SSSR 1980 yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritdi. Moskva asosiy sport musobaqasi mezboni sifatida tanlandi. Moskvaga Xalqaro olimpiya qoʻmitasining 144 aʼzosidan 81 ta mamlakat vakillari keldi. Qolganlari ushbu yirik sport musobaqasiga kelishdan bosh tortdi.
Olimpiada-80 shunchalik muvaffaqiyatli oʻtdiki, u haqida hozirgacha eslashadi.
Ushbu muvaffaqiyat ortida kim turgan edi? Sport, IIV va KGB qanday oʻzaro bogʻlangan? Oʻgʻrilar, loʻlilar baronlari va valyutali fohishalar bunga qanday aralashib qolgan?
Oʻyinlar yubileyiga Sputnik maxsus “Moskva-80: Retro-tube” multimedia loyihasini ishga tushirdi. Uning birinchi qismida yozuvchi va publitsist Dmitriy Puchkov sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev bilan birgalikda maxsus xizmat sirlarini ochadi.
Olimpiadaga SSSR xavfsizlik organlari sportchilardan kam boʻlmagan darajada tayyorgarlik koʻrishdi: besh yil davomida ular turli ehtimoliy stsenariylarni ishlab chiqishdi. 1972 yilda Germaniya Federativ Respublikasi maxsus xizmat xodimlari Olimpiya qishlogʻida Isroil delegatsiyasini otib tashlagan falastinlik terrorchilarni koʻzdan qochirgan edi. Sovet Ittifoqi bunday voqea takrorlanishini xohlamas edi. Aynan shuning uchun bomjlar va jinoyatchilar Moskvadan olib chiqildi va ularga Oʻyinlar yakunlanmaguniga qadar qaytmaslik maslahat berildi. Olimpiada oʻtkazilgan yili SSSR maxsus xizmati aholidan noqonuniy saqlanayotgan qurolni musodara qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirgan.
Sputnik tayyorlagan loyihani rus tilida tomosha qilishingiz va uzoq muddat sir saqlangan maʼlumotlardan voqif boʻlishingiz mumkin.