TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekiston futbol terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Vadim Abramov qo‘l ostidagi jamoa oktabr va noyabr oylarida JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinlarni o‘tkazadi.
Mazkur rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Toshkentda Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ta’kidlanishicha, o‘yin 4-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.