“O‘zbekistonlik bolalarda “yangi Messi” bo‘lish uchun imkoniyat yetarli” - Diyor Imomxo‘jayev

© Ministerstvo fizicheskoy kulturi i sporta UzbekistanaDiyor Imamxodjayev naznachen ispolnyayushim obazannosti generalnogo direktora Professionalnoy futbolnoy ligi (PFL)
Diyor Imamxodjayev naznachen ispolnyayushim obazannosti generalnogo direktora Professionalnoy futbolnoy ligi (PFL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Futbol infratuzilmasi va akademiyalarini yaxshilash, PFLni mustaqil pul topadigan tashkilotga aylantirish, “yulduz” olib keladigan, lekin maydoni o‘t o‘sib yotadigan klublar. PFL bosh direktori v.b. Sputnik bilan suhbatda kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda mamlakat futbolidagi muammolar va ushbu sport turi kelajagi, O‘zbekistonda “yangi Messilar” qachon yetishishi va “to‘ymas o‘yinchilar” haqida o‘z fikrlarini ochiq bayon etdi.

Nega PFLga tayinlangani haqida…

- Professional futbol ligasida faoliyat yuritayotganimga 2-yil bo‘ldi. Ishga Omon G‘ofurov qabul qilgan. Keyin faoliyatimni Davron Shoqurbonov bilan davom ettirdim. Shu ikki yillik ish davomida PFLning barcha ikir-chikirlarini o‘rgandim. O‘zbek futboli muammolari haqida yetarlicha tasavvurga egaman. Deylik, translyatsiyalar masalasi menga begona emas. Chunki boshida televidenie sohasida ishlaganman, Sport telekanalida faoliyat olib borganman.

Diyor Imamxodjayev naznachen ispolnyayushim obazannosti generalnogo direktora Professionalnoy futbolnoy ligi (PFL) - Sputnik O‘zbekiston
Diyor Imomxo‘jayev O‘zPFL bosh direktori etib tayinlandi

Bolalar futbolini rivojlantirish, futbol moddiy-texnik bazasini yaxshilash haqida har doim chiqish qilganman, ayrimlarga yoqmayman ham, ammo bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiasining rahbari xabar topgach, yosh bo‘lishimga qaramay, ushbu lavozimni ishonib topshirishdi. Men hozirda shu ishonchni oqlash harakatidaman.

Ulkan rejalar: legionerlar, bolalar futboli va qimmat “yulduzlar” haqida

- Professional futbol ligasi rahbari sifatida bir qancha rejalarim bor.

Birinchidan: O‘zbekiston PFL faoliyatini bir oz isloh qilib, sekin-asta O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasidan mustaqil tashkilotga aylantirish niyatidaman. Sababi tashkil etilganidan buyon FAga qaram tashkilotmiz. Bu holatning jahon tajribasidan kelib chiqqani ham noto‘g‘ri.

Futboli rivojlangan Angliya, Ispaniya, Italiyada doimo Futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol liga o‘rtasida raqobat bo‘lgan. Bugun biz ham shunga erishishimiz lozim.  Ya’ni PFLni o‘zi mustaqil pul topadigan tashkilotga aylantirishimiz kerak va hozir shu ustida ish olib borapmiz.

Ikkinchidan: Mana 2020-yilga qadam qo‘ydik, lekin O‘zbekiston futboli shu kungacha klublardan pul oladi.

Klublar bizda ishtiroki uchun badal puli to‘laydi.

Sostoyalas jerebyevka gruppovogo raunda chempionata Azii – 2020 po futbolu sredi sbornix do 19 let  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati-2020 musobaqasiga qur’a tashlandi

Shu holatni bosqichma-bosqich yo‘qotish tarafdoriman. Ya’ni badal pullariga qaramasdan, tijorat tashkiloti sifatida pul ishlab, translyatsiyalarni sotish evaziga, homiylar bilan shartnomalar tuzish evaziga shu narsaga erishmoqchiman. Uch yil vaqtim ketadimi – to‘rt yil vaqtim ketadimi, nasib qilsa, yaqin kelajakda klublardan pul olmaydigan, aksincha, ularga pul beradigan tashkilotga aylantiraman.

Uchinchidan: hozirda bizda futbol sohasiga juda katta mablag‘lar sarflayotgandek tuyulsada, aslida bu pullar Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, BAA, Eron, Avstraliya sarflayotgan mablag‘larga yetib bormaydi baribir. Aytmoqchimanki, ko‘rpamizga qarab oyoq uzatishimiz kerakda. Shu kungacha milliard-milliard pul sarfladik, shuncha futbolchilarga maosh, ko‘tarma puli berdik… Lekin na jahon chempionatiga chiqa oldik, na bir futbolchilarimiz kuchli beshlikkacha yetib bora oldi!

Shuning uchun birinchi galda futbol infratuzilmasi va akademiyalarini yaxshilash ustida ishlashimiz kerak. Bundan keyin reglamentga amal qilib bo‘lsa ham shu uchun ishlayman.

Ya’ni o‘sishdan to‘xtagan, faqat shu katta pulga o‘ynaydigan, aslida esa o‘yinga, futbolga hech ham foydasi tegmaydigan futbolchilar shaxsan menga uncha qiziqmas. Undan ko‘ra, tajribasi kam bo‘lsa ham, ko‘proq yuguradigan, o‘zini ustida ishlashdan to‘xtamagan, hali salohiyati bor bo‘lgan, kamroq haq evaziga o‘ynaydigan yigitlarni o‘ynatib, ortgan pulni futbol infratuzilmasini yaxshilashga sarflashni afzal deb bilaman.

11 nafar mashhur futbolchini olib keldi, million-million pul to‘ladi, lekin «polya”sida o‘t o‘sib yotadi, bunaqa bo‘lishi kerak emas! Oldin infratuzilmasini to‘g‘irlasin, bolalar futbolini rivojlantirsin, ana undan keyin unga legioner futbolchi olish yarashadi. Undan keyin unga Dubayga borib yig‘in o‘tkazish yarashadi…

Bizlarda shunchaki hamma jamoa yil boshida Dubayga boradi, yuz ming dollar sarflab, katta-katta ko‘tarma pullarni beradi futbolchilarga, lekin 10 ming dollarga o‘tni o‘radigan «kosilka” olmaydi. Yoki iyul oyida maydonni yoritadigan projektorga pul tikmaydi. Nima uchun?

Davlat korxonalari o‘sha pulni nima uchun berapti? Hammasida nazorat bo‘lishi kerak. Bizlar klublar ishiga burnimizni tiqmaymiz, lekin reglament orqali ularni ishlash faoliyatini baribir nazorat qilamiz. Shu paytgacha davlat klublarga pul bergan, ammo ulardan hisob talab qilmagan.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
JCh-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston MTJ o‘yinlari sanasi ma’lum bo‘ldi

Klublar ham bu pullarni o‘zi ishlab topmayaptimi modomiki, kimdir oldida hisobdor bo‘lishi kerak ular.

Men o‘zim ham xuddi shunday ishlash tarafdoriman. 2021-yilda agar shu yerda ishlab tursam, yil boshida rejalarim haqida konferensiya tashkil qilib, jurnalistlarga hisob beraman va yil oxirida xuddi shunday konferensiya chaqirib o‘sha rejalarim bo‘yicha hisobot topshiraman.

Ya’ni necha pul topdim, qaysi pulni qayerga yo‘naltirdim, qaysi klub bilan qayerda ishladim, qaysi klubni nima uchun chetlashtirdimu, qaysi klubni nega musobaqaga qo‘shdim – bu kabi savollarga javob beraman.

Koronavirus bizlarga ko‘p narsa o‘rgatdi: pandemiyaning futbolga ta’siri haqida

- Koronavirus pandemiyasi futbolni to‘xtatib qo‘yganligini aytmasa, juda katta talafot keltirgani yo‘q. Asosan, muxlislardan yaxshi pul ishlaydigan futbol klublar yutqazdi. Aytaylik, “Navbahor”ning har bitta o‘yiniga 15 mingdan kam muxlis kelmasdi. “Nasaf” ham yaxshi kelishuvlarga erishgandi, har bitta o‘yiniga keladigan muxlislardan puli bor edi…

Lekin shaxsan men shu masalaga ozgina pozitiv nuqtayi nazardan yondashmoqchiman: koronavirus bizlarga ko‘p narsa o‘rgatdi.

Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
"Yashil" hududlarda futbol musobaqalari bo‘lib o‘tadi

Ya’ni mundoq olib qaralganda, muxlislarsiz futbolni ko‘rsangiz, “Paxtakor” bilan “Lokomotiv” yoki boshqa Yevropa jamoasi o‘yini o‘rtasida juda katta farq bo‘layotgani yo‘q hozir.

Tashkilotchilik jihatdan orqadaligimiz ayon bo‘ldi, xolos. Aslida bu bizlar ham ozgina harakat qilsak, o‘shalarni o‘yiniga chiqishimiz mumkinligini ko‘rsatdi.

Ko‘pchilik futbolni sog‘indi, futbolga tushishmoqchi va bundan bizlar pozitiv nuqtayi nazarda chiqib ketishga harakat qilishimiz kerak.

Hozirda musobaqalarni boshlab oldik, harakat qilyapmiz muxlislarni qaytarishga. Sababi muxlislarsiz futbol - guruchsiz oshga o‘xshab qolarkan...

Nega o‘zbek futboliga ishonishmaydi?

- O‘zbekistonda juda ko‘p sohalarni tanqid qilishadi, lekin aynan futbol sohasiga to‘xtaladigan bo‘lsam, odamlarni fikriga qarab ish qilish to‘g‘ri emas. Rossiyada ham, Angliyada ham, Ispaniyada ham, hammayoqda xuddi shunaqa so‘kish, xuddi shunday qizg‘in muhokamalar bor va bu normal holat. Bizlar shunchaki o‘zimizga o‘zimiz savol berishimiz kerak “nima qila oldigu, nima qilmoqchimiz, rejamiz qanday degan”.

Futbol korrupsiyalashib ketgan degan gaplarga javoban nima deyish mumkin? Bu sohani bir zumda tozalash mumkin emas, albatta. Futbol toza bo‘lishi uchun hamma soha toza bo‘lishi kerak. Hamma sohadan sekin-sekin korrupsiyani tozalash kerak, hamma sohaga ishonchni qaytarish kerak.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Futbol mutaxassisi sifatida aytamanki, futbolda oxirgi qilayotgan ishlarimiz oldingi yillar bilan solishtirganda, o‘sishga erishapmiz. Bizning tibbiyotimiz Osiyoda nechanchi o‘rinda turadi bilmadimu, futbolimiz beshinchi o‘rinda turishini bilaman. San’atkorlarimiz nechanchi o‘rinda turishini bilmadimu, futbolimiz beshinchi o‘rindaligini bilaman.

Bizlarda salohiyatli yoshlar bor, imkoniyatimiz bor, shunchaki berilayotgan pullarni korrupsiyaga yo‘q qilmasdan, to‘g‘ri yo‘naltirsak - juda ko‘p narsaga erishamiz.

Mintaqadagi loyiha: Markaziy Osiyo kubogi bo‘lishini juda xohlayman.

Markaziy Osiyo klublarini birlashtiradigan bir loyiha ustida ishlayotgandim va bu reja deyarli amalga oshgan edi ham. Ammo koronavirus sabab to‘xtab qoldi. Kelgusi yilda amalga oshiramiz nasib qilsa. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Turkmaniston jamoalarini birlashtiradigan Markaziy Osiyo kubogi bo‘lishini juda xohlayman. Odamlar shunday narsalarni sog‘ingan.

Dushanbe bilan Samarqand bir biriga yaqin yoki Dushanbe bilan Buxoro, yoki Termiz bilan Afg‘onistonni olaylik. O‘sha jamoalar o‘ynasa juda zo‘r derbi bo‘ladi, juda yaxshi to‘qnashuvlar bo‘ladi, futbol o‘sadi, hakamlar o‘sadi, o‘zimiz o‘samiz. Xalqlarni birlashtiradigan loyiha bo‘ladi. Turizm rivojlanadi, mukofot pullarini joriy qilamiz. Chunki «kommercheskiy turnirlar” tashkil qilish rejada bor. U narsani men taklif etdim, oxirigacha olib boraman, Xudo xohlasa.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

O‘zbekistonda jahon yulduzi bo‘lish uchun sharoit yetarli: gap-so‘zni yig‘ishtirib, o‘ynash kerak, xolos.

- O‘zbekistonda futbolchi sifatida yorib chiqish juda ham oson. Barcha sharoit mujassam. Hattoki Qoraqalpog‘istonda ham futbol maydonlari bor. Shunchaki gap-so‘zni yig‘ishtirib, o‘ynash kerak, xolos.

Ba’zilarga qo‘yib bersangiz, eshigining tagiga borib, go‘yo «bolam yur” deb majburlab futbolga olib borishingiz kerak. Ko‘p joylarda misol keltiriladigan Braziliyaga borib ko‘ring, bolalar axlatxonalarda, tashlandiq, qumli joylarda futbol o‘ynashadi.

Ammo shunga qaramay, bollarning o‘zi shoshiladi maydonga, bunday bolalar futbol o‘ynaydigan maydonlarni skautlarning o‘zlari o‘rab oladi.

Nima uchun «Barselona”, «Real Madrid” skautlari Braziliyaga borib yotib olgan? Chunki har bitta bolaga ozgina investitsiya kiritilsa, Yevropa chempionatlariga tayyor holatda olib ketsa bo‘ladi, deb qaraladi ularda.

Bizda unaqa emas. «Futbolni korrupsiya bosib ketdi, hammayoq tanish-bilish” deya jar solishadi-da, sal nariga chiqib «Diyor, meni bolamni «Bunyodkor”ga gaplashib ber” deyishadi.

Nima deyapmizu, nima qilyapmiz!?

Yoki «Tekis maydon bo‘lsa, bizlar ham o‘ynardik” deyishadi. Braziliyalik bolalar qumda yoki boshqa joylarda o‘ynab ham jahonga chiqapti axir.

Braziliyada erkaklar o‘ta qiyin sharoitdan chiqib ketishi uchun futbolchi, ayollari yo modelyer, yo aktrisa bo‘lishlari shart. Bu hayot qonuniyati-da ularda.

Bizlarda-chi? Hech qachon ochdan o‘lmaymiz, chunki mehmondo‘stmiz, qo‘shniga ovqat chiqaradigan millatmiz. Qora qozon qaynab turibdi, shukr qilib yuraveramiz. Futbolchilar ham shukr qilib yashayveradi. Aslida futbolchi noshukr bo‘lishi kerak. Krishtianu Ronaldu bilan Messi hozir to‘p tepishni to‘xtatib qo‘ysa, yetti avlodiga yetadi topgan puli. Ular o‘yinga to‘ymayapti!

Nastoyashaya magiya: uzbekistanes povtoril truk Messi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik Messi mahoratini takrorlay oldi

Shuning uchun aytmoqchimanki, O‘zbekistonning istalgan hududi, qishlog‘igacha borganman. Hammasini bilaman - bollarimizda yorib chiqish uchun sharoit yetarli.

Istalgan «o‘zbek futboli sotilgan” degan odamga O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi yulduzlari - Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov - qanday qiyin ahvoldagi oiladan, chekka joylardan yetishib chiqqani va bugungi kunda qancha pul topayotganliklarini misol ko‘rsatishim mumkin.

Ota-onasi ularga bitta koptok olib berishga puli bo‘lmagan. Lekin mana ular yulduz bo‘la oldi-ku!

Braziliyadagi bolalar ham maydon tanlamayapti, yoki meni uyimdan olib chiqib ketib, futbolchi qilishsin demayapti, ular mehnat qilyapti, yugurapti. Dunyo qarashimizni ozgina o‘zgartirishimiz kerak. 

Yangiliklar lentasi
0