqlarga ega koreys sportchilarni taklif qildi. Biz Chedjudo orolida, dengiz boʻyida ajoyib dam oldik. Darvoqe, men doim hayron boʻlaman: oʻzbeklar hamma joyda bor! 2012 yilda men Ansanda "Samarqand" kafesiga duch keldim. Egalari - oʻzbek emigrantlari, barcha milliy taomlar tayyorlanadi", - deb eslaydi Xam.

Rabochiye ubirayut lesa u Tsentralnogo stadiona imeni Lenina, gde proydet otkrыtiye i zakrыtiye letnix Olimpiyskix igr v Moskve 1980 goda.  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Olimpiada-80 uchun Moskvada stadionlardan tashqari yana nimalar qad rostlagan

2014 yilda Alina Yegorovna Toshkentga qaytib keldi - keksa onasi doimiy parvarish va davolanishga muhtoj edi. Qizi shifokorlikka oʻqigani bejiz boʻlmadi - endi u onasining dori-darmonlarni oʻz vaqtida qabul qilishiga va zaiflashayotgan sogʻligʻini qoʻlidan kelganicha qoʻllashga harakat qildi. Alinaning oʻgʻli oilasi bilan Koreyada ishlaydi, katta akasi esa Yekaterinburgga koʻchib oʻtdi. Yoshlikdagi doʻstlari ham Rossiyaga chaqirishmoqda, ammo Alina Yegorovna deyarli butun umri oʻtgan mamlakatni tark etishni istamayapti.

U haligacha oʻzini kasbda namoyon qilishni, Toshkentda oʻzining shaxsiy tibbiy firmasini ochishni xohlayotganini aytdi. Kuchi, bilimi va tajribasi bor, ammo hozircha boʻsh vaqt yetmayapti. Lekin, u tarbiyalab oʻz oʻrnini topgan, munosib farzandlari va jiyanlaridan va nevaralarini tarbiyalaganidan baxtiyor. Yoshligidan sport orqali chiniqqani taqdirning qiyinchiliklarini yengishga yordam berdi.

Yangiliklar lentasi
0