O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati-2020 musobaqasiga qur’a tashlandi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSostoyalas jerebyevka gruppovogo raunda chempionata Azii – 2020 po futbolu sredi sbornix do 19 let
Sostoyalas jerebyevka gruppovogo raunda chempionata Azii – 2020 po futbolu sredi sbornix do 19 let  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Indoneziya, Kamboja va Eron bilan kuch sinashadi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 2020-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, U19 O‘zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Temur Kapadze shogirdlari dastlabki o‘yinni 14-oktabr kuni Eronga qarshi o‘tkazadi. 17-oktabrda Kambodjaga qarshi bahs bo‘lib o‘tsa, Indoneziyaga qarshi uchrashuv 20-oktabr kuniga mo‘ljallagan.

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSoperniki sbornoy Uzbekistana
O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionati-2020 musobaqasiga qur’a tashlandi - Sputnik O‘zbekiston
Soperniki sbornoy Uzbekistana

Mazkur musobaqa 14—31 oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bahslar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlarida o‘tkazilishi kerak.

U19 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, qur’adan ko‘ngli to‘lganini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0