TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi “Jahon chempionati-2022” va “Osiyo kubogi-2023” qo‘shma saralash bosqichining qoldirilgan uchrashuvlari sanasini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, saralash o‘yinlari 8-oktabrdan qayta boshlanadi va 17-noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi.
7-turni dam olish sifatida o‘tkazib yuboradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashdagi o‘z yurishini 13-oktabr kuni Yamanga qarshi bahs bilan davom ettiradi.
Milliy jamoa 12-noyabr kuni o‘z maydonida Singapurni qabul qilsa, 17-noyabrda bo‘lib o‘tadigan so‘nggi tur bahsida Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi.
7-tur, 8-oktabr
Saudiya Arabistoni - Yaman
Falastin – Singapur
8-tur, 13-oktabr
Singapur - Saudiya Arabistoni
Yaman – O‘zbekiston
9-tur, 12-noyabr
O‘zbekiston - Singapur
Saudiya Arabistoni – Falastin
10-tur, 17-noyabr
Falastin – Yaman
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston