Kolumnistlar

90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov

© Sputnik / Fedoseyev / Mediabankka oʻtishXXII Olimpiyskiye igrы. Strelba, olimpiyskiy trap (transheynыy stend). Sleva napravo - bronzovaya medal Yorg Damme (GDR), zolotaya medal Luchano Djovanetti (Italiya), serebryanaya medal Rustam Yambulatov (SSSR).
XXII Olimpiyskiye igrы. Strelba, olimpiyskiy trap (transheynыy stend). Sleva napravo - bronzovaya medal Yorg Damme (GDR), zolotaya medal Luchano Djovanetti (Italiya), serebryanaya medal Rustam Yambulatov (SSSR). - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sportchilar uchun 90-yillarda ish topish oson boʻlmagan. Menga  hatto killer boʻlishni jiddiy taklif qilishgan edi, ammo men darhol bunday takliflarga qiziqmasligimni tushuntirdim.

Xalqaro sport ustasi, Olimpiada-80 trapdan oʻq uzish boʻyicha kumush medal sovrindori Rustam Yambulatov Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda ushbu sport turiga qanday kelgani, Moskvada oltin medalni qoʻlga kiritishiga nima xalaqit bergani va bugungi kundagi orzulari bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻq otish bolalikdan sevimli mashgʻulotim

Oilamda ovchilar, tanishlarim orasida stendli yoki oʻqli otish bilan shugʻullanadigan boʻlmasa ham, men bolaligimdan oʻq otishni yaxshi koʻrarganman. Men miltiqdan juda yaxshi oʻq otganim sababli stendli oʻk otishga kirib qoldim. Bir qoʻshni bola menga stendli oʻq otishni boshlaganini aytgani esimda. Shunda  men ham ushbu toʻgarakka borib koʻrishim kerak. Men bordim va menga bu sport yoqib qoldi. Sinovda menga 7ta patron berishdi va men ketma-ket 5 ta uchuvchi nishonni urib tushurdim, shundan soʻng meni qabul qilishdi.

© Sputnik / Fedoseyev / Mediabankka oʻtishSerebryanыy prizer v sorevnovaniyax po strelbe na transheynom stende Rustam Yambulatov. Strelbiщe "Dinamo" v Mыtiщax. XXII Olimpiyskiye igrы.
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov - Sputnik Oʻzbekiston
Serebryanыy prizer v sorevnovaniyax po strelbe na transheynom stende Rustam Yambulatov. Strelbiщe "Dinamo" v Mыtiщax. XXII Olimpiyskiye igrы.

Toʻgarakka muntazam qatnashishga imkon boʻlmadi, chunki murabbiyimiz 84-zavodda ishlardi va har doim ham mashgʻulotlarga kela olmasdi. Keyin likopchalarni uchirib turadigan operator Kolya amaki – “Paxtakor”da mashgʻulot olib borgan Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi Nikolay Afanasyevich Struщenkoga murojaat qilishni maslahat berdi. Biz bu sportklubga bir yarim oy davomida bordik - biz faqat patronlarni yuklardik, ustalar esa otishardi. Keyinchalik Turkiston harbiy okrugi murabbiysi Vladimir Petrovich Pyanovskiyda oʻrganishni boshladik.

9-sinflik vaqtimda notoʻgʻri sozlangan miltiq birinchi marta yuzimga qattiq urilgan edi. Esimda oʻshanda koʻzim ancha vaqtgacha yaxshigina koʻkarib yurgan.

Miltiqni biroz qirqib, biroz shilib, rezina amortizator qoʻyishga toʻgʻri keldi, shundan keyin qaytarish kuchi bunchalik ancha yengil boʻlgandi.

Guruhimizdagi yigitlar kuchli edi. Aleksandr Alipov - oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni. Umuman uning oilasi sportchilar oilasi boʻlgan va uning oʻgʻli keyinchalik Olimpiada chempioni boʻldi.

“YO uni olasizlar, yo men partiya biletimni stolga qoʻyaman”

Men Moskva Olimpiadasiga jiddiy tanlov orqali bordim. U yerda ballar tizimi boʻlgan va men 300 ballga yaqin toʻpladim - ikkinchi oʻrin ballaridan koʻproq. Sovet Ittifoqi chempionatida men birinchi natijani koʻrsatdim, ammo menga agar kuchli oltilikka kirsam ham, Olimpiada oʻyinlarida qatnashishim mumkinligini aytishgan.

Torjestvennoye otkrыtiye XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19 iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadы-80 - Medvejonok. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli

Ammo shunday boʻldiki, Igor Semenov va men bir xil ochko toʻpladik. Meni “otishma” hozir boshlanishi haqida ogohlantirishmagan va men maydonga koʻzoynaksiz, naushniksiz yugurdim, yoʻlda bir quti patron va qurolimni ushlab oldim. Havo bulutli edi, va men birinchi nishonni oʻtkazib yubordim, koʻrolmay qoldim. U esa 25ga urdi. Moskva shahar qoʻmitasining birinchi kotibi bizning chempionimiz moskvalik, Yambulatov esa ikkinchi degan. Ammo keyin Aleksey Alekseyevich Klepov, SSSR milliy stendli otish terma jamoasi murabbiyi: “Men Semyonov kimligini bilmaymanu, lekin men bu faqat otishga moʻljallangan mashinani yaxshi bilaman”, dedi. Shundan keyingina men ham Olimpiada oʻyinlarida qatnashishim toʻgʻrisida qaror qilishdi.

“Bizda patronlar boʻyicha cheklovlar boʻlmagan”

Men Olimpiada oʻyinlarida qatnashishimga 100%ga ishonchim komil boʻlgan. Kimdir miltiqni tashlab qoʻygan, men esa uni doim harakatda ushlab turganman. Menda “tanklar” boʻlmagan. U yerda Rossiya, Ukraina kabi respublikalardan kuchli ishtirokchilar boʻlgan. Men oʻzbekistonlik edim va Olimpiada oʻyinlariga borish uchun men hammadan bir pogʻona balandroq otishim kerak edi. Shunda ham oxirgi daqiqalarda partiya organlari aralashmoqchi boʻlishgan, ammo murabbiy nomzodimni himoya qildi.

© SputnikRustam Yambulatov
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Yambulatov

Olimpiadaga juda jiddiy tayyorgarlik koʻrganmiz. Bu minglab kilometr yugurish, yuzlab kilometr suzish, nishonlarga qarata otilgan yuz minglab patronlar. Sovet Ittifoqi milliy jamoasida na patronlarda, na qurol-yarogʻda cheklovlar boʻlmagan. Olimpiada oʻyinlariga olti oy qolganda meni Chelyuskin stantsiyasi omboriga taklif qilishdi, 10 ta miltiqni qoʻyishdi va ulardan birinchi boʻlib tanlashimni aytishdi. Men darhol beshtasidan voz kechdim, qolganidan uchtasini tanlab oldim. Keyin ikkalasi ham yaxshi boʻlishiga qaramay, ulardan birini oʻzimda qoldirdim. Ularni uch-toʻrt soat davomida tanladim. Va fevral oyida boʻlib oʻtgan Butunittifoq musobaqasida men oltin medalni qoʻlga kiritdim. Men 194ga urdim, 8 turkumdan oxirgi 50tasi, ikkitasi 25dan. Qolganlar esa 24 turkumdan. Va keyin esa Olimpiada oʻyinlarida - 196ni.

“Sovet Ittifoqi Olimpiada qanday boʻlishini koʻrsatdi”

Moskva Olimpiadasi barcha zamonlar va xalqlarning eng yaxshi olimpiadasi boʻldi, chunki Sovet Ittifoqi barcha pulni bu bizda qanday boʻlishini koʻrsatish uchun sarflagan. Hech kim hech qachon insoniyat tarixida bunday Olimpiya shaharchasiga ega boʻlmagan. U yerda butun jahondan 20 ta restoran ishlagan. Sportchilar yaxshi qoʻriqlanishgan. Mashqlar oʻtkazilgan hududda fuqarolar kiyimida KGB zobitlari shay turishgan. Devor boʻylab har 30 metrda militsionerlar turishardi - u yerda hatto pashsha ham oʻtolmasdi. Va bugun Rossiya Sochi Olimpiadasida va futbol boʻyicha jahon chempionatida eng yaxshi tashkillashtirishni namoyish etmoqda. Chet el olimpiadalarida tijoriy manfaatlar boʻlsa, bu yerda bu unutiladi: asosiysi - obroʻ.

Hammasi daqiqagacha tashkillashtirilgan edi. Masalan, Moskvada meni murabbiyim Igor Vitalyevich Lustin qoʻllab-quvvatlagan. Biz u bilan yaxshi ishladik. Mening Mыtiщida xonam bor edi, unda yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Murabbiy meni maydonchaga oʻzi olib borib, oʻzi kutib olardi. Hech kim menga yaqinlasha olmasdi. Biz Olimpiya shaharchasiga faqat sayyohlik safariga boganday borar edik, Chelyuskinskaya stantsiyasida joylashgan “Podlipki” sanatoriysida esa yashaganmiz. U yerda Kardiologiya markazi bor edi. Bu binoda murabbiylar va sportchilar istiqomat qilishgan. Uni qoʻriqlashar edi, hamma joyda militsiya turgan.

© Sputnik / A. Knyazev / Mediabankka oʻtishTorjestvennoye otkrыtiye Olimpiadы-80: vnos olimpiyskogo flaga.
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov - Sputnik Oʻzbekiston
Torjestvennoye otkrыtiye Olimpiadы-80: vnos olimpiyskogo flaga.

Bizga albatta bitta mashina hamroxlik qilgan, masalan, biz attestatsiyadan oʻtish uchun Olimpiya shaharchasiga borganimizda. Biz mikroavtobusda ketar edik, oldimizda esa militsiya “Volga”si harakatlanar edi. U harakatni toʻxtatish uchun yoʻlni toʻsib qoʻyardi, keyin bizning olimpiadachilarni tashiyotgan avtobusimiz harakatlanardi va ortimizdan yana bir mashina, shundan keyingina Volga ketardi. Shunday holat ham boʻlgan, katta axlat tashiydigan mashinada bir yigit patrul mashinasini aylanib oʻtib, deyarli bizga urilishiga oz qoldi. Devor kabi oqarib ketgan DAN mayori chiqdi va jimgina haydovchilik guvohnomasini olib, maydalab yirtib tashladi.

Oʻzbekistonlik chavandoz Yuriy Kovshov Olimpiada-80da oltin medalni qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻzbek chavandozi va Olimpiada-80 boshqa SSSR qahramonlari – foto

Biz hech qanday siyosatni his qilmaganmiz, u yerda hamma doʻst edi: agar siz zoʻr sportchi boʻlsangiz, hamma sizni taniydi va hurmat qiladi. Albatta, baʼzi magʻrurlanib ketganlar ham boʻlgan, ammo Sovet Ittifoqi sportchilari bunday boʻlmagan.

Oʻyinlarda koʻplab doʻstlar orttirdim. Shagayev bilan murabbiylik ishi boʻyicha tez-tez uchrashardik. U keyin Avstraliyaga ketib qolgan. Menimcha, u hozirda Singapurda yashaydi. Larisa Pavlova Oʻzbekiston sport qoʻmitasida ishlagan. Roʻziyev Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi raisi boʻlgan. U meni 1996 yilgi Olimpiada oʻyinlariga yuborishi mumkin edi, ammo boshqasini yuborishni talab qilishdi. Unda men oltin medalni 100% yutib olishim mumkin edi, chunki unda hali yosh edim va doim otish bilan shugʻullanganman, men unda 46 yoshda edim. Bu sport turi uchun bu umuman chegara emas. Masalan, 34 yoshdan 53 yoshgacha oʻq otish bilan shugʻullangan frantsuz oʻqchisi Mishel Karrega bir necha bor jahon chempioni boʻlgan, ammo Olimpiada medallarini qozonmagan. Uning hovlisida hatto ikkita otish maydonchasi boʻlgan.

“Oltin”ga bir qadam qolganida

Moskvadagi oʻyinlardagi muhit juda jiddiy edi va raqobat shiddatli. Baʼzi davlatlar, shu jumladan amerikaliklar, SSSRga kelishni rad etishdi, ammo italiyaliklar kelgan. Ular oʻq otish sporti dunyosida peshqadamlar. Eng yaxshi miltiq va patronlar Italiyada ishlab chiqariladi va shunga mos ularning oʻqchilari ham yaxshi. U yerda 40 ming sportchi faqat trapdan oʻq otishadi. Anchagina kuchli raqiblar tashrif buyurishgan. Esimda, mashqlarda olti kishi ishtirok etgan va ularning barchasida bitta xato boʻlgan yoki umuman boʻlmagan, yaʼni ularning barchasi 150 tadan 150 tasini urgan. Darajasi juda yuqori boʻlgan.

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka oʻtishPrizerы v stendovoy strelbe (sleva napravo): Rustam Yambulatov (SSSR, 2 mesto), Luchano Djovanetti (Italiya, 1 mesto), Yorg Damme (GDR, 3 mesto). Strelbiщe "Dinamo" v Mыtiщax. Olimpiada-80.
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov - Sputnik Oʻzbekiston
Prizerы v stendovoy strelbe (sleva napravo): Rustam Yambulatov (SSSR, 2 mesto), Luchano Djovanetti (Italiya, 1 mesto), Yorg Damme (GDR, 3 mesto). Strelbiщe "Dinamo" v Mыtiщax. Olimpiada-80.

Men oʻz sport formamga biroz erta ega boʻldim, va bu formada xato qilishim qiyin edi. Ilgari asablarim temirday edi, ammo hozirda ular boʻshashib ketgan. Shunday holat boʻlganki, men ohirgi nishonni oʻtkazib yubordim va onam nima boʻlganda ham bronza yoki kumush medalim borligidan hursand boʻladi degan fikr xayolimga keldi. Keyin xonaga kirdim, oʻtirdim, raqibimga qaradim, va ikki metrli erkak qoʻllari qaltirayotganini koʻrib oʻyladim: mana endi sen bilan shugʻullanamiz. Men 25 ga urdim, u esa 11-chi yoki 12-chi nishonlarni oʻtkazib yubordi.

Keyin pozitsiyamga chiqdim. Otish maydonida avval birdaniga yurak urishim koʻtarilib ketdi, soʻng naushnikda yuragim bir hilda urayotganini eshitdim, endi otsa boʻladi va 25 ga urdim. Bizning sportimiz shunaqa: odam koʻrinishidan xotirjam, harakatlari yumshoq, hech qanday diqqatchilik yoʻq, ammo yuragi urishi tezligi 170 dan oshgan... Uning ichi jumbushga kelgan.

Olimpiada-80: rabotayet KGB SSSR - vыvoz prostitutok, vorы v zakone i tsыganskiye baronы - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Olimpiada-80 sirlari: KGB, loʻlilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

Stendli otish – bu xuddi, boks kabi jang turi. Oʻz oʻzingni yengishing kerak, buyruq berilganda bitta ham xatoga yoʻl qoʻymaslik va hamma narsani toʻgʻri bajarish kerak. Agar xayoldan biron bir ortiqcha fikr oʻtsa, odam albatta nishonni oʻtkazib yuboradi, chunki uning dastlabki tezligi 40 m/s. Ushbu sport turiga atigi bir nechta odamlar tanlab olinadi, barchasi mos kelishi kerak.

Men oltinni yuta olmadim, chunki keragidan ortiq mashq qilib yubordim. Murabbiyga formami shakllantirib olganimni, oʻtkazib yubormasligimni aytdim. U meni sinab koʻrishga qaror qildi. Men 25 ga urdim. Keyin menga havoga, nishondan oʻtkazib  oʻq otishimni soʻradi, keyin yana nishonga. Men yana 25ga urdim, ammo baribir biz yana 5-6 ta mashgʻulot oʻtkazdik. Oʻylaymanki, natijada aynan shu yutqazishimga sabab boʻldi.

Toʻrt yildan soʻng qasdimizni ololmadik – qaror qabul qilish kerak boʻlgan oxirgi kunda biz uchishdan bosh tortdik. Oʻsha paytda men juda zoʻr formada edim, ikki yuzdan 199, 200 ni urardim. 1984 yilda 17 musobaqadan oʻrtacha 197,3 ball toʻplaganman, raqiblarim esa 191 ball bilan Olimpiada gʻoliblari boʻlishgan.

Olimpiadadan keyin men yana bir necha kun Moskvada qoldim - skitimiz qanday otayotganini koʻrmoqchi boʻldim. Yana biroz Olimpiya shaharchasida yashashni xohladim. Olimpiada sovrindori sifatida menga u yerdan kvartira ajratishdi va men u yerda olimpiadachilar qanday yashayotganini tomosha qilib yurdim. U yerda musiqiy kechalar uyushtirilardi. Bayramdan huzurlansa boʻlardi.

Mukofot puliga – “kumush” uchun ikki ming rubl - men oʻzimga oʻsha paytdagi tanqis boʻlgan Yugoslaviya linoleumidan uchta rulon sotib oldim. Har bir boʻlagi - 25 kvadrat metr boʻlib, narxi 500 rubl boʻlgan. Va u mening uch xonali kvartiramga yetarli boʻldi.

Murabbiylik faoliyati

1985 yilda men Oʻzbekiston terma jamoasiga murabbiylik qildim. Biz Ittifoqda 4-chi oʻrinni egalladik. Keyin mening nomzodimni mos emas deb topishdi va men Tailandga joʻnadim. Men u yerda uch oy ishladim va shu vaqt ichida mening shogirdlarim 2ta yoki 3ta medalni qoʻlga kiritdilar, va ular men bilan ikki yilga shartnoma tuzdilar. Men u yerda bir yil ishladim va yana 5-7 medalni qoʻlga kiritdim.

© SputnikRustam Yambulatov
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Yambulatov

Men Tailanddan Quvaytga ketdim va u yerda xalqaro murabbiy sifatida ishimni boshladim. Biz jami 300 ta medalni qoʻlga kiritdik. Men Bruneyda shayx Salmon Al Sabah bilan tanishdim, u Kuvayt stendli oʻq otish federatsiyasining prezidenti edi. Esimda, Bruney shayxi va shahzodasi bitta turkumda otishayotgan edi. Men unga qanday yaxshiroq otishni tushuntirib berdim va u munosib ravishda oʻzini koʻrsatdi. Keyin undan ushbu mamlakatga kelish taklifi tushdi.

1990-chi yillarda ish topish oson boʻlmagan, koʻplab sportchilarga, ayniqsa oʻqchi va kurashchilarga jinoyatchilikka oʻtish taklif qilingan. Masalan, menga  killer boʻlishga jiddiy taklif kelib tushgan. Ammo men darhol bunday takliflarga qiziqmasligimni tushuntirdim.

Torjestvennaya tseremoniya otkrыtiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Bir muddat Amirliklarda va Hindistonda ishladim. Shaxsiy mutaxassis sifatida mashgʻulotlar oʻtkazdim. Menga barcha dunyo yulduzlari, shu jumladan Olimpiada chempioni Aleksey Alipov, keyin esa boʻlajak Olimpiada chempioni David Kosteletskiy ham, murojaat qilishgan. U mening oldimga Quvaytda kelgan, keyin Yevropada ishlash uchun joʻnab ketdi. Rossiyadan ham takliflar boʻlgan, ammo texnik sabablarga koʻra bu amalga oshmadi.

Yuzlab bolalar orasidan men tayyorlash uchun doim atigi ikki-uchtasini tanlab olaman – ichki sezgimga quloq solaman. Tabiyatan qobiliyatli tarbiyalanuvchilar ham boʻladi, ammo koʻp narsa maktabga bogʻliq. Agar hammasini toʻgʻri joylashtirib, munosib poydevor yaratilsa, u holda odamdan chempionni tarbiyalash mumkin. Mukammal texnikaga erishish uchun koʻp vaqt va asablar kerak. Oʻrganishi oson boʻlgan bolalar boʻladi, qiyinlari ham boʻladi. Ular shunchaki turlicha.

Biz Oʻzbekistonni oʻq otish sporti markaziga aylantirishimiz mumkin

Oʻzbekiston xalqi mehnatkash. Mening vazifam - Oʻzbekistonlik sportchilaridan tarkib topgan terma jamoani tayyorlash va ularni jahon chempionlari qilish. Hozirda yangi federatsiya ushbu sport turini jonlantirishga harakat qilmoqda, ammo koronavirus tufayli hammasi toʻxtab qoldi: mana bir necha oydan beri hech qanday mashgʻulotlar boʻlmadi.

Federatsiya natijalarga ishlashi uchun, uni moliyalashtirish kerak. Yaxshiyamki, federatsiyaning amaldagi raisi moliya sohasini yaxshi biladigan inson: u tashkilotning moliyaviy tuzilmasini isloh qildi va bir nechta homiylarni jalb qildi. Bu texnik bazani yangilashni boshlash, otish maydonlarini taʼmirlash ishlarini bajarish va bir qator sportchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkonini berdi.

Shuningdek, biz kerakli miqdorda patronlarni olib kelishimiz, miltiqlar sotib olishimiz kerak, chunki bizning qurollarimiz kamida qirq yoshda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev endilikda sportni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda, sportchilar va murabbiylar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratmoqda. Maqsad - oʻzbek sportini yuqori pogʻonaga koʻtarish. Biz allaqachon patron va miltiqlarni sotib oldik. Koronavirus tufayli oʻz-oʻzini yakkalash tugashi bilanoq biz mashgʻulotlarni boshlaymiz. Avallari biz doim Oʻrtasaroydagi otish maydonchasiga borardik.

Kak Olimpiada-80 perekroila rabochiy grafik v Uzbekistane — vospominaniya telejurnalista - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Olimpiada-80 Oʻzbekistonda ish jadvalini qanday oʻzgartirib yubordi - Toʻxtamirzayev

Moliyalashtirish masalasi sport turimizda juda muhimdir. Masalan, Germaniyada, agar siz istiqbolli oʻqchi boʻlsangiz, federatsiya miltiqning yarim narxini toʻlab beradi, yaʼni davlat homiy sifatida chiqadi, ammo shu bilan birga miltiq sizniki boʻlib qoladi.

Bir vaqtlar men bu yerda zavod qurmoqchi edim, ammo unda bu qiyin masala edi. Nazariy jihatdan, buni hozir amallasa boʻladi, asosiysi hukumat buni rivojlantirishdan manfaatdor. Bizda yongʻoq, oʻymakor-ustalar bor, ular juda goʻzal miltiqlar yasaydilar - bu butun dunyoda qadrlanadi. Baʼzida miltiqning gravirovkasi miltiqning oʻziga qaraganda ancha qimmatroq boʻladi. Bizda metall bilan ham bogʻliq muammolar boʻlmaydi. Bizning mutaxassislarimiz Italiyadagi mashhur “Beretta” zavodiga borib kelishdi. Ular bilan qoʻshma korxonani yoʻlga qoʻyish rejalari bor.

Mening yana bir orzuim - dunyoda eng yaxshi otish maydonini qurish, shunda hamma Oʻzbekistonda mashq qilishni orzu qilgan boʻlar edi. Bizda deyarli yil davomida oʻq otish mumkin: qish yoʻq, goʻzal shahar, gullab-yashnayotgan respublika, bu yerda har narsani rivojlantirishga sharoit bor va odamlari ham yaxshi.

Hozirda oʻq otish sport federatsiyasi qayta tugʻilishni boshdan kechirmoqda, shuning uchun sportchilarimizning yangi yutuqlari va rekordlariga ishonchim komil. Oʻzbek bokschilari allaqachon oʻzlarining isteʼdodini butun dunyoga isbotladilar, endi navbat oʻqchilarga.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRustam Yambulatov
90-yillarda killer boʻlishni taklif qilishgan - Olimpiada 80 sovrindori Yambulatov - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Yambulatov
Yangiliklar lentasi
0